Mavyu: Konsentrlar (“O’nliklar” “Yuzliklar” “Minglik” “Ko’p xonali sonlar” konsentratsiyasi ) bo’yicha nomerlarni o;rganish metodikasi


Download 34.7 Kb.
bet5/7
Sana03.12.2023
Hajmi34.7 Kb.
#1806041
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1443071 (1)

III. Og‘zaki raqamlash. Og‘zaki raqamlashni o‘rganishda navbatdagi qadam o‘quvchilarni natural qatorning 100 dan 1000 gacha bo ‘ lgan sonlari bilan tanishtirishdan iborat. Oldingi bosqichda bolalar nollar bilan tugaydigan uch xonali sonlar va 1000 bilan bunday tartibda tanishtirilgan edi: 100… 200… 300… 400… 500…600… 700…800…900…. Endi nollar bilan tugaydigan har ikki uch xonali sonlar orasidagi bo‘shlikni to‘ldirish, ya’ni sonlarning 100 dan 1000 gacha bo‘lgan natural qatorini to‘ldirish kerak. SHu maqsadda eng oldin qatorda navbatdagi har bir son qanday hosil bo‘lishga va u oldingisidan nechta ortiqligini bolalar bilan bir nechta mashq bajarish yo‘li bilan takrorlanadi. Sonlarning 1 dan 1000 gacha bo‘lgan natural qatori haqida tasavvurlar hosil qilish va mustahkamlash uchun quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin: 1. 335 dan 405 gacha, 768 dan 786 gacha, 992 dan 1000 gacha bittalab qo‘shib sanang. 2. 800 dan 789 gacha, 400 dan 375 gacha, 421 dan 40 gacha, 1000 dan 985 gacha bittalab kamaytirib sanang. 3. 293 bilan 315 orasida, 576 bilan 566 orasida qanday sonlar bor? 4. 300 bialn 400 orasida, 700-800, 100-1000 orasida nechta son bor?

IV. Bu bosqichda uch xonali sonlarning o ‘ nli tarkiblarini, ya’ni ularning yuzliklar, o‘nliklar, birliklardan hosil bo‘lish o‘rgatiladi. SHu maqsadlarda ko ‘rsatma – qo‘llanmalar cho‘plar, cho‘plar dastasidan foydalaniladi (III sinf, 29 bet). Ko‘rsatma qo‘llanmalardan foydalanib, xona sonlaridan iborat sonlarni tasvirlaydilar. Masalan: 3 yuzi 5 o‘nlik 2 birlikdan, 7 yuzi 9 o‘nlikdan iborat sonlaroni otashni o‘rganidilar. Teskari mashqlar – aytilgan sonlarda nechta yuzlik, o ‘ nlik va birlik borligini ko‘rsatish kerak. Birliklari, o‘nliklari yoki bir vaqtda ham birliklari xonasida ham o‘nliklari xonasida raqamlari yuq sonlar o‘quvchilar uchun ancha qiyin. Bu sonlarni qarashda ko‘rsatmalikdan foydalaniladi. 601, 705, 560 …. V. Yirik birliklarda ifodalangan sonlarni maydaroq birliklarda ifodalngan sonlar bilan almashtirishga bog‘liq bo‘lgan mashqlar ham uch xonali sonlarning o‘ nli tarkiblarini o ‘ zlashtirishga yordam beradi. Bunda quyidagi mashqlar bajariladi: 2 m necha smga teng? 3 m-chi? 800 sm necha metrga teng? Bu bosqichda bolalarni biror berilgan uch xonali sondagi birliklarning umumiy sonini, o ‘ nliklarning umumiy sonini aniqlashga o ‘ rgatish kerak. YOzma raqamlash: Uch xonali sonlarni yozma raqamlashni o ‘ rganishga tayyorlash maqsadida ikki xonali sonlarni yozma raqamlashga oid masalalrni takrorlanadi: «son», raqam terminlarining ma’nolari, ular orasidagi farqlar, sonlarni yozishda raqamlarning o‘rin qiymati, ikki xonali sonlarning xona tarkibi taxliliga oid bir qancha mashqlar bajariladi. Sonlarni yozilishida noldan foydalanishga ahamiyat beriladi.


Download 34.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling