Dozalarni hisoblash:
1. 1% eritmaning 2 tomchisida qancha atropin sulfat bor?
2. 10 % eritmaning 1 osh qoshig’ida qancha kalsiy xlor bor?
3. 0,2% eritmadan 5 ml tayyorlash uchun qancha atropin olish kerak?
4. 5 ml eritmadan 5ml atropin eritilgan eritma necha foizli?
5. 2 tomchi eritmada 1 mg modda bor eritma necha foizli?
IN’EKSIYA UCHUN QO’LLANILADIGAN ERITMALAR
(Formae medicamentorum pro injectionibus)
In’eksiya uchun dori shakllariga suvli, spirtli va moyli eritmalar, suspenziyalar, emulsiyalar, novogalen preparatlar, suyuq organopreparatlar va suyuq ekstraktlar, shuningdek qo’llashdan oldin steril erituvchida eritiladigan kukun va tabletkalar kiradi.
In’eksiya uchun qo’llnadigan dori moddalari teri ostiga, mushaklar orasiga, vena, arteriya, yurak, bo`gin ichiga, subaraxnoidal va boshqa yo’llar bilan kiritiladi. In’eksiya uchun ko’pincha suvli va yog’li eritmalar, suspenziyalar ishlatiladi.
Moyli eritmalar, suspenziya va emulsiyalarni tomir ichiga, spirtli eritmalarni esa teri ostiga yuborish mumkin emas!
Erituvchi sifatida quyidagilar olinadi:
In’eksiya uchun suv – Aqua pro injectionibus
Shaftoli moyi – Oleum Persicorum
Bodom moyi – Oleum Amygdalarum
Izotonik eritma – Solutio Natrii chloridi isotonica 0,9%
5% glyukoza eritmasi – Solutio Glucosi 5%
In’eksiya uchun qo’llaniladigan eritmalar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
sterillangan bo’lishi;
apirogen bo’lishi (qo’llanganda tana haroratini oshirmasligi);
anafilaktik reaksiya bermasligi;
barqaror bo’lishi;
izotonik bo’lishi (ayrim hollarda) lozim.
Teri ostiga kiritiladigan eritma miqdori 1-2 ml, mushak ichiga kiritiladigan 1 ml dan to 10 ml gacha, vena ichiga kiritiladigan 1 ml dan to 500 ml gacha bo’lishi mumkin.
Dorilarni in’yeksion usulda qo’llashning afzalliklari: ta’sir tez boshlanadi (ayniqsa venaga yoki arteriyaga kiritilganda), dorilar jigar orqali o’tmaydi, shu sababli dori parchalanmasdan a’zoga yetib boradi, dorini kiritilishi kerak bo’lgan miqdori to’liq amalga oshiriladi (biologik o’zlashtirilishi yuqori bo’ladi), hushdan ketgan bemorlarga qo’llash mumkin, me’da-ichak yollarida parchalanib ketadigan dori vositalarini yuborish mumkin (insulin, stofantin, benzilpenisillin).
Do'stlaringiz bilan baham: |