Mavzu : avtomobil benzinlari


-rasm. Yonilg’i haydashning egri chiziqlari


Download 293.91 Kb.
bet3/6
Sana17.02.2023
Hajmi293.91 Kb.
#1205824
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Avtomobil benzinlari.

9-rasm. Yonilg’i haydashning egri chiziqlari:
1-qishki benzin; 2-yozgi benzin;3-qishki dizel yonilg’isi; 4-yozgi dizel yonilg’isi; 5-avaatsiya benzini.
Yonilg’ida osongina bug’lanadigan fraksiyalarning juda ko’p bo’lishi maqsadga muvofiq emas. Bu holda karbyuratorli dvigatellarning yonilg’i naychalarida bug’lar tiqilib qoladi va buning natijasida dvigatel normal ishlamaydi (o’ta qizib ketadi, quvvati pasayadi, ba’zan to’xtab qoladi va uni sovitmasdan yurgizib yuborish mumkin bo’lmay qoladi) dizel dvigatellarida esa yonilg’i kuchli yonshiga olib keladi. Bu hodisa ko’pincha qishki sort benzinlarini yozda ishlatganda sodir bo’ladi. Shuning uchun ham yengil fraksiyalarning miqdori cheklanadi, benzin qaynay boshlash temperaturasi 350C dan past bo’lmasligi lozim.
Benzindagi yengil fraksiyalar qaynay boshlagan harorat bilan og’ir fraksiyalarning qaynashi to’xtagan harorat oralig’i benzinning ekspluatatsion xossalari uchun katta ahamiyatiga ega. Bu oraliq qancha qisqa bo’lsa, dvigatelni yurgizib yuborishga shuncha kam vaqt sarflanadi va dvigatelning tirsakli vali aylanish tezligini oshirish xususiyati shuncha yuqori bo’ladi. Dvigatelning bu xususiyatlari benzinning mediana issiqligi deb ataladigan qaynash harorati bilan, ya’ni benzin tarkibidagi fraksiyalarning 50% bug’lanadigan harorat bilan aniqlanadi.
Yonilg’ining 10 % dan 95 % gacha qismi qaynab bug’lanadigan harorat uning asosiy qismining bug’lanishini xarakterlaydi. U ish fraksiyasi deb ataladi. Dvigatelning ish xarakteri, qizish muddati karbyuratorli dvigatellarni bir ish rejimidan boshqasiga tez o’tkazish imkoniyati (yonilg’ini qabul qiluvchanligi) ish fraksiyasiga bog’liq. Standartda ish fraksiyasi 50% qaynash nuqtasi bilan normalanadi. U qancha past bo’lsa, yonilg’ining tarkibi shuncha bir xil bo’ladi hamda dvigatel shuncha turg’un ishlaydi.
Nihoyat, haydash jarayoni oxiridagi harorat ta’sirida og’ir fraksiyalar to’la bug’lanadi va bu harorat dvigatelning xizmat muddatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Agar haydash harorati 2050C ga yetganda benzinda ishlovchi dvigatel qismlarining yeyilish tezligi 100% ni tashkil etadi deb qabul qilsak, 1600C da u 60% ga, 2300C da 150% ga teng bo’ladi. Benzin tarkibidagi fraksiyalar uning solishtirma yonish issiqligini belgilab beradi.
90% qaynash nuqtasidan to qaynab bug’lanishning oxirigacha og’ir uglevodorodlar bug’lanadi (egri chiziqning pastki qismi 10-Rasm).


10-rasm. Benzinning fraksion tarkibi egri chizig’i



Download 293.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling