Rp.: Cordiamini 10 ml
D.S. 10 tomchidan ichishga buyurilsin.
TINDIRMA (Tinctura)
Tindirma bosh kelishik birlik sonda – Tinctura, qaratqich kelishik birlik sonda – Tincturae.
Tindirmalar deb o’simliklardan tayyorlangan, ozmi-ko’pmi rangli bo’lgan, suyuq, tiniq spirtli, spirt-suvli yoki spirt-efirli ajratmalarga aytiladi. Ularni tayyorlash uchun ko’proq 70% yoki 40% etil spirti qo’llaniladi, chunki unda dori tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi birikma yaxshi eriydi. Shu bilan bir qatorda spirt yaxshi konservasiyalash xossasiga ega. Shu tufayli damlama va qaynatmalarga nisbatan tindirmalar turg’un dori shakli bo’lib, xona haroratida berk idishlarda uzoq saqlash mumkin. Tindirmalar ofisinal preparatlar hisoblanib, Farmakopeya asosida farmasevtik korxonalarda tayyorlanadi va dorixonalarda tayyor xolatda bo’ladi.
Tindirmalar bo’linmagan dori shakli bo’lib, har bir qabul uchun bemor o’zi ajratib oladi.
Tindirmalarga resept yozishning faqat bitta, ofisinal usuli bo’lib, u Tinctura so’zidan boshlanadi, keyin o’simlikning nomi va tindirmaning miqdori millilitrlarda ko’rsatiladi. Tindirmalar tomchilar bilan taqsimlanadi va asosan ichish uchun beriladi. Ammo ba’zi hollarda sirtga ishlatish (chayqash) uchun berilishi mumkin.
Misol; td = 20 tomchi bo’lgan Valeriana tindirmasiga resept yozilsin, 20 tomchidan ichish uchun buyurilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |