Rp.: Olei jecoris Aselli 20 ml
Gelatosae 10,0
Aquae destillatae ad 200 ml
M.f. emulsum
D.S. kuniga 1 osh qoshiqdan 2 marta qabul qilinsin.
Qisqartirilgan shakl:
Rp.: Emulsi Olei jecoris Aselli 20 ml – 200 ml
D.S. kuniga 1 osh qoshiqdan 2 marta qabul qilinsin.
Takrorlash uchun savollar:
Qanday dori shakli emulsiya deb ataladi?
Emulsiyalarning nechta turi mavjud?
Emulgator nima?
Qanday emulgatorlarni bilasiz?
Emulsiyalarga reseptlar nechta shaklda yoziladi?
Mustaqil resept yozish uchun misollar:
Bodom moyidan tayyorlangan (Oleum Amygdalarum) 200 ml moyli emulsiyaga kengaytirilgan va qisqartirilgan shakllarda resept yozing. Osh qoshiqda ichishga buyuring.
SUSPENZIYA (SUSPENSIO)
(bosh kelishik birlik sonda - Suspensio, qaratqich kelishik birlik sonda – Suspensionis)
Suspenziya – dozalanmagan suyuq dori shakli bo’lib, qattiq dori moddalarining suyuqlikdagi muallaq zarrachalardir. Ular in’eksiya, ichish va sirtga ishlatish uchun buyuriladi. Ishlatishdan oldin chayqatiladi. Sterillangan suspenziyalarni mushaklar orasiga yuborish mumkin.
Suspenziyalar reseptda kengaytirilgan va qisqartirilgan shaklda yoziladi.
Suspenziya tayyorlashda suyuqlik o’rnida suv ishlatilganda, shuningdek offisinal suspenziyalar uchun reseptlar qisqartirilgan shaklda yoziladi.
Rp.: belgisidan so’ngra qarqtqich kelishigi birlik sonda, bosh harfda dori shaklining nomi (Suspensions), so’ngra qaratqich kelishigida bosh harf bilan dori moddasining nomi, foizda konsentrasiyasi, tire ishorasidan so’ngra miqdori ml da yoziladi. So’ngra D.S. va signature yoziladi. Signaturada albatta “Ishlatishdan oldin chayqatilsin” ifodasi ko’rsatiladi.
Misol. 0,5% li gidrokortizon asetatning suvdagi suspenziyasidan 10 ml yozib berilsin. Ko’zga 2 tomchidan kuniga 4 mahal tomizib turish buyurilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |