Rp.: Suspensionis Hydrocortisoni acetatis 0,5%-10 ml
D.S. Chayqatilsin va ko’zga 2 tomchidan kuniga 4 mahal tomizilsin.
Magistral suspenziyalar – dorixonalarda tayyorlanadi, shakl hosil qiluvchi moddalar sifatida gliserin, vazelin moyi va boshqalar ishlatiladi. Bunday suspenziyalar kengaytirilgan shaklda yoziladi. Reseptda suspenziyalar tarkibiga kiruvchi barcha ingredientlar va ularning miqdori yoziladi, so’ngra M.f. “suspension” va D.S. yoziladi.
Misol. Tarkibida 0,5% trixomonasid bo’lgan, vazelin moyida tayyorlangan steril suspenziyadan 50 ml yozing. 10 ml siydik pufagiga yuborishga buyurilsin. Ishlatishdan oldin chayqatilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |