Mavzu : Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi. Reja : I kirish : II asosiy qism : Abdulla Qodiriyning hayoti haqida. Abdulla Qodiriyning ijodiy faoliyati. Uning hajviy asarlari haqida. Abdulla Qodiriyning romanlari to’g’risida


Keyinchalik uning “To’y ” ,”Ahvolimiz” ,”Millatimga bir qaror ”


Download 0.52 Mb.
bet3/12
Sana30.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1409918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Abdulla Qodiriy SAYYORAGA

Keyinchalik uning “To’y ” ,”Ahvolimiz” ,”Millatimga bir qaror ”,

  • Keyinchalik uning “To’y ” ,”Ahvolimiz” ,”Millatimga bir qaror ”,
  • “Fikr aylag’il “ kabi she’rlari “Sadoi Turkiston ” gazetasi va ,”Oina ” jurnalida bosilgan. Abdulla Qodiriy bu she’rlarida millatdoshlarini jaholat va xurofatga qarshi kurashga chaqirib, ma’rifatparvar shoir sifatida maydonga chiqqan . Bu yillarda “Baxtsiz kuyov” drammasi “Juvonboz” ”Uloqda ” ,”Jinlar bazmi ” kabi qator jiddiy ,badiiy jihatdan pishiq asarlar yaratgan . Uning “Juvonboz ”va ”Uloqda ” kabi hikoyalarida o’z xalqini savodli ,bilimli , madaniyatli va ozod ko’rish istagi sezilib turdi. Jadidchili g’oyalari bilan sug’orilib jamiyat a’zolarni ma’rifatli ,o’qimishli va ilg’or fikli qilishga qaratilga bu asarlar badiiy jihatdan puxta bo’lmasa-da , zamoni uchun dolzarb edi. Yosh yozuvchi bu asarlarida davrning muhim masalalarini ko’taradi , millatning ahvolini yaxshilashni astoydil istashini ko’rsatadi . Lekin niyat bilan badiiy ifodaning orasida hali ancha masofa bor edi . Abdulla Qodiriy ilk asarlarida fiklarini ochiq aytish ,g’oyani yalang’och ifodalash yo’lidan bordi .
  • Abdulla Qodiriy 1919-1925-yillar oralig’ida matbuotda yuzlab maqola hajviyalar yaratdi .Bu asarlarini u har –xil “ Qodiriy” ,”Julqunboy ”, “Kalvak Mahzum ”,”Toshpo’lat ”, “Ovsar ” , “Dumbul ” ,”Shig’oy ” degan imzo – taxalluslar bilan e’lon etgan .Shu taxalluslardan biri va xalq o’rtasida mashhur bo’lgani Julqunboydir .Abdulla Qodiryning aytishicha uni yozuvchi sifatida elga tanitgan birinchidan uning hajviy asarlari edi , ya’ni “Kalvak Mahzumning xotira daftaridan “,”Toshpo’lat tajang nima deydi? ” kabi hajviy qissalaridir. Yozuvchi bu asarlariga odamlar ta’biatidagi muayyan salbiy xodisalarni sof mafkuraviy nuqtai nazardan turib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan ko’rsatishicha jazm etdi, deydi adabiyotshunos olimlar U. Normatov , B Karimovlar o’z ilmiy ishlarida.
  • Abdulla Qodiriyning “Kalmak Mahzumning xotira daftarlaridan “ asari 1923-1927-yillar orasida yozilgan . Unda yozuvchi “ko’pdan haqiqiy hayot bilan aloqasi uzilgan, madrasa xurofoti bilan miyyasi g’ovlag’an mahalla imomi Kalvakning kulguli sarguzashtlarini hikoya qilib bermoqchi bo’lgan. Asarda ulug’lardan biri vafot etganda Mahzum kechasi maxfiy ravishda marhumga jonoza o’qishga boradi .Ertasiga kelib esa partiyalilar kelib yangichasiga aroqxo’rlik bilan marhumni ko’mishga hozirlik ko’radilar .Asardagi “Qavoid ul-umaro “ bobida adib saltanatni boshqarishda podshoxh va amirlar, sultonlar Xudoyorxonning beklari Nikolay oq podshoh mansabdorlari , amal qigan “ko’hna va lekin puxta qoidalar ” ushbu xurriyat ,mardikor , saradehqon “ zamona hukumatdorlari orasida ham davom etayotganidan kuladi .
  • “Toshpo’lat tajang nima deydi?” hajviy asari 1920- yillar hayotining ziddiyatli daramatik hodisalari ,davrining o’tkir muommolari ifodalangan .Asar qahramoni Toshpo’lat – bolaligida yaxshi tarbiya ko’rmagan ,maktabda yaxshi bilim olmagan, ma’rifatdan yiroq , hayotda yo’lini topa olmagan , ishsiz , biri ikki , biti sirka bo’lmagan va shu faqirlik orqasida yomon yo’llarga kirib qolib tajanglangan chapani .U dehqonchilik qilib “non o’rniga kesak tishlab ,yoz bo’yi suv ichib ishlab ,oyog’ida bitta chilim qovoqqa ega “ bo’ladi .Xullas , U o’zi aytganiday ,”odamzod farzandining g’aribi ” Toshpo’latning o’ziga o’xshash faqir do’sti bo’lib ,u soddadil ,besh norasida go’dakning otasi Salim so’takdir .
  • Abdulla Qodiriy sho’ro hokimyatining dastladki yillarida jurnalistik ko’plab publitsistik va hajviy asarlar yozdi va o’zbek adabiyotidagi birinchi roman “O’tkan kunlar ” ni yaratdi .

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling