Mavzu : Avtomobil yo‘llaridagi zamonaviy sun’iy inshootlar turlari. Reja


Download 0.73 Mb.
bet1/3
Sana11.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1258956
  1   2   3
Bog'liq
salimov fe


Mavzu : Avtomobil yo‘llaridagi zamonaviy sun’iy inshootlar turlari.


Reja:



  1. Avtomobil yo‘llarida kichik suv inshootlarini joylashishi

  2. Suv o‘tkazuvchi inshootlarning asosiy turlari

  3. Atmosfera va yer osti suvlarini yo‘ldan chetlatish

  4. Transport oqimi xarakat qonuniyatlari

  5. Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar

Avtomobil yo‘li poyini namlikdan saqlash uchun bir qator yo‘ldan suvni ketgazuvchi inshootlar mavjud bo‘lib, ular yo‘l poyiga ta’sir etuvchi suvlarni oqizishga xizmat qiladi.
Yomg‘ir va qor suvlarini yo‘lni ustidan qochirish uchun yo‘l qoplamasiga qo‘ndalang qiyalik beriladi. Bu qiyalik yo‘l o‘qidan ikki tomonga qaratiladi. Bu suvlarni yo‘l bo‘ylab oqizish uchun tuproq poyining pastki chegarasidan yo‘l yon ariqchalari (kyuvetlar) loyixalanadi. Qiyalik yerlarda yon bag‘r ariqchalari loyixalanadi.


Yo‘l qoplamasining turiga qarab yo‘lning ko‘ndalang qiyaligi ShNQ 2.05.02-07 ga asosan quyidagicha:



Qoplama turi

Qoplama ko‘ndalang qiyaligi %

Eng kichigi

Kattasi

Asfaltobeton va sementbeton qoplama

15

20

Chaqiqtosh, shag‘al bitum bilan qorilgan

20

25

Chaqilgan tosh yoki shag‘alli qoplama

25

30

Tosh yo‘llar, qorishmalar bilan mustaxkamlangan tuproq

30

40

ShNQ da ko‘rsatilgan ko‘ndalang qiyalik miqdori oshirib yuborilsa, avtomobilga bir qancha qiyinchiliklar tug‘iladi:



  • muzlaganda, yoki tuproqli yo‘llarda avtomobil yonboshga siljishi mumkin;

  • avtomobilni ichki g‘ildiragi ko‘proq yemiriladi;

  • avtomobilni boshqarish qiyinlashadi.

Yon ariqlar yo‘l poyi o‘ymada o‘tganda va ko‘tarma balandligi 1,2 m gacha bo‘lgan joylarda loyixalanadi. Ariqchalar shakli uchburchak va trapesiya shaklida bo‘lishi mumkin. Ariqchalar cho‘qurligi 0,3; 0,4; 0,6 m va ariqcha tubi kengligi 0,4 m bo‘lishi mumkin. Ariqchalar tashqi yon qiyaligi 1:1,5 bo‘ladi.
Yo‘l yoqasidagi ariqlar yordamida suvlar yerni past joylariga yig‘ilib, dalaga boshqariladi yoki kuvrlar orqali yo‘lni ikkala tomoniga o‘tkazib yuboriladi.
Yo‘l yoqasidagi ariqchalarga yig‘ilgan suvlarni tezroq olib ketish maqsadida, ariqchalarga bo‘ylama qiyalik beriladi. I-III yo‘l iqlimli mintaqalarida eng kamida 5%, IV- V iqlimli mintaqalarda 3% olinadi.
Ariqchalar bo‘ylama qiyaligiga qarab ularni tubi mustaxkamlanadi. Agar yo‘lni bo‘ylama qiyaligi 15 % gacha bo‘lsa xech qanday mustaxkamlash ishlari olib borilmaydi. Agar 15% dan 30% gacha, bo‘lsa, u xolda o‘t ekib mustaxkamlanadi. 30 – 50 % bo‘lsa, ariqchalarni yon bag‘ri va tubi tosh yoki beton bilan maxkamlanadi.
Tog‘ yon bag‘r ariqchalari yo‘lga tepalik qiyaligidan oqib kelayotgan suvlarni yig‘ib, suv ishnootlariga tushirib yuborish uchun xizmat qiladi.

2

Yer osti suvlari baland bo‘lgan va yer poyini ko‘p ko‘tarish mumkin bo‘lmagan joylarda yo‘l poyini yer osti suvlaridan namlanmasligi uchun drenajlar quriladi. Drenajlar ochiq zovur xolida yoki yopiq xolda yer ostiga o‘rnatiladi.

2
Yo‘l asosining qumdan yoki shag‘aldan tashkil topgan qatlami drenajga misol bo‘la oladi. Yopik drenajlar-da temir teshik trubalar yotqizilib yerni past joylariga va oquvchi suv ariqlariga tushurib yuboriladi.
Avtomobil yo‘llari ko‘p sonli daryolarni, doimiy suv oqimlarini, sug‘orish kannallarini kesib o‘tadi. Bu suv to‘siqlarini oshib o‘tish uchun suv oqimlarini kesib o‘tuvchi inshootlar tizimi quriladi.

3

3

Avtomobil yo‘llari ko‘p sonli daryolarni, doimiy suv oqimlarini, sug‘orish kannallarini kesib o‘tadi. Bu suv to‘siqlarini oshib o‘tish uchun suv oqimlarini kesib o‘tuvchi inshootlar tizimi quriladi.


Bu tizim tarkibiga sun’iy inshootlar va tutashishlar kiradi. Sun’iy inshootlar va ularga tutashishlar suv oqimidan kesib o‘tuvchi transport inshootlari suvni izga soluvchi va ximoyalovchi inshootlari xisoblanadi. Suvni izga soluvchi va ximoyalovchi inshootlar yordamchi inshootlar xisoblanadi. Ammo ularsiz asosiy inshootni ishonchliligini yoki normal ishlashini ta’minlash mumkin emas.
Sun’iy inshootlar turlari quyidagicha:

  • ko‘prik – suv to‘siq ustidan yo‘lni o‘tkazuvchi inshoot.

  • tonnel – suv to‘siq ostidan yo‘lni o‘tkazuvchi inshoot.

  • paron – suv to‘siqdan avtomobil yoki vagonni olib o‘tuvchi xarakatlanuvchi qurilma.

Sun’iy inshootlar sifatida ko‘priklarni qo‘llash keng tarqalgan. Shuning uchun ko‘prikli o‘tish suv oqimidan kesib o‘tish uchun asosiy inshoot xisoblanadi.
Uzunligi bo‘yicha ko‘priklar 3 ta guruxga bo‘linadi:

  1. Uzunligi 25 m gacha bo‘lgan kichik ko‘priklar

  2. Uzunligi 25 – 100 m gacha bo‘lgan o‘rtacha ko‘priklar

  3. Uzunligi 100 m dan katta bo‘lgan katta ko‘priklar

Yo‘llarda kichik suv oqimlarini kesib o‘tish uchun ko‘p sonli kichik ko‘priklar, quvurlar va boshqa sun’iy inshootlar quriladi. Xar qanday katta yoki kichik sun’iy inshootlarni loyixalash gidravlik xisob ishlari asosida bajariladi.
Ko‘prikli o‘tish yo‘l tarkibiy qismi xisoblanadi. Ko‘prikli o‘tish murakkab va qimma bo‘lgan inshootlar kompleksidan iborat bo‘lib, bu daryoni kesib o‘tish joyiga muxim bog‘liq.
Ko‘prikli o‘tish joyining eng qulay variantini tanlashda inshootning qurilish baxosiga va undan foydalanishga ta’sir qiluvchi jixatlarni xisobga olishimiz kerak.
Kichik ko‘priklar deb – uzunligi 25 m gacha bo‘lgan ko‘priklarga aytiladi. Kichik ko‘priklar asosiy elementlari tayanchlar va ko‘prik oraliq qurilmasi xisoblanadi. Ko‘prik oraliq qurilmasi – plita va balkalardan tashkil topgan bo‘lib, u qatnov qismini joylashtirishga xizmat qiladi.
Tayanchlar – transport vositalaridan va ko‘prik oraliq qurilmalaridan keladigan kuchlanishini zaminga o‘tkazish uchun xizmat qiladi.

Qo‘prik ostidan o‘tishi mumkin bo‘lgan suvning miqdori quyidagi formula orqali topiladi .
Q = 16.7axis · F · α · φ
bu yerda: axis – yomg‘irning xisobiy yog‘ish jadalligi.
F - yomg‘ir suvi yig‘iladigan yuza
α – oqim koeffitsienti, grunt turiga bog‘liq
φ – reduksiya koeffitsienti, oqimning tulaligini ifodalaydi.

Ko‘prik qatnov qismidan suv satxigacha bo‘lgan masofa ko‘priq balanligi deyiladi.
N = 0,88H + Δ + h
Δ – oraliq qurilma pastki chegarasidan suv satxigacha bo‘lgan balanlik Δ h 0,5 m.

Ko‘prik tayanchlari orasidagi suv satxigacha bo‘lgan kenglik yig‘indisiga ko‘prik tuynugi deyiladi. Ko‘prik tuynugini gidravlik xisoblashda 2 xil suv oqishi tartibi ishlatiladi.

  1. Erkin oqim

  2. Erkin bo‘lmagan oqim.

Umuman ko‘priklar kuchlanganlikka ishlash sharoitiga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi.
Suv o‘tkazuvchi inshootlar, bular jumlasiga quvrlar xam kiradi.
Quvurlarda quyidagi suvni oqish tartilari kuzatiladi.

  1. bosimsiz.

  2. yarimbosimli.

  3. bosimli.

Yo‘ldagi xarakat sharoiti xarakat miqdori o‘sishi bilan o‘zgaradi. Yo‘lning yuklanganlik darajasiga bog‘liq ravishda yo‘lda xar – xil xarakat tarzi yuzaga keladi va shu o‘rinda xarakat qulayligi darajasi tushunchasini kiritishimiz mumkin. Xarakat qulaylik darajasi 4 xil turga bo‘linadi. (A, B, V, G).
A – qulaylik darajasi-erkin oqim.
Yakka avtomobillar bir-biridan ancha masofada xarakatlanib, xaydovchi va yo‘lovchilarni charchatmaydi.
B – qulaylik darajasi, qisman bir – biriga bog‘liq oqim.
Aloxida tezliklari teng bir nechta avtomobillar, bir biridan kerakli masofada xarakatlanadi. Tezlik qisman kamayib, avtomobilni boshqarish qisman qiyinlashadi
V – qulaylik darajasi bir-biriga bog‘liq oqim.
Bunda avtomobillar birin-ketin xarakatlanib, quvib o‘tish ancha qiyinlashadi. Xarakat miqdori o‘sgan sayin quvib o‘tish mumkin bo‘lmay qoladi
G – qulaylik darajasi zich yoki to‘yingan oqim.
Quvib o‘tish asosan mumkin bo‘lmay qoladi. Tezlik kamayib, yo‘lni buzilgan joylarida xarakat to‘xtab qolishi mumkin.
Xarakat oqimi xususiyatlarini ifodalaydigan ko‘rsatkichlardan biri transport oqimi zichligi xisoblanadi. Bu 1 km uzunlikdagi yo‘ldan o‘tadigan avtomobillar soni, yoki mazkur yo‘l uchastkasining nisbiy bandligi.

bu yerda: N – xarakat miqdori;
V – tezlik.
Yo‘lning o‘tkazuvchanlik qobiliyati ma’lum bir vaqt ichida yo‘ldan qancha avtomobil o‘tishi mumkinligi.



bu yerda: Kket – tormozni foydalanish xolati koeffitsienti;
Kold – oldingi avtomobilning foydalanish koeffitsienti;

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling