Mavzu : avtomobil benzinlari
Oktan soni va uni aniqlash
Download 293.91 Kb.
|
Avtomobil benzinlari.
4.Oktan soni va uni aniqlash.
Benzinlarning detonatsiyaga turg’unlik darajasi oktan soni bilan ifodalanadi. Benzinning dvigatel quvvatiga va yonilg’ining sarf miqdoriga ta’sir qiluvchi xossalaridan yana biri uning oktan soni bo’lib, oktan soni - yonilg’ining detonatsiyaga turg’unligi (bardoshligi)ni bildiradi. Detonatsiya, bu dvigatelning noto’g’ri ishlashi yoki boshqacha qilib aytganda, yonish jarayonining noto’g’ri borishidir. Dvigatelning detonatsiyali ishlashiga yo’l qo’yilmaydi. Shuning uchun detonatsiyani kelib chiqish sabablarini va uni kamaytirish yo’llarini bilishimiz kerak. Yonish kamerasida qurum(qotishmalar) ko’p hosil bo’lishi natijasida benzinni o’z-o’zidan ham alangalanib ketishi mumkin. Benzinning oktan soni bir silindrli dvigatelda ishlatilib ko’rilib, namunaviy (etalon) yonilg’i bilan taqqoslanib aniqlanadi. Oktan soni ikki xil usulda aniqlanadi: 1) Motor usuli (qo’zg’almas) - GOSТ 511-66, dvigatel IТ9-2 2) Тadqiqot (avtomobilda tekshirish)-GOSТ 8226-66,IТ9-2 Ikkala usulda ham dvigatelda siqish darajasini o’zgartirish imkoniyati mavjud bo’lib, benzin va namunaviy (etalon) yonilg’i ishlatilib ko’riladi va dvigatel detonatsiya bergandagi siqish darajasi bo’yicha solishtiriladi. Namunaviy yonilg’i sifatida ikkita uglevodorod aralashmasi olinadi. 1) Izooktan - C8H18 izomer tuzilishga ega bo’lgan parafin qatordagi uglevodorod bo’lib, detonatsiya bardoshligi 100 deb qabul qilingan, uning struktura formulasi : СН3 СН3 СН2 С СН2 СН СН3 СН3 2) Normal-geptan - C7H16 parafin qatoridagi uglevodorod bo’lib, zanjirsimon normal tuzilishga ega, uning struktura formulasi quyidagicha: СН3-СН2-СН2-СН2-СН2-СН2-СН3 Geptan kuchli detonatsiyalanadi, uning detanatsiyaga bardoshligi 0 ga teng. Тekshirilayotgan yonilg’i (benzin) bilan izooktan va normal geptan aralashmasining (bir xil siqish darajasida ) detonatsiyaga moyilligi teng bo’lsa, aralashmadagi izooktanning foiz miqdori oktan soniga teng bo’ladi. Oktan sonini ikki xil yo’l bilan oshirish mumkin: 1) Prisadkalar - ya’ni tarkibdagi uglevodorolarni o’zgartirish yuqori oktan sonli uglevodorod qo’shish yo’li bilan (izoparafinlar, aromatik uglevodorodlar). 2) Detonatsiyaga qarshi birikmalar qo’shish yo’li bilan - etil suyuqligi tarkibida (C2N4)4Rv qo’rg’oshin (tetrayetilsvinets)bo’lib, bu suyuqlik zaxarli bo’ladi. Download 293.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling