Chizmalarni taxt qilish qoidalari.
Chizmachilik asboblariga gotovalnya, chizg‘ich, uchburchakliklar, lekalolar, rezina, transportirlar kiradi. Chizma jihozlarini chizma stollari chizma taxtalari, chizish mashinalari va boshqalar tashkil qiladi. 1.1- chizma. Chizma ashyolariga chizma qog‘ozi, qalam, tush, o ‘chirg‘ich (rezinka) va qadagich (knopka) lar kiradi. Chizg‘ich. Chizmachilik taxtasida ishlaganda, reysshina deb ataladigan chizg'ichdan foydalaniladi. Reysshina chizmani aniq va tez chizishga im kon beradi. Reysshina bo'laklari bir-biriga qo‘zg‘almas qilib mahkamlangan ikki qismdan: A chizg‘ichdan va В taxtacha (planka) dan iborat. Taxtacha chizg‘ichga 90° burchak hosil qilib mahkamlangan Chizma chizishda chizg‘ichning millimetrlangan qirrasidan foydalaniladi. Shuning uchun xuddi shu qirralarning yaxshi holda saqlanishiga alohida e’tibor berish zarur. Chizg‘ichning bu qirrasi silliq va to‘g ‘ri b o iish i kerak. Chizish vaqtida reysshinaning plankasi chizma taxtasining chap chekkasiga qisib ushlanadi, shu sababli reysshina surilganda istalgan miqdorda bir-biriga parallel bo‘lgan to‘g‘ri chiziqlar chizish mumkln. Reysshinani almashtirish yoki chizma qog‘ozni qaytadan mahkamlash oldidan qog‘ozni reysshinaga to‘g‘rilab olish kerak. Buning uchun reysshina qog‘oz ustiga qo‘yiladi, lekin uning plankasi taxta chekkasiga qisilgan holda bo'lishi kerak. So‘ngra qog‘ozning yuqori tomoni reysshina qirrasiga to‘g‘rilanib, qadagich bilan mahkamlanadi.
Geometrik yasashlar
Chizma chizishdagi aniqlik shartlari. Наг qanday chizma aniq va mukammal darajada chizilishi talab qilinadi. Mukammal chizilmagan chizma orqali buyumni yasab bo‘lmaydi. Shunday ekan, chizma chizishda asosan, o ‘zbekiston Davlat standartlari, o ‘zbekiston Respublikasi konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (KHYAT) ASOSIY QOIDALARI ( 0 ‘zDSt 2.001:2003) talablari to ‘liq bajarilishi shart. Barcha geometrik yasashlar aniq amalga oshirilishi zarur. Bu yerda chizm adagi jism to m o n larin in g o ‘zaro parallelligi va perpendikularligi, markaziy va simmetrik o ‘qlaming to‘g ‘ri va aniq tasvirlanishi, aylanalar va ularning yoylari, ularga o ‘tkazilgan urinmalar qoidalarga amal qilingan holda aniq bajarilishi lozim. Chizmalarni chizish uchun qo‘llaniladigan chizma asboblari ham to ‘g‘ri sozlangan boMishi zarur, aks holda chizmalar aniq chizilm aydi. Chizmalarni aniq chizish bo ‘yicha juda ko ‘p maslahatlar berish mumkin. Quyidagi mavzular orqali ular to ‘g ‘risidagi bilim, ko‘nikma va malakalaringizni boyitib olasizlar degan umiddamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |