6. Mashg’ulot mazmuni:
6.1 Nazariy qismi
EMULSIYA
Emulsiya bosh kelishik birlik sonda - Emulsum, qaratqich kelishik birlik sonda - Emulsi.
Emulsiya suyuq dori shakli bo’lib bir-birida erimaydigan yoki kam eriydigan va aralashmaydigan 2 fazali suyuqlik sistemasidir. Birinchi fazasi suv, ikkinchisi esa unda erimaydigan moddadan (efir moylari, yog’lar, balzamlar) tashkil topgan. Tashqi ko’rinishi jihatidan emulsiyalar sutni eslatadi. Tayyorlanishiga qarab emulsiyalar 2 ga bo’linadi:
1. Moyli emulsiyalar – Emulsa oleosa
2. Mag’izli emulsiyalar – Emulsa seminalia
Mag’izli emulsiyalar bodom urug’idan (semina Amygdali dulcis), oshqovoq urug’idan (semina Cucurbitae) va boshqalardan tayyorlanadi va nisbatan kam ishlatiladi.
Mag’izli emulsiyalarni qisqartirilgan holda yozish. Rp.: dan so’ngra dori shaklining (эмульсия - Emulsi), mag’izning (seminum) va o’simlikning nomi (qaratqich kelishigi, birlikda), mag’izning og’irligi va emulsiyaning hajmi ko’rastiladi. So’ngra farmasevtga murojaat: Da. Signa, va qo’llash usuli yoritiladi.
Misol: 20 g bodom urug’idan tayyorlangan 200 ml emulsiya yozib, 1 osh qoshiqdan har soatda ichish buyurilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |