Mavzu : fotoresepsiya hujayra menbranalarning molekulyar tuzilishi
Download 63.23 Kb.
|
ALIMOVA DILDORA 22
Fotobiologik reaksiyalar quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1) Fotofizikaviy bosqich (yorug‘likning yutilishi, elektron qo‘zg‘algan holatning sodir bo‘lishi, energiyaning molekula ichida qayta taqsimlanishi) 2) Birlamchi fotokimyoviy bosqich (dastlabki fotomaxsulotning hosil bo‘lishi ) 3) Ikkilamchi fotokimyoviy bosqich (birlamchi fotomaxsulotning barqaror maxsulotlarga aylanishi) 4) Qorong‘ida o‘zgarish bosqichi (barqaror maxsulotlarning navbatdagi o‘zgarishi) 5) Oxirgi biologik makroeffekt
Fotobiologik reaksiyalar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularning hammasi asosiy mexanizmlari jihatidan ichki umumiylikka ega bo‘lib, tirik organizmlarning hayot faoliyatlarida o‘z ifodasini topadi. Fotosintez – yuksak o‘simliklar, suv o‘tlari va ba’zi bir bakteriyalar tomonidan, yorug‘lik energiyasi ishtirokida, organik moddalarning hosil qilinishi jarayonidir. Fotosintezning birlamchi bosqichi, energiya transformatsiyasining uch pog‘onasini o‘z ichiga oladi: 1) yorug‘likning fotosintetik pigmentlar tomonidan yutilishi va elektronli-qo‘zg‘alish energiyasining fotosintez reaksiya markaziga migratsiyalanishi, 2) reaksiya markazida zaryadlarning dastlabki taqsimlanishi va energiya transformatsiyasi, 3) elektronning elektron-transport zanjiri bo‘ylab tashilishi, SO2 fiksatsiyalanishi qorong‘ulik bosqichlari va maxsulotlar sintezida ishlatiladigan barqaror maxsulotlar (NADF, ATF) ning paydo bo‘lishi.
Download 63.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling