Mavzu : avtomobil benzinlari


Benzinlarning asosiy xossalari


Download 293.91 Kb.
bet2/6
Sana17.02.2023
Hajmi293.91 Kb.
#1205824
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Avtomobil benzinlari.

2. Benzinlarning asosiy xossalari.


Benzinlarning asosiy fizik – kimyoviy xossalariga zichlik, qovushqoqlik, bug’lanuvchanlik va to’yingan bug’ bosimi xossalari kiradi. Benzinlarning zichligi yonilg’ining karbyuratsiyalanish xossalariga ta’sir ko’rsatadi. Benzinning zichligi qancha katta bo’lsa, uning sirt tarangligi shuncha katta bo’ladi. Bunday yonilg’ining havo oqimi ta’sirida parchalanishi (tomchilar katta bo’ladi) va bug’lanishi yomon bo’ladi. Natijada kerakli tarkibdagi yonuvchi aralashma olib bo’lmaydi.


Benzinlarning zinchligi 200S da 0,690-0,742 g/sm3 b o’lib, temperaturaning o’zgarishiga bog’liq o’zgaradi. Benzinlarning zichligi areometr asbobida aniqlanadi.
Benzinning yonuvchi aralashma tarkibida silindrdagi ish sifatiga ta’sir etuvchi xossalaridan biri- qovushqoqlik xossasidir.
Neft maxsulotlarining xossalarini baholashda, odatda kinematik qovushqoqlik - ichki ishqalanishning solishtirma koyeffitsiyenti -  ko’rib chiqiladi. Kinematik qovushqoqlik bir xil haroratdagi dinamik qovushqoqlikni ()suyuqlik zichligi ga nisbatiga teng, ya’ni . Benzinlarning qovushqoqligi kamayib ketishi yoki oshib ketishi aralashma hosil bo’lishiga va yonilg’ining yonish protsessi buzilishiga olib keladi. Yonilg’ining qovushqoqligi qancha past bo’lsa, u havo bilan shuncha yaxshi aralashadi va havo kam bo’lganda ham yonilg’ining to’la yonishi ta’minlanadi.
Yonilg’ilarning asosiy xossalaridan biri bug’lanuvchanlik hossasi bo’lib, yonilg’ilarning sifati ko’rsatiladigan pasportlarda bug’-lanuvchanlik fraksion tarkib bilan baholanadi. Benzinning fraksion tarkibi uning karbyuryatsiya jarayonidagi to’liq bug’lanishi xaqi-da fikr yuritish imkonini beradi. Neftdan olingan barcha yonilg’ilar turli qaynash haroratiga ega bo’lgan ug-levodorodlarning murakkab aralashmasidir. Masalan, benzin 35-2000C da dizel yonilg’isi esa, 170-3500S haroratda qaynaydi. Qishki sort yonilg’ilar yengil fraksion tarkibga ega bo’lib, past haroratda bug’lana boshlaydi.


Yonuvchi aralashmaning sifati benzinning bug’lanish darajasiga bog’liqdir. Fraksion tarkib benzinning umumiy hajmi bilan uning haydalish harorati orasidagi bog’liqlikni belgilaydi.


Fraksion tarkib maxsus asbobda 100 ml yonilg’ini qizdirib aniqlanadi (8-rasm).
Idishga 100 ml yonilg’i olinib, haydash kolbasida qaynatiladi va bug’ga aylantiriladi. Bug’lar sovutilib, yana suyuqlikka aylantiriladi va o’lchov silindriga yig’iladi. Har 10 ml yonilg’i bug’langandan keyin harorat yozib boriladi. Yonilg’ining eng yengil fraksiyalari birinchi qaynay boshlaydi va bug’ga aylanadi.



8-rasm. Yonilg’ilarning fraksion tarkibini aniqlash asbobi.


1-haydash kolbasi; 2-termometr;, 3-sovitish asbobi
Haydash vaqtida avval benzinning qaynay boshlash harorati, so’ngra 10, 50, 90% benzinning qaynab bug’lanish harorati hamda, qaynab bug’lanish oxiridagi harorati yozib qo’yiladi (dizel yonilg’isi uchun faqat 50 va 96% qaynash nuqtalari yozib qo’yiladi). Bu ma’lumotlar, odatda, standartlarda va sifat pasportlarda keltiriladi.
Benzin ko’p fraksiyali suyuqlikdir, shu sababdan uning muayyan qaynash harorati bo’lmaydi, ammo suv, spirt va atsetonning qanday haroratda qaynay boshlanishini aniq aytish mumkin. Benzin tarkibidagi yengil fraksiyalar atmosfera bosimi ta’sirida 30 - 40 0C dayoq qaynay boshlaydi, og’ir fraksiyalar esa 165-2050C dagina qaynaydi.
10% benzinning bug’lanishini ta’minlaydigan harorat (t10) uning yurgizib yuborish xususiyatini ifodalaydi. Past haroratda benzinning 10%ni bug’latadigan birinchi eng past haroratga qo’yidagi emperik formula bo’yicha baho beriladi:
1
To’r t10% - 50
2
Bu formula karbyuratorda yurgizish qurilmasi, klassik o’t oldirish sistemasi bo’lgan, siqish darajasi 7,0 bo’lgan dvigatel uchun tuzilgan. Siqish darajasi ortganda, yurgizib yuborish qurilmasi ishlatilganda, elektron o’t oldirish tizimi qo’llanilganda, tirsakli valning aylanish tezligi oshirilganda dvigatelni yurgizib yuborish harorati pasayadi. Lekin havo issiq kezlarda benzinning past haroratda qaynay boshlashi juda xavfli hisoblanadi, yong’in chiqish xavfi ortadi, benzin bug’lanib isrof bo’ladi, benzin trubasida, benzin nasosida yengil fraksiyalar qaynay boshlaydi, natijada bug’dan iborat to’siq hosil bo’lib, karbyuratorga benzin o’tolmay qoladi. Тa’minlash tizimining normal ishlashiga xalaqit beradigan haroratda ikki xil omil mavjud, birinchisi - benzin to’yingan bug’larining o’rtacha bosimi va ikkinchisi 700S da bug’lanadigan fraksiyalar miqdoridir. Ba’zi yonilg’ilarning haydash egri chizig’i 9-rasmda ko’rsatilgan.



Download 293.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling