Mavzu : Bozor mexanizmi, uning tarkibiy qismlari va amal qilish hususiyatlari. Bozor infratuzilmasi va uning asosiy unsurlari. Bozor muvozati va uning turlari. Mundarija: kirish


-chizma. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari


Download 275.34 Kb.
bet5/14
Sana19.06.2023
Hajmi275.34 Kb.
#1600604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Bozor mexanizmi, uning tarkibiy qismlari va amal qilishi

2-chizma. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari.

Bozor iqtisodiyotni bunday bosqichlarga ajratilishi, fikrimizcha, quyidagi mulohazalarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi:


Birinchidan, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi turli mamlakatlarda turli tarixiy davr va sharoitlarda turlicha kechgan. Natijada, alohida bosqich sifatidagi dastlabki, «kurtak» bozor iqtisodiyotning umumiy iqtisodiy manzarasi uning amal qilishining nazariy qoida va xususiyatlarini aniq tarzda ajratish va ifodalash mushkul. Shunga ko’ra, mazkur bosqich o’zining mohiyatini klassik bozor iqtisodiyoti bosqichida to’liq ifodalaydi, degan xulosa o’rinlidir.Ikkinchidan, deformastiyalashgan bozor iqtisodiyoti bosqichining ajratib ko’rsatilishi mantiqqa zid hisoblanadi. Chunki, muallifning o’zi tomonidan keltirilgan yorqin misol – ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar, markaziy rejalashtiradigan tizim – o’z nomiga ko’ra hech qanday bozor iqtisodiyoti emas, balki ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo’lgan bir qator shart-sharoitlar bo’lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg’or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi.
Bozor iqtisodiyotiga yo’l tutgan har qanday mamlakat bu iqtisodiyotning qanday amal qilishini tushunib olish va oldiga qo’ygan vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun iqtisodiyotning umumiy muammolari bo’lgan bir qator savollarga javob to’ishi zarur.
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur?
Qanday texnika va texnologiya bilan ishlab chiqarish zarur?
Kim uchun ishlab chiqarish zarur? - kabi har doim bo’ladigan umumiy muammolar shular jumlasidandir.
Agar bu savollarni umumiy ravishda qo’yib, unga taraqqiyotning hamma bosqichlariga hos bo’lgan umumiy javobni beradigan bo’lsak ularni lo’nda qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
- aholi ehtiyoji uchun zarur turda va miqdorda tovar va xizmat ishlab chiqarish;
- mavjud resurslardan samarali foydalanib, yangi texnika va texnologiya asosida ishlab chiqarish;
- aholi iste’moli uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish deb javob berish mumkin.
Lekin bozor iqtisodiyoti davrida bu savollarga o’zgacha javob beriladi. Bu javoblar bozor iqtisodiyotining o’ziga xos tarixiy xususiyatidan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi.
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va taklif nisbatiga bog’liq. Bunda mavjud bo’lgan resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga olinishi lozim.
Nima ishlab chiqarish zarur, degan savolga javob berishda korxona zarar ko’rmaslik va foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qilishni hisobga olib xulosa chiqarishimiz zarur. Shu bilan birga tovar va xizmatlarning qanday to’’lami jamiyatning talablarini to’la qondirilishi e’tiborga olinishi kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talabi mavjud bo’lgan, binobarin foyda keltirishi mumkin bo’lgan tovarlar ishlab chiqariladi va xizmatlar ko’rsatiladi, zarar keltiradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilmaydi. Bunda foyda olish yoki olmaslikni korxona o’z tovarini sotishdan oladigan umumiy ‘ul daromadi va uning ishlab chiqarishga qilingan umumiy xarajati o’rtasidagi nisbat aniqlaydi.
Umumiy daromad tovar narxini sotilgan tovar miqdoriga ko’’aytirish orqali hisoblanadi. Umumiy xarajatlar har bir resurs narxini uni ishlab chiqarishda sarflangan resurs miqdoriga ko’’aytirish va keyin har bir resurs sarflarini qo’shishi orqali hisoblanadi.
Ishlab chiqarish uchun resurslarning zarur miqdorini sotib olish va o’z ixtiyorida saqlash uchun qilinadigan harajatlar iqtisodiy harajatlar deyiladi. Bu resurslarning har biriga harajatlar, ya’ni resurslarning narxi resurslar bozorida talab va taklifning nisbati bilan aniqlanadi. Bu erda shuni alohida ta’kidlash lozimki, tadbirkorlik layoqati ham er, ishchi kuchi va ka’ital kabi o’z narxiga ega. Shu sababli ishlab chiqarish harajatlariga nafaqat ish haqi, mukofot, ka’ital uchun foiz va er uchun renta to’lovlari, balki tadbirkorlarga qandaydir tovarni ishlab chiqarishni tashkil qilish va bu ishlab chiqarish jarayonida barcha boshqa resurslarni birlashtirish vazifasini bajargani uchun oladigan foyda ham kiritilishi kerak. Tadbirkor ushbu vazifalarni bajargani uchun oladigan foyda me’yoriy foyda deyiladi. Demak, mahsulot shunday holatda ishlab chiqariladiki, qachonki uni sotishdan keladigan umumiy daromad etarli darajada yuqori bo’lib ish haqi, foiz, soliq, renta to’lash va me’yoriy foyda olish uchun etarli bo’lsin. Agar mahsulot sotishdan olinadigan umumiy daromad, me’yoriy foydani ham o’z ichiga oladigan barcha ishlab chiqarish harajatlaridan ortiq bo’lsa, bu ortiqcha summa barcha tahlikalarni o’z zimmasiga olib va korxonada ishlab chiqarishning bosh tashkilotchisi vazifasini bajaruvchi shaxs rolida chiquvchi tadbirkor qo’lida to’’lanib boradi. Ko’rsatib o’tilgan umumiy daromadning barcha ishlab chiqarish harajatlaridan ortiqcha summasi, sof yoki iqtisodiy foyda deyiladi. U iqtisodiy harajatlar tarkibiga kirmaydi, chunki korxona uni tadbirkorlik qobiliyatini sotib olish uchun sarflamaydi.
Iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoqning kengayib boruvchi tarmoqqa aylanib borish tamoyili mavjud bo’ladi, chunki ortiqcha ustama foyda kam foydali tarmoqlardan yangi korxonalarni jalb qiladi. Ammo tarmoqda yangi ishlab chiqaruvchilarning ‘aydo bo’lishi o’z-o’zini cheklovchi jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi korxonalarning kirib kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga nisbatan o’sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulotning bozor narxsini ‘asaytiradi. Vaqt o’tishi bilan narx o’z darajasiga etmaydi va iqtisodiy foyda yo’qoladi. Boshqacha aytganda, raqobat bu foydani yo’qqa chiqaradi. Iqtisodiy foyda nolga teng bo’lganda, bozor talabi va taklifining bunday nisbati, bu tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini aniqlaydi. Shu vaziyatda tarmoq o’zining «ishlab chiqarish muvozanatli hajmiga» etadi. Bozor talabi yoki taklifida yangi o’zgarishlar ro’y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. O’z-o’zidan aniqki, tarmoq zarar ko’rganda korxona bunday tarmoqda qatnashishga qiziqmaydi. Aksincha, vaqti kelib tarmoqdagi mavjud bo’lgan korxona o’zining faoliyatini to’xtatgan yoki ancha yuqori foyda keltiruvchi boshqa tarmoqqa o’tgan bo’lur edi. Ammo bunday holda zarar ko’rgan tarmoq mahsulotining bozor taklifi bozor talabiga nisbatan qisqaradi va shu bilan mahsulotning narxi zarar yo’qolguncha yana osha boshlaydi. Natijada tarmoq o’zining ishlab chiqarish hajmini qayta tiklaydi va barqarorlashtiradi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabining alohida muhim rolini ta’kidlash lozim. Iste’molchilar ‘ul daromadlarini sarflash orqali tovarlar bozoriga talab bildiradi. Agar bunday talab bildirish etarli darajada ko’’ miqdorda to’’lansa, korxona shu mahsulotni ishlab chiqarishga tayyor bo’ladi. Iste’molchi talabining ko’’ayishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi korxonaning zarar ko’rishiga va vaqti kelib qiyin ahvolga tushib qolgan tarmoqning qisqarishiga olib keladi. Qisqasi iste’molchining talabi korxonaning qaysi mahsuloti foyda keltiruvchi ishlab chiqarish bo’lib qolish masalasini hal qilishida muhim rol o’ynaydi.
Bir mahsulotning foyda va boshqasining zarar keltirishini taqozo qiluvchi talabni iste’molchi hal qiladi, bu korxonaning nima ishlab chiqarish masalasini erkin tanlashini cheklaydi.
Korxona ishlab chiqarish uchun mahsulot tanlashda iste’molchi talabini hisobga olishi zarur. Bu aytilganlar ko’’ darajada resurslarni etkazib beruvchilarga ham taalluqli. Resurslarga talab - bu hosila talab, ya’ni ishlab chiqarish resurslarini taqozo qiluvchi tovarlar va xizmatlarga talabdan kelib chiqadi. Resurslarni etkazib beruvchi o’zining mehnat va moddiy resurslarini sotishdan oladigan daromadlarini yuqori darajaga etkazishga intilishida bozor tizimining talabidan kelib chiqishi shubhasiz. Faqat iste’molchi talabiga mos bo’lgan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar foyda olib ishlashi mumkin va shu korxonalarning resurslarga bo’lgan talabi kuchayadi.
Qisqasi, iste’molchi o’zining maqbul ko’rishini mahsulotlar bozoriga bildiriladigan talab shaklida namoyon qiladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni etkazib beruvchilar o’zlarining manfaatlarini ta’minlash uchun shu talabga mos ravishda, ya’ni yuqori foyda olish uchun ‘ul to’lash qobiliyatiga ega bo’lgan iste’molchilarga zarur bo’lgan miqdorda va turda tovarlar ishlab chiqaradi va resurslarni etkazib beradi.
Bozor tizimi ‘uldor iste’molchining xoxishini, korxonalar talabini hisobga oladi, ular uchun ishlab chiqaradi va bu qarorni resurslarni etkazib beruvchilarga uzatadi hamda ulardan tegishli javob olishga erishadi.
Tovarlar qanday ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o’ziga hos javob bo’ladi. Bunda uchta uzviy bog’liq masalaga e’tibor beriladi:
- alohida tarmoqlar o’rtasida resurslar qanday taqsimlanishiga;
- ishlab chiqarishni qanday korxonalar amalga oshira olishiga;
- har bir korxona resurslarning qanday uyg’unlashuvini va qanday texnologiyani tanlashiga.
Bozor tizimi, resurslarni, avvalo mahsulotlariga iste’molchi ancha yuqori talab bildiradigan va bu mahsulotlarni ishlab chiqarish foyda keltiradigan tarmoqlarga yo’naltiradi. Foyda bermaydigan tarmoqlar resurslardan mahrum bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarishni qanday korxonalar amalga oshira oladi? Qaysi korxona ishlab chiqarishga iqtisodiy jihatdan eng zamonaviy texnologiyani qo’llashga intilsa va shunga layoqatli bo’lsa. Zamonaviy texnologiya iqtisodiy samaradorlik bilan tavsiflanadi. Iqtisodiy samaradorlik quyidagilarga bog’liq: mavjud texnologiyaga, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi resurslarning muqobil uyg’unlashuviga yoki ishlab chiqarish omillariga, resurslarning narxlariga. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samaradorlik mahsulotning mavjud hajmini resurslardan eng kam harajat qilib olishni bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti o’zgaruvchan bo’ladi: u iste’molchilar, ishlab chiqarish texnologiyasi, etkazib beriladigan resurslar tarkibi o’zgarishiga mos ravishda o’zgaradi. Resurslarni taqsimlashning bugungi kunda ancha samarali bo’lgan tizimi, vaqt o’tishi bilan iste’molchi didining o’zgarishi, ishlab chiqarish yangi texnologiyasining yaratilishi va taklif qilingan resurslar tarkibining qayta o’zgarishi oqibatida eskirishi va samarasiz bo’lib qolishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti, bu o’zgarishlarga moslashishiga layoqatlimi?
Iste’molchi dididagi o’zgarishlarning mahsulot narxsi va foydaga ta’siri, bir tarmoqni qisqartirish va boshqasini kengaytirishni taqozo qiladi. Bu o’zgartirish resurslar bozori orqali amalga oshiriladi, chunki kengayib boruvchi tarmoq resurslarga ko’’roq talab bildirsa, qisqarib boruvchi tarmoq ularga talabni kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi resurs narxlarining o’zgarishi, resurslarni qisqaruvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlaydi.
Demak, bozor tizimi texnologiyaning o’zgarishi va har xil resurslarga taklif tarkibidagi o’zgarishlarga moslashadi.
Bozor iqtisodiyoti so’zsiz texnika taraqqiyoti uchun rag’bat yaratadi. Ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga olib keluvchi texnologiyani birinchi qo’llash, korxonaning o’z raqobatchilari oldidagi vaqtinchalik ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish harajatlarining ‘asayishi korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo’lgan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar.
Qisqacha xulosa qilib aytadigan bo’lsak bozor iqtisodiyoti sharoitida:
a) foyda beradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqariladi.
b) ‘uli bor, yuqori foyda olish imkonini beradigan haridorlar uchun ishlab chiqariladi.
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.


Download 275.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling