Mavzu : buyuk geografik kashfiyotlar va ularning jahon xo’jaligi shakllanishida o’rni reja: kirish. I bob. Buyuk geografik kashfiyotlarning sabablari. Portugalyaliklarning geografik kashfiyotlari


XVI asr 2-yarmi va XVII asr 1-yarmidagi geografik kashfiyotlar


Download 0.64 Mb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1577647
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iskandarova Javohir

2.2.XVI asr 2-yarmi va XVII asr 1-yarmidagi geografik kashfiyotlar.
XVI va XVII asrlarda geografik kashfiyotlar davom ettirilidi.XVI asrning 2-yarmida ispanlar noma'lum janubiy qit'ani qidirib topish maqsadida Tinch okeaniga bir necha marta ekspeditsiya yubordilar.Bu ekspeditsiyalar natijasida Janubiy Polineziyaning bir qismi bo'lgan Solomon orollari (1567),Markiz orollari (1595) hamda Avstraliyani Yangi Gvineyadan ajratib turuvchi Torres qo'ltig'i kashf qilindi(1605).Shundan keyin Tinch okeanining janubiy qismiga gollandiyaliklar katta-katta sayohatchilar guruhini yuborib turdi.1616-yilda golland Giautende Gorn Amerikaning eng janubiy qismini-uning nmi bilan atalgan-Gorn burnuni kashf qildi. XVII asrning 1-yarmida golland dengiz sayyohlarining o'zlari dastlab Yangi Gollandiya deb atalgan Avstraliya qirg'oqlarini kashf qildilar.
Avstraliya qirg'qolarini tekshirishda va Avstraliyani alohida qit'a sifatida belgilashda golland Abel Tasman(1642-1644) sayohatlari katta ahamiyatga ega bo'ldi.Bu kishining nomi bilan Tasmaniya oroli deb ataladigan bo'ldi.Ingliz sayyohlari Avstraliyaga ancha keyin-faqat XVIII asrning 2-yarmida yetib bordilar(Kapitan Kukning 1769-1777-yillardagi sayohatlari).XVI-XVII asrlarda shimoliy yarim sharda ham yirik geografik kashfiyotlar amalga oshirildi.Ingliz dengiz sayyohi Martin Frobisher va Jon Devis Xitoyga boradigan shimoli-g'arbiy yo'lni qidirib,XVI asrning 70-va 80-yillarida Shimoliy Amerika qirg'oqlariga bir necha marta ekspeditsiyaga bordilar.Bu ekspeditsiyalar Grenlandiya bilan Amerika qit'asi orasidagi qo'ltiqni hamda Muz okeanida Amerikaning shimol tomondagi orollarning katta arxipelagini topdi.
XVII asrning boshlarida uchinchi bir ingliz dengiz sayyohi Genri Gudson(1550-1610) Shimoliy Amerikada tadqiqot ishlarini davom ettirdi.Gudson daryosi va Gudson qo'ltig'i shu kishining nomi bilan atalgan.Shimoli sharqiy tomonda golland dengizchilari XVI asrning oxirlarida yirik kashfiyotlar qildilar.
Golland dengiz sayyohi Vilgelm Barens(1550-1597) uning nomiga qo'yilgan Barens dengizini tekshirdi.1594-1597-yillar davomida Barens Yangi Yerning sohillarida uch marta qishlab qoladi.Bu yerlarga u Xitoy va Hindistonga( shimoli-sharqiy tomondan) olib boradigan shimoliy dengiz yo'lini qidirib kelib qolgan edi. Oxirgi qishlov vaqtida u o'z xamrohlari bilan sovuqda qotib halok bo'ladi.Shimoliy Muz okeanini hamda Tinch okeanining shimoliy qismini tadqiq qilishga oid ruslarning gegrafik kashfiyotlari juda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Ruslar birinchi bo'lib(gollandlardan ancha ilgari) Yangi Yerga hamda Shpitsbergen oroliga (Skandinaviya yarim orplining shimoliga) borib yetgan edilar. Ular Ob va Yenisey daryolarining quyiladigan joylarini tekshirdilar, Taymir yarim orolini aylanib o'tdilar.
XVI asrning oxirlaridayoq yangi yerlarni qidiruvchi rus sayyohlari Tinch okeanining sohillariga yetib borishgan,deb taxmin qilish mumkin.XVII asrning 30-yillarida Ivan Moskvitin boshchiligidagi krasnayarlik kazaklarning bir guruhi Lena daryosining so'l irmog'i-Aldan daryosi bo'ylab yurib bordilar,tog'lardan oshib o'tib Oxota dengiziga chiqdilar.40-yillarda Yangi yerlarni qidiruvchi sayyohlardan Poyarkov bilan Xabarov Quyi Amurni tekshirib,birinchi marta ana shu daryoning kartasini tuzdilar. 648-yilda sibirlik kazak Semyon Dejnev tomonidan (1605-16720 Uzoq sharqning eng chekkasidagi (uning nomiga qo'yilgan) burunning hamda Osiyo qit'asini Amerikadan ajratib turuvchi Bering qo'ltig'ining kashf qilinishi Uzoq sharqdagi eng yirik geografik kashfiyot bo'ldi. Rossiya harbiy xizmatining kapitani Bering bu qo'ltiqni yangidan tekshirib chiqishdan 80 yil ilgari Dejnev kashf qilgan edi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling