Mavlonova Latofat 211-a group Seminar 4 : Badiiy obraz goyaviylik dunyosi
ERNEST XEMINGUEYNING “CHO’L VA DENGIZ” ASARI TAHLILI
Download 24.84 Kb.
|
Seminar 4......Adabiyotshunoslik(1)
ERNEST XEMINGUEYNING “CHO’L VA DENGIZ” ASARI TAHLILI :
Asar qahramonlari oddiy obrazlar orqali tasvirlangan bo’lsa ham, zamirida hayot haqiqatining chizgilar bor deb o'ylayman. Unda kubalik baliqchi, keksa Santyagoning hayoti haqida hikoya qilinadi. Shuni aytish kerakki, “Cho’l va dengiz “ asarida, avvalo, inson hamisha suyanadigan ishonch tuyg’usi va albatta, umid haqida so’z boradi. Asar bosh qahramonida ham tajribasiga suyanib yashayotgan, ishonchini yo’qotib qo’ymaslikka harakat qilayotgan obrazi ko’rishingiz mumkin. Asarning syujetiga biroz to’xtalsak. Santyago ismli chol Kubadagi kichik baliqchi qishlog’ida yashaydi, va baliqchilik bilan shug’ullanadi. U 84 kundan buyon dengizda qolib ketgan, biror o’ljaga ega bo’lmagan edi. Mandolin – chol bilan birga baliq ovlagan bola. Ota – onasi cholni omadsiz sanagani uchun unga boshqa qayiqqa chiqishini buyurgan edi. Ammo bola Santyagoni juda yaxshi ko’rgan. Xullas, bu gal chol omadiga ishonib dengizga yo’l oladi. Dastlab qahramonimiz kichik tunets balig’ini ushlaydi. So’ng esa juda katta baliq qarmoqa ilinadi. Ulkan baliq qayiqni uzoqqa tortib keta boshlaydi. Chol uning yonida Manolin yo’qligidan xafa bo’ladi bunday paytlarda bolaning yordami juda asqotardi. Shunday qilib chol baliq bilan uzoq “jang” qiladi. Umid va ishonch uni bir zumga bo’lsa-da tark etmaydi. Santyagoga tashqi muvaffaqiyat yetishmasa ham, uning ishonchi va umidi uni oldinga boshlayveradi. Asarda adib inson va tabiat o’rtasidagi bog’liqlikni, insoniyatning hamisha kurashuvchanligini ham tasvirlaydi. Qissa uning ana shu jihatlari yorqin ko’zga tashlanadigan asarlaridan. Shunday kurash oldida borayotgan o’quvchi beixtiyor asardagi muvaffaqiyatsizlikdan og’rinmaydi, balki insonning oldinga bo’lgan ishonchi uni ruhlantirib boraverishini mohirona tasvirlagan. 1 2 Download 24.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling