Mazmunli applikatsiya. Bu applikatsiya kompozitsiyaga ko’ra oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Murakkab mazmunli applikatsiya ertaklar, hikoyalar va shu kabilarga illyustrasiya sifatida yasaladi.
Agarda syujet oddiy bo’lsa, tasvirlarni oldindan belgilamay qirqish mumkin. Bu applikatsiyada ma’lum bir mazmunni ifodalasa bo’ladi.
► Bu badiiy asar uchun ilyustrasiya bo’lishi mumkin.
Applikatsiyada manzara va narsalarning hajmini, rangini,
soya va yorug’lik tushayotgan tomonini munosib rang berib
ko’rsatish mumkin.
Badiiy applikatsiya. Bu applikatsiyada mazmunli ishlarni yaratish faqat mehnatni emas, balki badiiy tayyorgarlikni ham talab qiladi.
Applikatsiyaga qaratilgan kompozitsiya va elementlar miqdoriga qarab qog’oz tanlanadi.
Kompozitsiya ustida ishlaganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o’lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar;
Nurmatova M.SH. Xasanova SH.T. Rasm buyum
yasash va bolalarni
tasviriy faoliyatga
o’rgatish metodikasi.
“Sho’lpon” T:.2010y.
Nurmatova M.SH.
Xasanova SH.
T. D.Azimova.
Ustahonada amaliy
mashg’ulot. “Musiqa”
T:.2010y.
■
► Nazorat savollari
Applikatsiya qanda.y yasaladi.
Applikatsiyani qanday turlari bor.
Applikatsiya
qirqish usullarini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |