Reja: Aminokislotalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishning istiqbollari Aminokislotalarni kimyoviy sintez asosida ajratib olish Oqsil gidrolizatlaridan aminokislotalar


Download 18.15 Kb.
bet1/4
Sana14.09.2023
Hajmi18.15 Kb.
#1678323
  1   2   3   4
Bog'liq
Aminokislotalarni ishlab chiqarish usullari-fayllar.org


Aminokislotalarni ishlab chiqarish usullari




REJA:
1. Aminokislotalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishning istiqbollari
2. Aminokislotalarni kimyoviy sintez asosida ajratib olish
3. Oqsil gidrolizatlaridan aminokislotalar ajratib olish
4. Mikrobiologik uslubda aminokislotalar ajratib olish
Aminokislotalarni ishlab chiqarish 
usullari





1. Aminokislotalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishning istiqbollari 
Hozirgi paytda butun dunyoda aminokislotalarni sanoat miqyosida ishlab
chiqarishga alohida e`tibor berilmoqda. Aminokislotalarni yyetarli miqdorda ishlab
chiqarish ular asosida hayvonlar uchun yem-oziqa va insoniyat uchun oziq-ovqat
mahsulotlari tayyorlashning cheksiz imkoniyatlari paydo bo`ldi. Ratsion tarkibida u
yoki
bu
aminokislotaning,
ayniqsa
almashinmaydigan
aminokislotalarning
yetishmasligi yoki umuman bo`lmasligi organizmning o`sishi va rivojlanishiga o`ta
salbiy ta`sir ko`rsatadi. Almashinmaydigan aminokislotalar jumlasiga: arginin,
gistidin, lizin, leysin, izoleysin, serin, treonin, metionin, triptofan, fenilalaninlar
kiradi. Hayvon ratsioni tarkibiga yetishmaydigan aminokislotadan foizning juda kam
miqdordagi ulushini qo`shib berish yem-oziqa oqsilini oziqa qimmatini 2 martaga
oshiradi. Jahonda hozirgi kunda sanoat miqyosida aminokislotalarni ishlab chiqarish
400 ming tonnadan oshib ketdi. Har yili jahonda 220 ming t glutamin kislota, 160
ming t metionin, 50 ming t lizin, 7 ming t glitsin, 100-200 ming t triptofan ishlab
chiqarilmoqda. yem-oziqa va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda leysin,
izoleysin, prolin, treonin va boshqa aminokislotalarga bo`lgan talab yuqori (130 ming
t) bo`lishiga qaramay, bu aminokislotalar kamroq miqdorda ishlab chiqarilmoqda.
Bugungi kunda jahon amaliyotida ishlab chiqariladigan jami aminokislotalarning 60
% mikrobiologik uslubda ishlab chiqarilmoqda. Kelajak istiqbolda L-aminokislotalar
ishlab chiqarishning mikrobiologik uslubi yanada keng quloch yoyadi. Bu uslubda
aminokislotalar ajratib olish boshqa uslublarga qaraganda texnik-iqtisodiy jihatdan
ancha qulay, hamda bu uslub bir sanoat korxonasining o`zida induvidual
aminokislotalarni yuqori tozalikda, shuningdek ularni ham oziq-ovqat, ham yem-
oziqa, ham tibbiy maqsadlarda ishlatish mumkin bo`ladi. Bugungi kunda metionin,
glutamin kislota, lizin, triptofan, treonin, glitsin va qator boshqa aminokislotalarning
D, L-shakllarini sanoat miqyosida ajratib olish ishlari yo`lga qo`yilgan. Zamonaviy
texnologiyalar individual aminokislotalarni juda yuqori samara bilan hamda, yuqori
darajadagi kimyoviy tozalikda ishlab chiqarish imkonini beradi. Lekin bu uslubning
kamchiligi shundaki, olinadigan mahsulotni ko`p tonnali miqdorda ishlab chiqarishni
yo`lga qo`yib bo`lmaydi. Odatda yem-oziqa va oziq-ovqat maqsadlarida ajratib
olinadigan aminokislotalar faqat L-shaklda bo`lishi shart. Mikrobiologik uslubda
ishlab chiqariladigan aminokislotalar rasemat holatda, ya`ni mahsulot tarzida ajratib
olingan aminokislotalarning D, L –shakllarini aralashmalaridan iborat bo`ladi. Bu
aminokislotalar aralashmasidan L-shakllarini ajratib olish juda murakkab jarayon
hisoblanadi, hamda bu ishni amalga oshirish ancha qimmatga tushadi. Tayyor
mahsulot tarkibida D-shakldagi aminokislotalarning bo`lishi maqsadga muvofiq
emas, chunki ular odam va hayvon organizmi tomonidan o`zlashtirilmaydi, ularning
ba`zilari esa organizm uchun zaharli bo`ladi. Bu qoidadan glitsin va metionin
mustasno bo`lib, glitsinning optik izomeri yo`q, metioninning har ikkala izomeri ham
odam va hayvonlar tomonidan bir xil o`zlashtiriladi.








Download 18.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling