Mavzu : ekskursiyalarni tarixiy bilimlarni rivojlantrishda tutgan o'rni kirish asosiy qism i-bob. O‘zbekistondagi tarixiy shaharlarning ahamiyati


II BOB. EKUSKURSIYALARNI TARIXIY BILIMLARNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI


Download 42.56 Kb.
bet10/12
Sana16.01.2023
Hajmi42.56 Kb.
#1095394
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ekskursiyalarni tarixiy bilimlarni rivojlantrishda tutgan o\'rni

II BOB. EKUSKURSIYALARNI TARIXIY BILIMLARNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
2.1. Tarixiy ekskursiyalar va ularning tarbiyaviy ahamiyati
Yuqoridagi tarixiy ekskursiyalarning taqdimoti bilan tanishib chiqdik. Ekskursiyaga borib, o’z ko’zimiz bilan ko’rib, qo’limiz bilan ushlab, tanimiz bilan his qilib tariximizni o’rganishimiz, tarix haqidagi kitoblarni o’rganganimizdan ko’ra samaraliroq hisoblanadi.Ekskursiyada tarixiy bilimlarni yanada mustahkamlash jarayonida quyidagilarga rioya qilish samarali usullar hisoblanadi:
1. Ekskursiya davomida o’quvchilarning maxsus daftar yuritishlari zarur. Ular daftarga o’zlari olib borgan kuzatish natijalarini hamda boshqa tafsilotlarni yozib boradilar.
2. Ekskursiya ob’ektlarini o’rganish oxirida mashg’ulotga dastlabki yakun yasaladi, bunda o’rganilgan o’quv materiali qisqacha takrorlanadi, mustaqil ish bo’yicha topshiriqlarning qanday bajarilganligi to’g’risida zveno (gruppa) boshliqlarining axborotlari tinglanadi, o’quvchilar faoliyatidagi ijobiy va salbiy tomonlar qayd qilinadi.
3. Ekskursiya davomida yoki unga yakun yasalayotganda o’quvchilar mavzuga bevosita aloqador bo’lmagan xilma-xil savollar berishlari mumkin. Bunday xollarda qanday yo’l tutish kerak? Agar har qanday savollarga to’liq javob beriladigan bo’lsa, asosiy mavzudan chekinishga to’g’ri keladi. Javob qisqa va aniq bo’lsin.
4. Ekskursiyadan qaytish unga borish tartibida bo’ladi; ekskursiyaning yakunlanishi ham albatta tashkiliy ravishda bo’lmog’i lozim. O’qituvchi ekskursiyaning tamom bo’lganligi to’g’risida e’lon qiladi.
5. Ekskursiyadan yig’ib kelingan materiallar ularni kelgusida o’rganish uchun tartibga solinadi.12
Shuningdek ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishda ekskursiya mashg‘ulotlarining ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritilgan.
Respublikamizda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarining muayyan bilimlarni egallashlari barobarida ularda bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj, mustaqil va ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari, amaliy tajriba va ko‘nikmalar ega bo‘lishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy – axloqiy fazilatlarni, atrof – muhitga ongli munosabatni tarkib toptirish, ularni kasblar bilan tanishtirish orqali kasbga yo‘llash ko‘rsatilgan.
Maktablarda tashkil etiladigan ekskursiya esa sinf yoki o‘quvchilar gruppasi bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning bir shakli bo‘lib, “o‘rganilayotgan ob’yek va hodisalarni joyiga borib, tabiiy holatida yoki sun’iy maxsus sharoitda bevosita idrok etishga - ekskursiya” deyiladi.
Ekskursiyalar nafaqat ta’lim mazmunini ochib berishga hizmat qilib qolmay balki o‘quvchilarga tarbiya berishda ham ahamiyatga egadir. Jumladan, mashg‘ulot davomida o‘quvchilarda:
1. O‘quvchilarda ongli intizom;
2. O‘rtoqlik va do‘stlik;
3. Tashabbuskorlik va havaskorlik xislatlari tarbiyalanadi.
4. Ekskursiyalar o‘qituvchini o‘quvchilar bilan yaqinlashtiradi, unga o‘z o‘quvchilarini yaxshiroq bilib olish, (sinf sharoitida namoyon bo‘lmagan o‘quvchi xususiyatlarini aniqlash) imkoniyatini beradi.
5. O‘quvchilarda tetik va sog‘lom tuyg‘ularni vujudga keltiradi bu esa o‘rganilayotgan o‘quv materialining oson va puxta o‘zlashtirib olishini ta’minlaydi.
6. Ekskursiyalarda o‘quvchilar estetik xarakterdagi tuyg‘ularni xis qiladilar.
7. Tabiat go‘zalligini bevosita xis qilish shu tabiatga, Vatanga nisbatan muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otadi.



Download 42.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling