Mavzu : Emulsiyalar, tomchilar, t


Download 73.69 Kb.
bet18/28
Sana09.01.2022
Hajmi73.69 Kb.
#268850
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
2 Emulsiyalar Dorivor yig‘malar Tomchilar holida beriladigan eritmalar

Quruq ekstraktlar sochma ko’rinishiga ega bo’lib namligi 5% ortiq bo’lmaydi. Ular ekstraktlarni eng rasional xili hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda ularning soni ko’payib bormoqda. Quruq ekstraktlarni sochma dori, tabletka, kapsula, hap dori va shamcha ko’rinishida ishlab chiqariladi.

Quruq ekstraktlar reseptda: dori shaklining nomi qaratqich kelishigi birlik sonda bosh harflatrda (Extracti), so’ngra ekstraktning turi (sicci) va og’irligi (gramm) ko’rsatiladi.



Rp.: Extracti Adonidis vernalis sicci 0,25

D. t. d. N. 10

S. Kuniga 1 sochmadan 3 mahal.

DORIVOR YIG’MALAR (Species)

Dorivor yig’malar bosh kelishik ko’plik sonda – Species, qaratqich kelishik ko’plik sonda – Specierum.

Dorivor yig’malar maydalangan yoki butun o’simlik ashyolarining aralashmasi bo’lib, ba’zi hollarda ularga tuzlar, efir va boshqa moddalar qo’shiladi.

Ular damlama va qaynatmalar shaklida ichish uchun, vanna, chayqash, yuvish uchun va sirtga ishlatiladi. Dorivor yig’malar oddiy va murakkab va / yoki qismlarga bo’lingan va bo’linmagan bo’ladi. Ichish uchun tavsiya etiladigan murakkab dorivor yig’malar choy deb nomlanadi. Dorivor yig’malar dorixonalardan umumiy miqdorda, ya’ni 50 g, 100 g, 150 g, 200 g dan chiqariladi. Tarkibi va qabul qilish usuli ko’rsatilgan holda qog’oz qutichalar va xaltachalarda chiqariladi. Tarkibida zaharli va kuchli ta’sir ko’rsatadigan moddalar bo’lgan o’simliklardan iborat yig’malar qismlarga bo’lingan dorivor yig’malar ko’rinishida chiqariladi.



Misol. 10 qismga bo’lingan dorivor yig’maga Resept yozib berilsin, qaysiki tarkibida 2 g Adonis o’ti va 1,5 g Valeriana ildizi bo’lsin. Dorivor yig’maning 1 ta dozasini 1 stakan suvda qaynatib 30 daq. damlab qo’yilgach, suzib 1 osh qoshiqda kuniga 3 mahal ichish buyurilsin.


Download 73.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling