Mavjudotlar narvoni joylanish nazariyasi haqida
Download 6.52 Kb.
|
mavjudotlar narvoni jarayoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavjudotlar narvoni nazariyalari
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo‘nalishi 302-guruh talabasi Kamalova Mavludaning Genitika va Evalutsion ta‘limot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi 1 2 3 Mavjudotlar narvoni joylanish nazariyasi haqida Reja: Transformizm g‘oyasi paydo bo‘lishi Lomonosovning qarashlari Mavjudotlar narvoni nazariyalari Morfologiya, qiyosiy anatomiya, embriologiya, fiziologiya va sistematika fanlarining rivojlanishi tufayli XVII asr oxirida tibbiyot fanida to’plangan juda ko’p dalillar turlar o’zgarmaydi, degan g’oya noto’g’ri ekanligini tasdiqladi. Buning natijasida XVIII asrda o’simliklar bilan hayvonlar turi o’zgarishi mumkin, deb takidlaydigan transformizm g’oyasi paydo bo’ldi. Enter title Enter title Transformizm bu haqiqiy evolyutsion ta‘limot bo’lmay, uning boshlang’ichidir. CHunki u bir tur ikkinchi turga aylanishi haqidagi g’oyani himoya qilsada, biroq bu jarayonning barcha omil va sabablarini chuqur o’rganmagan. Transformizm oqimini rivojlantirishda va kreatsionizmga qarshi kurashda rus olimlari: M. V. Lomonosov, K. T. Volf, A. N. Radishchev va fransuz olimi J. Byuffon hamda XVII asr fransuz materialistlari D. Didro, P. Golbax, K. Gelvetsiy, J.Lamettrilar muhim rol o’ynadi. Engelsning fikriga ko’ra, materializm ham, idealizm singari, o’z rivojlanishida bir qancha bosqichlarni o’tgan. Transformizm biologiyadagi materializmning rivojlanish bosqichlaridan biri bo’lib, kreatsionizmga qarshi kurashdagi dastlabki oqimdir. M. V. Lomonosov (1711—1765) yirik entsiklopedist olimdir. U fizika, kimyo, geolognya, geografiya, astronomiya, botanika va boshqa fanlar sohasida katta kashfiyotlar qilgan. Lomonosov qazilma holdagi organizmlarning toshga aylan-gan qoldiqlari topilishi qachonlardir Yer yuzida sodir bo’lgan halokatlardan dalolat beradi, degan o’sha davrda hukmronlik qilgan fikrga qarshi turdi. U Lyayeldan bir necha yil oldin organizmlar ilgari ham hozirgiga o’xshash suv toshqini, yer qimirlashi tufayli nobud bo’lishini, ularning yoshini Yer qatlamlariga qarab aniqlash mumkinligini, o’simliklar qoldig’ining chirishi natijasida torf, toshko’mir hosil bo’lganligini qayd qildi. Bularning hammasi fan tarixida Lomonosov birinchi bo’lib geologiyada transformistik g’oyalar bilan maydonga chiqqanligini isbotlaydi. Lomonosovning materialistik fikrlari keyinchalik rus filosofi A. H. RadiShchev (1749— 1802) tomonidan rivojlantirildi. Radishchev materiya inert, u tashqi turtki ta‘sirida harakatga keladi, degan g’oyalarga qarshi chiqib, harakat materiyaga xos, uning tashqi turtkiga ehtiyoji yo’q, tafakkur va aql-idrok organik materiya, miyaning rivojlanish natijasidir, deb ko’rsatdi. U odamni mashina yoki o’simlikka o’xshatishga qarshi chiqdi. Uning fikriga ko’ra, odam barcha tiriklikka yaqin, lekin ular o’rtasida katta farq ham bor. Odam ikki oyoqlab yurishi, qo’lining ozod bo’lganligi, harakatlanishi, nutqi bilan barcha hayvonlardan farq qiladi. Radishchev preformistik g’oyaga qarshi chiqqan. U rivojlanish faqat miqdor o’zgarishlari bo’lmay, balki sifat o’zgarishlaridan ham iborat, degan g’oyani ilgari surgan. Uning «mavjudotlar narvoni» tirik tabiatning tabiiy paydo bo’lishi va astasekin rivojlanishi natijasida o’lik tabiatdan ti-rik tabiat paydo bo’lishini va u yanada takomillashishi oqibatida sezgi, ong, nutq kabi xossalarga ega bo’lishini namoyon etdi. J.Bonnening «mavjudotlar narvoni» tuziliShi, unda organizmlarning joylaniSh tartibi albatta qonqarindoshlik printsipiga asoslanmagan edi. Bonnening «mavjudotlar narvoni»ga nisbatan rus tabiatshunosi P. Pallas tomonidan tuzilgan organizmlar sinflari orasidagi munosabatni «mavjudotlar daraxti» Shaklida tasvir qiliSh birmuncha ilg’or hisoblanar edi. Radishchev preformistik g’oyaga qarshi chiqqan. U rivojlanish faqat miqdor o’zgarishlari bo’lmay, balki sifat o’zgarishlaridan ham iborat, degan g’oyani ilgari surgan. Uning «mavjudotlar narvoni» tirik tabiatning tabiiy paydo bo’lishi va astasekin rivojlanishi natijasida o’lik tabiatdan tirik tabiat paydo bo’lishini va u yanada takomillashishi oqibatida sezgi, ong, nutq kabi xossalarga ega bo’lishini namoyon etdi. Mavjudotlar narvoni nazariyalari Bonnening «mavjudotlar narvoni» dan farq qilib, Radishchevning «mavjudotlar narvoni» odam bilan yakunlanadi va hech qanday g’ayri-tabiiy mavjudotni o’zida birlashtirmaydi. Radishchevning «mavjudotlar narvoni» dinamik xaraktYerga ega. Radishchev faqat preformizmni emas, balki vitalistik g’oyani ham inkor etdi va organizmlarning o’zgarishi muhitga bog’liq deb ko’rsatadi, uni isbotlash uchun organizmlarni bir muhitdan boshqa muhitga ko’chirishda ro’y beradigan o’zgarishlarga doir dalillar keltirdi. Albatta, «mavjudotlar narvoni»da organik olam turli tarmoqlarining o’zaro bog’liqligi e‘tiborga olinmagan bo’lsada, lekin keyinchalik evolyutsiya printsipiga asoslanib, filogenetik munosabatlarni tiklash uchun birlik bo’lib xizmat qildi. THANK YOU Download 6.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling