Mavzu : aholining omonatlarini kafolatlash fondi va uni faoliyati


Omonatlarni kafolatlash tizimining turlari


Download 57.93 Kb.
bet4/11
Sana16.06.2023
Hajmi57.93 Kb.
#1514660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi

1.3 Omonatlarni kafolatlash tizimining turlari
Banklar omonatlarni kafolatlash tizimida majburiy yoki ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkin.
Banklarning omonatlarni kafolatlash tizimida majburiy ishtirok etishi, mijozlarning o’z omonatlarini joylashtirishida bank tanlash masalasini osonlashtiradi, chunki bunday tizimda mamlakatdagi barcha banklar omonatlarni kafolatlash muassasiga majburan a’zo bo’ladilar. Shu bilan birga, banklarning omonatlarni kafolatlash tizimida majburiy ravishdagi ishtiroki banklararo raqobat uchun bir xil imkoniyatlar yaratadi.
Banklarning omonatlarni kafolatlash tizimida ixtiyoriy ishtirok etishida-ushbu tizimda ishtirok etish yoki etmaslikni bankning o’zi hal qiladi.
Yuqori raqobat va bank faoliyati rentabelligi pasaygan sharoitda tijorat banklari, omonatlarni kafolatlash tizimi ishtiroki bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha xarajatlarni o’z zimmalariga olishni istamaydidar. Iqtisodiyotning o’tish davrida, Xalqaro Valyuta Fondi maslahatiga ko’ra, banklar omonatlarni kafolatlash muassasalariga a’zo bo’lishining majburiy shakli maqsadga muvofiqdir. Chunki omonatchilarni himoyalash tizimi shakllanayotgan vaqtda bu tizimda o’z hajm va mulk shaklidan qa’tiy nazar – yirik yoki mayda, xususiy yoki davlat – barcha banklar ishtirok etishi shart. Yana shuni ta’kidlash kerakki, rivojlangan moliyaviy bozorlarga ega bo’lgan mamlakatlarning ko’pchiligi omonatlarni sug’urtalashda majburiy ishtirok shaklini tanlaganlar.
Nazariy jihatdan omonatlarni kafolatlash tizimi loyihalari turli xil bo’lishi mumkin. Lekin amaliyotda odatda, ularni turli ko’rsatkichlarga qarab quyidagi turlari mavjud:

  1. Huquqiy boshqaruv buyicha: imperativ va dispozitiv turlarga bo’linadi.

Imperativ xuquqiy boshqaruvida-omonatlar kafolatlash tizimi maxsus davlat organi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy akt asosida tashkil etiladi. Bunda banklar bankrotga uchragan taqdirda omonatlar Qonun bo’yicha omonatchilarga qaytariladi. Albatta, bu sharoitda aholining bu tizimga, shuningdek, banklarga nisbatan ishonchi ortadi.

Download 57.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling