Mavzu : Atmosfera havosining ifloslanishiga sabab boʻluvchi omillar va atmosfera ifloslanishining oqibati
Download 191 Kb.
|
Atmosfera havosining ifloslanishiga sabab boʻluvchi omillar va atmosfera
2.2. Atmosferani muhofaza qilish.Insoniyat hayoti uchun eng muhim omil bo‘lgan atmosfera havosini muhofaza qilish, uning musaffoligini ta’minlash bugungi kunning g‘oyatda dolzarb global muammolaridan biridir. Chunki, atmosfera havosi – yer sharini o‘rab olgan bir necha xil gazlardan iborat bo‘lgan havo qatlami, tirik mavjudot hamda boshqa tabiat boyliklarining mutanosibligini ta’minlovchi manba. Shu ma’noda atmosfera havosining ifloslanishi inson, o‘simlik, hayvonot va boshqa tirik mavjudotlarga zararli ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy adabyotlarda ko’rsatilganidek: “Atmosfera – yer sharining gazlardan iborat bo’lgan havo qatlami, biosferadagi hayot mavjudligini ta’minlovchi asosiy manbalardan biri bo’lib, u barcha jonzotlarni zararli kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayyora yuzidagi mo’tadil haroratni saqlaydi”4 . Atmosfera havosini muhofaza qilishni huquqiy tartibga solish tushunchasiga turli olimlar tomonidan ta’riflar berilgan bo’lsada, ushbu ta’riflarning hech biri atmosfera havosini huquqiy tartibga solish tushunchasini to’liq ochib bermagan. Jumladan, Atmosfera havosini huquqiy muhofaza qilish tushunchasiga ta’rif bergan prof. V.V. Petrov – “Tozalikni ta’minlash, havo bo’shlig’ini ifloslantiruvchi gazlardan saqlash, atmosfera kislorod boyliklaridan oqilona foydalanish hamda atrof tabiiy muhit sifatini yaxshilash bilan birga, xalq xo’jaligini rivojlantirishga qaratilgan huquqiy munosabatlar yig’indisidir”5 deb keltirib o’tgan. Taniqli yurist A.S.Timoshenkoning keltirishicha, “Atmosfera havosini muhofaza qilish nafaqat atmosferani, balki yer shari atmosferasini muhofaza qilish bo’lib, undan oqilona foydalanish zarur”6 . Shuningdek, bir qancha xalqaro hujjatlarda atmosfera yer shari tabiiy boyligi, uni asrash va muhofaza qilish nafaqat davlat va tashkilotlarning vazifasi, balki barcha odamzotning burchidir deb keltirilgan. Insoniyat hayoti uchun eng muhim omil bo‘lgan atmosfera havosini muhofaza qilish, uning musaffoligini ta’minlash bugungi kunning g‘oyatda dolzarb global muammolaridan biridir. Respublikamiz barcha sohalarida kuzatilgani kabi ekologik muhofaza borasida ham chuqur o'ylangan va uzoqni ko'zlagan bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o’zining Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O'zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig'ilishidagi ma'ruzasida ekologik muammolarga alohida to’xtalib quyidagi fikrlarni bildirgan, “Eng muhim masala – aholining ekologik madaniyatini oshirish haqida jiddiy bosh qotirishimiz zarur. Albatta, bunday muammolarni faqat ma'muriy yo'l bilan hal etib bo'lmaydi, bunga yosh avlod qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat, unga daxldorlik hissini tarbiyalash orqali erishish mumkin”1 . Shuningdek, Prezidentimiz BMT Bosh Assambliyasining 72- sessiyasida so’zlagan nutqida ham ekologik masalalar, xususan Orol muammosiga to’xtalib o’tdilar2 . Hozirgi fan va texnika rivojlangan davrda, insoniyatning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari yil sayin ortib bormoqda. Sanoat taraqqiy etgan mintaqalarda atmosfera havosi nisbatan ko‘proq ifloslanadi. Atmosfera havosi zaharli gazlar va chang tufayli ifloslanadi. Tabiatning bu qobiliyatidan insoniyat uzoq vaqt davomida o‘z maqsadi yo‘lida foydalanib keldi. Masalan, uzoq yillardan buyon ishlab chiqarish chiqindilari tabiat tomonidan qayta ishlanadi deb havoga chiqarib tashlandi. Atmosferaning o‘zini tozalash qobiliyatining ma’lum chegarasi bo‘lib, agar bu chegara buzilsa, atmosferada o‘zini tozalash qobiliyatini yo’qotadi va chiqindining to‘liq tarqalishi va parchalanishini ta’minlay olmaydi. Hozirgi vaqtda atmosfera buzilishi Yer sayyorasining eng muhim ekologik muammolaridan biri hisoblanadi. Xususan, hozirgi kunda Yer sayyorasida atmosfera havosining buzilishi, unga xaddan ortiq zaharli gaz chiqarilishi matijasida ozon qatlami yemirilishi, iqlimning global o’zgarishi, o’simliklar va hayvonlarning yo’qolib ketishi, insonlar orasida turli xil yangi kasalliklarning paydo bo’lishi va ko’payishi kabi muammolarni misol keltirish mumkin. Texnikaviy taraqqiyot davrida atmosfera havosining ifloslanishi Respublikamizning turli hududlarida, ayniqsa yirik sanoat shaharlarida sezilarli darajada ortganligi hech kimga sir emas. Birgina Navoiy viloyati misolida oladigan bo’lsak, atmosfera havosining yuqori darajada ifloslanganligini kuzatish mumkin. Navoiy shahrida havoni ifloslantiruvchi ko’plab sanoat korxonalari mavjud. Navoiy issiqlik elektr stansiyasi korxonalarida gaz yoqishda hosil bo’ladigan zaxarli moddalarni tozalash inshootlarini loyilash ko’zda tutilgan, ammo ushbu moddalarning me’yoridan yuqoriligi saqlanib qolmoqda. Bu holat respublikamizning boshqa hududlarida ham kuzatiladi. Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olishda atmosfera havosiga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarning yo’l qo’yiladigan minimal darajasini belgilash va bu me’yorlarga qat’iy rioya qilish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday ifloslanish tabiat uni bartaraf etishi uchun himoya reaksiyasini talab etadi. Atmosfera havosining tozaligini saqlash maqsadida hozirgi kunda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: 1) shaharlarning aholi yashaydigan hududlariga atmosfera havosini kuchli ifloslantiruvchi sanoat korxonalarini joylashtirishga yo’l qo’ymaslik; 2) qurilayotgan sanoat korxonalari atrofida sanitar himoya zonalarini barpo qilish zarur; 4) zaharli gazlarni tashlaydigan minoralarning balandligi belgilangan davlat normasi darajasida bo‘lishini ta’minlash; 5) yoqilg‘ilarni nisbatdan havoga kamroq gaz chiqaruvchi muqobil yonilg‘i turiga o‘tkazish lozim; 6) tozalagich moslamalar va inshootlar qurish, ularni sanoat korxonalariga joylashtirish kerak; 7) texnologik jarayonlar borishi davomida zaharli moddalar hosil bo‘lish mexanizmini o‘rganish va ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish zarur; 8) xomashyo sifatida ishlatiladigan zaharli moddalarni kam zaharli yoki umuman toza turlari bilan almashtirish; 9) chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilish; 10) respublikamizda mavjud bo‘sh joylarda hamda atmosfera havosiga zaxarli gazlar ko’p chiqariladigan joylarda daraxtzorlar tashkil qilish kabilarni keltirish mumkin. Lekin keltirilgan ushbu chora-tadbirlar atmosfera havosini ifloslanishdan saqlash uchun yetarli emas. Buning uchun, eng avvalo, sanoat korxonalarida hosil bo‘layotgan chiqindilar miqdorini keskin kamayishiga erishish zarur bo’ladi. Bugungi kunda yuqorida keltirilgan holatlarni ta’minlashga erishish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etib, ekologik muvozanat barqarorligi aynan shu yo’llar bilan ta’minlanadi. Bunda huquqning roli ayniqsa muhim bo’lib, atmosfera havosini muhofaza qilishning ushbu yo’nalishdagi huquqiy chora-tadbirlari mavzuning dolzarbligini tashkil qiladi. Atmosfera havosi inson hayoti, qolaversa tabiatdagi muvozanat uchun katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois atmosfera havosini muhofaza qilish choratadbirlaridan ustivori – bu ekologik ta'lim-tarbiya ishlarini olib borishdir, chunki atmosfera havosining ifloslanishi natijasida sodir bo'ladigan o'zgarishlarni to’liq anglay olgan inson to’g’ri va atroflicha xulosa chiqara oladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar”, - deb ko’rsatilgan. Bundan ko’rishimiz mumkinki, boshqa tabiiy boyliklar qatoqi insoniyat uchun eng zarur bo’lgan atmosfera havosini muhofaza qilish, undan oqilona foydalanilib, uning musoffo holda saqlanishini ta’minlash muhim vazifalardan biridir. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov: “Havo bo’shlig’ining ifloslanishi ham respublikada ekologik xavfsizlikka solinayotgan tahdiddir”, - deb bejiz aytmagan edi. Download 191 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling