Mavzu : fuqarolarning huquqlarini himoya qilish tushunchasi 1 Bob Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari
Davlat faoliyatida inson qadri muhimliligi va ahamiyati
Download 45.02 Kb.
|
shamshod KH kurs ishi
1.2 Davlat faoliyatida inson qadri muhimliligi va ahamiyati
Insoniyat global o‘zgarishlarni boshidan kechirayotgan hozirgi sharoitda BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalarining dunyo miqyosidagi ahamiyati va o‘rni tobora ortib bormoqda. O‘zbekiston Prezidenti ta’biri bilan aytganda, “Jahon taqdiri bilan bog‘liq ushbu muhim jarayonlarda aynan Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘zining yetakchilik rolini yangi mazmun va sifat bilan davom ettirishi zarur. Biz Bosh kotibning xalqaro munosabatlar tizimida hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlash, tashkilot faoliyatining samaradorligini va shaffofligini oshirishga qaratilgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz”35. Har yili xalqaro hamjamiyat tomonidan 10 dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni sifatida keng nishonlanishi bejiz emas. Chunki BMT Bosh Assambleyasining 1948 yili aynan shu kundagi rezolyusiyasiga muvofiq, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan va e’lon qilingan. Mazkur hujjatda har bir insonning irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qat’i nazar ajralmas huquqlari e’lon qilingan. 1950 yili BMT tomonidan 10 dekabrni Inson huquqlari kuni sifatida nishonlash belgilandi. Deklaratsiya insonlarning barchasiga birdek tegishli bo‘lgan huquqlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, shu kungacha dunyoning 500 dan ortiq tiliga tarjima qilingan36. Mazkur xalqaro hujjat har bir insonning shaxsiy daxlsizligi, mulk, e’tiqod va so‘z erkinligini, fuqarolik, davlat boshqaruvida qatnashish, saylash va saylanish, oila, mehnat va dam olish, ta’lim, tibbiy va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, madaniyat va san’at asarlaridan bahra olish huquqlarini himoya qiladi. Shu bilan birga, 1996 yil 31 oktabrida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining tashkil topganiga 25 yil to‘ldi. Ushbu sanalar munosabat bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazi joriy yilning 10 noyabridan – 10 dekabriga qadar “Inson huquqlari oyligi”ni e’lon qildi37. O‘zbekiston jahon minbarlaridan ilgari surgan xalqaro, mintaqaviy va milliy tashabbuslar inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini har tomonlama ta’minlashga, bir so‘z bilan aytganda, “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarishga qaratilgani uchun xalqaro hamjamiyatning e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Bu fikrimizni 2017 yil sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti ilgari surgan tashabbuslar asosida keyingi 5 yilda BMT Bosh Assambleyasining 5 ta rezolyusiyasi qabul qilingani yaqqol isbotlab turibdi38. Bulardan birinchisi – BMT Bosh Assambleyasining 2018 yil 22 iyundagi yalpi majlisida qabul qilingan “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyusiyasi; ikkinchisi – davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan g‘oya asosida 2018 yil 12 dekabrda Bosh Assambleyaning yalpi sessiyasida qabul qilingan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyusiyasi; uchinchisi – 2018 yil 27 noyabrda Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik Trast jamg‘armasiga asos solinishiga xizmat qilgan rezolyusiya; to‘rtinchisi – O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan va 2019 yil 19 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisida qabul qilingan “Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish” maxsus rezolyusiyasi; beshinchisi – 2021 yil 18 may kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev taklifiga binoan qabul qilingan “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi rezolyusiya39. BMTning 75 yillik butun tarixi davomida muayyan bir shaxsning tashabbusi bilan shuncha rezolyusiya qabul qilinishi tajribasi kuzatilmagan. Bundan tashqari, BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Prezidentimiz BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etdi. Bugungi kunda BMTning Yoshlar huquqlari bo‘yicha konvensiyasi loyihasini tayyorlash ishlari izchil olib borilmoqda. Ma’lumki, pandemiya va uning butun jahon hamjamiyati uchun, shu jumladan, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasidagi noxush ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy oqibatlari bu borada muvofiqlashtirilgan global javob choralarini ko‘rish, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy, innovatsion, texnologik va tibbiy salohiyatni safarbar etish zarurligini yana bir bor ko‘rsatmoqda40. Shu maqsadda O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeks BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida qabul qilindi. Ushbu Kodeksda pandemiyalarga qarshi kurash jarayonidagi xalqaro hamkorlik birdamlik, ochiqlik, o‘zaro yordam va inson huquqlarini ta’minlash tamoyillariga asoslanishining muhimligi ta’kidlangan41. So‘nggi yillarda yurtimizda demokratik islohotlarni amalga oshirish, jumladan, inson huquq va erkinliklari hamda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida izchil va samarador ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston birinchi marta BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga saylangani bu sohadagi amaliy faoliyatimizning yuksak e’tirofi bo‘ldi42. 2021 yil 8 oktabr kuni Jeneva shahrida BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 48-sessiyasi doirasida O‘zbekiston tashabbusi asosida Yoshlarning inson huquqlariga COVID-19 pandemiyasi ta’sirining oqibatlari to‘g‘risidagi rezolyusiya qabul qilindi. Rezolyusiyani ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2021 yil 22 fevral kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida ilgari surgan. Davlatimiz rahbari o‘sha nutqida yoshlar huquqlarini himoya qilishning xalqaro mexanizmlarini mustahkamlash zarurligini alohida ta’kidlagani bejiz emas. Zero, Inson huquqlari bo‘yicha kengashning 48-sessiyasida O‘zbekiston kiritgan Rezolyusiya matni BMT Kengashiga a’zo barcha, ya’ni 47 ta davlat tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi43. O‘zbekiston ilgari surgan mazkur xalqaro hujjat loyihasiga dunyoning 37 mamlakati hammualliflik qildi. Bu, bir tomondan, davlatimiz rahbari xalqaro hamjamiyat e’tiborini qaratgan mazkur umuminsoniy muammo nechog‘lik dolzarbligini yana bir bor yaqqol namoyon etmoqda. Ikkinchi tomondan, bu – O‘zbekiston Prezidentining xalqaro tashabbuslari va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturini jahon jamoatchiligi keng qo‘llab-quvvatlayotganining yorqin dalolati hamdir. Yaqinda O‘zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi raisi o‘rinbosarligiga saylandi. O‘zbekiston vakili bu yuksak lavozimdagi vazifalarini 2022 yildan bajarishga kirishadi44. Konstitutsiyamizning 93-moddasida qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning kafilidir. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ana shu konstitutsiyaviy kafolat doirasida 1996 yil 31 oktabrda tashkil etilgan45. 2018 yil 10 dekabrda – Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 70 yilligi nishonlangan kunda davlatimiz rahbari “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Ushbu qaror inson huquqlariga doir ma’ruzalarni tayyorlash bo‘yicha milliy mexanizmlarni mustahkamlash hamda kelgusida ularning faoliyatini amalga oshirish borasida BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarining chaqirig‘iga munosib javob bo‘ldi46. Bugungi kunda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini, milliy ma’ruzalar tayyorlanishini, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishni ta’minlovchi davlat organidir. Milliy markaz o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi47. O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi tasdiqlandi. Milliy strategiya ijrosini ta’minlashga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” 78 ta banddan iborat bo‘lib, 2020-2025 yillarda amalga oshirilishi belgilangan. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi ekspertlari ishtirokida ishlab chiqilgan ushbu hujjatda inson huquqlari masalasiga tizimli yondashish va mavjud bo‘shliqlarni, kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari ochiq-oydin ko‘rsatilgan. Mazkur dasturiy hujjat ijrosi va monitoringi uchun Milliy markaz bevosita mas’ul hisoblagnadi48. Mamlakatimiz qo‘shilgan xalqaro hujjatlarning bajarilishi yuzasidan milliy ma’ruzalar BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi hamda shartnomaviy qo‘mitalariga doimiy ravishda taqdim etib borilmoqda. O‘tgan davrda O‘zbekistonning inson huquqlari va erkinliklari masalalari bo‘yicha majburiyatlari bajarilishi yuzasidan BMTning ustav va shartnoma organlariga 41 ta milliy ma’ruza taqdim etildi49. Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning demokratik o‘zgarishlarga sodiqligini namoyish qilish, yurtimizda kechayotgan ulkan yangilanishlar davrida avvalo inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish birlamchi vazifalardan sanaladi. Bunda jamiyatimizda mavjud milliy institutlar ichida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi alohida o‘rin tutadi50. Xulosa qilib aytganda, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish va ta’minlashda amalga oshirgan ishlarimizdan ko‘ra, oldimizda turgan vazifalar ko‘p ekani yaqqol haqiqat. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “bu oliy qadriyatni tom ma’noda qaror toptirish – biron-bir manzilga yetib borib to‘xtash, degani emas. Inson huquqlarini himoya qilish uzluksiz davom etadigan jarayon ekanini barchamiz chuqur anglaymiz. Jahon tarixi va demokratik davlatlar tajribasi ham shundan dalolat beradi”. Barchamizga ma`lumki hozirda konstitutsiyamizga o`zgartishish va qo`shimchalar kiritilmoqda. Bunda inson qadri muhimliligi va ahamiyati yanada mustahkamlangan. Misol uchun: 13-modda. O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitusiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. Yangi holati: Insonning sha’ni va qadr-qimmatini, huquq va erkinliklarini hurmat qilish, ularga rioya etish, ularni himoya qilish davlatning majburiyatidir. Inson huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi, qonunlarning ma’nosini, mazmunini va qo‘llanilishini, davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining faoliyatini belgilaydi. (13-modda) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev tomonidan 2022 yil 20 iyundagi Konstitusiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda “Inson qadri uchun” g‘oyasini hamda hozirgi islohotlarimizning bosh tamoyili bo‘lgan “Inson – jamiyat – davlat” degan yondashuvni Konstitusiyamizning mazmun-mohiyatiga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda bosh qadriyatga aylantirishimiz zarur. Ya’ni, insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak” deb ta’kidlangan edi51. Shuningdek, ushbu uchrashuvda davlat rahbari tomonidan konstitusiyaviy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha 4 ta asosiy yo‘nalish belgilangan bo‘lib, birinchi yo‘nalish – inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlari masalasiga taaluqlidir52. Ushbu qo‘shimcha “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish maqsadida ishlab chiqilgan. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasida ham inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida sohada demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish talab etilishi belgilangan. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishi ham bejizga “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” deb nomlanmagan. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi barcha 100-maqsad ham inson qadrini yuksaltirish g‘oyasi asosida ishlab chiqilgan. Bu yilning nomlanishi ham aynan inson qadri uchun degan yuksak g‘oyaning zamirida bunyod etilgani bejiz emas. Yurtimizda har bir sohada ro‘y berayotgan o‘zgarishlar avvalo inson uchun yaratilayotgan qulayliklarning yorqin ifodasidir53. Belgilab olingan “Inson qadri uchun – 100 ta maqsad”ga erishish uchun joriy yilning o‘zida umumiy qiymati 55 trillion so‘m va 11,7 milliard dollarlik 398 ta chora-tadbir amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash masalasi xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylanib bormoqda. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 6 ta asosiy shartnomaci va 4 ta fakultativ protokoliga qo‘shilgan bo‘lib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va shartnomaviy qo‘mitalariga muntazam ravishda milliy ma’ruzalarni taqdim etib kelmoqda54. Inson huquqlari – har bir insonning millati, yashash joyi, jinsi, etnik kelib chiqishi, tanasining rangi, dini, tili va boshqa belgilaridan qat’i nazar, ajralmas huquqlaridir. Barcha odamlar har qanday turdagi kamsitishlarni istisno qilgan holda, inson huquqlaridan bir xilda foydalanish huquqiga egadirlar. Ushbu huquqlar o‘zaro bog‘liq va ajralmasdir. Insonning umumbashariy huquqlari ko‘pincha shartnomalar, xalqaro odat huquqi, huquqning umumiy prinsiplari va xalqaro huquqning boshqa manbalarida qonun ko‘rinishida mustahkamlangan va kafolatlangan. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq davlatlarga inson huquqlari va asosiy erkinliklarini rivojlantirish hamda himoya qilish bo‘yicha majburiyatlarni yuklaydi55. Kiritilayotgan qo‘shimchalar orqali davlat demokratiya va inson huquqlarining umume’tirof etilgan g‘oyalari va qadriyatlariga, shuningdek inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarga sodiqligini yana bir bor ta’kidlaydi. Inson huquqlari sohasidagi qonunchiligimiz yanada takomillashadi, inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish, ularga rioya etish, ularni himoya qilish borasida qo‘shimcha konstitusiyaviy-huquqiy kafolatlar belgilanadi56. Mazkur normaga o‘xshash normalar Jinoyat-prosessual kodeksida (17-modda jinoyat prosessida shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish masalasiga bag‘ishlangan) keltirilgan. Shuningdek Jinoyat kodeksi Maxsus qismining VI bobi shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlarga bag‘ishlangan. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining 1-moddasida “Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo‘lishlari kerak” deb belgilangan. BMTning 1966 yil 16 dekabrdagi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 2-moddasida “Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat o‘z hududida turgan va o‘z yurisdiksiyasi ostida bo‘lgan barcha shaxslarning ushbu Paktda e’tirof etilgan hukuqlarini hech bir ayirmachiliksiz, jumladan, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi yoki o‘zga holatidan qat’i nazar hurmat qilish va ta’minlash majburiyatini oladi” deb belgilangan57. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 2-moddasida “Ushbu Paktda qatnashuvchi davlatlar mazkur Paktda e’lon qilingan huqukdarni biror-bir kamsitishsiz, ya’ni irqi, tana rangi, jinsi, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, nasl-nasabi yoki boshqa holatlardan qat’i nazar kafolatlash majburiyatini oladilar” deb belgilangan. Bunday qoidalar Germaniya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Belgiya, Yangi Zelandiya, Finlyandiya, bir qator MDH mamlakatlari va boshqa davlatlar konstitusiyalarida keltirib o‘tilgan58. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev 2022 yil 20 iyunda Konstitusiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda “mantiqsiz holatlarning oldini olish uchun yangi bir normani Konstitusiyaga kiritish taklifini bildiraman. Ya’ni, ma’muriy, fuqarolik, iqtisodiy, jinoiy javobgarlik va boshqa yo‘nalishdagi ishlarni ko‘rib chiqishda insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lishi hamda shaxsga imkon qadar yengillik yaratishi kerak”, deb ta’kidlab o‘tgan edi. Afsuski, qonunchiligimizda bajarib bo‘lmaydigan yoki bajarish qiyin bo‘lgan normalar ham uchrab turadi. Aslida, qonunlar insonga hech qachon ortiqcha talab qo‘ymasligi kerak..59 Ma’ruzada ko‘rsatilganidek, fuqaroning ipoteka kreditidan 3 million so‘mlik uch oylik qarzi bor. Amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, bank qarzdorni sudga beradi. Lekin, bu masalada da’vo arizasi 3 million so‘m, ya’ni real qarz bo‘yicha emas, balki kreditning to‘lanmagan qismiga, deylik, 250 million so‘mga nisbatan beriladi. Sud arizani ko‘rib chiqib, qarzdordan 10 million so‘mdan ortiq davlat boji undirish va shartnomani bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi. O‘zingiz o‘ylang, 3 million so‘mni to‘lay olmagan fuqaro 10 million davlat bojini qanday to‘laydi?60 Ushbu norma yangi kiritilayotgan qo‘shimcha inson huquqlarini davlat bilan bo‘lgan munosabatlarida to‘laqonli ta’minlashga qaratilgan. Bunday mantiqsiz holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Ushbu kiritilayotgan yangilik fuqarolarning davlat idoralari bilan bo‘layotgan munosabatlarida yuzaga keladigan qator muammo va vazifalarni, inson huquqlariga rioya qilgan holda amalga oshirish imkoniyatini kengaytiradi. “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Kodeksning 7-moddasi mutanosiblik prinsipiga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda ma’muriy ish yuritish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan ta’sir choralari ma’muriy organ tomonidan ko‘zlangan qonuniy maqsadga erishish uchun mos va yetarli bo‘lishi hamda manfaatdor shaxslarga imkon qadar qiyinchilik tug‘dirmasligi kerakli belgilangan61. Keng ma’noda mutanosiblik deganda biz har xil narsalarning o‘lchami, soni, turi bo‘yicha to‘g‘ri munosabatini (nisbatini) tushunamiz. Asosan, mutanosiblikning huquqiy konsepsiyasini umumiy huquqiy ma’noda tortish yoki muvozanatlash tushunchasidan, zaruriyat tushunchasidan farqlanishi mumkin. Davlatlarning javobgarligi bo‘yicha xalqaro huquq komissiyasi, BMT Nizomining 51-moddasida va xalqaro gumanitar huquqda) va nihoyat, oqilonalik yoki asoslilik (reasionalness) tamoyilidan kelib chiqadi. Bunday normalar dunyoning ko‘plab davlatlarining konstitusiyalarida normativ tarzda tartibga solingan va ko‘plab mamlakatlarning milliy sud amaliyotida qo‘llaniladi. Bu tamoyil nafaqat barcha Markaziy Yevropa va Sharqiy Yevropa davlatlari, balki Tunis, Janubiy Afrika va Isroil, Lotin Amerikasi, Avstraliya va Yangi Zelandiya, Koreya va Hindiston kabi davlatlarda ham mavjud62. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi PF-6012-son Farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasida belgilangan «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan tamoyil ushbu normaning shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga, 2022 yil 20 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev tomonidan Konstitusiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda Yangi O‘zbekiston uchun inson qadri va xalq manfaati hamma narsadan ustunligi tamoyilini yangilanayotgan Konstitusiyada aniq ifoda etish zarurligi taklif etildi. Huquqiy davlatda barcha munosabatlar aniq qoidalar bilan tartibga solingan bo‘lishi kerak. Hech bir munosabat huquqiy yechimsiz qolmasligi shart. Ammo, ijtimoiy munosabatlarning juda keng. Hayotda shunday vaziyatlar yoki holatlar vujudga kelishi mumkinki, davlat va inson o‘rtasidagi ayrim munosabatlarning yechimi qonunchilikda ko‘rsatilmagan yoki noaniqliklarga sabab bo‘lishi aniq. Mana shunday holatlarda muammo kimning foydasiga va qanday tartibda hal etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tamoyil odatda jinoyat prosessi ishtirokchilarining huquqlarini, tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarini himoya qilish doirasida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Endilikda ushbu tamoyilning Konstitusiyada mustahkamlanishi uning qo‘llanilish doirasini kengaytiradi va inson ishtirok etishi mumkin bo‘lgan har qanday ijtimoiy-huquqiy munosabatlarga talqin etish imkonini beradi63. Davlat va inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardagi kelib chiqadigan noaniqliklar tabiiyki, turli tushunmovchilik va shikoyatlarning oshishiga olib keladi. Fuqarolarning sarson sargardon bo‘lib yurishiga sabab bo‘ladi. Masalan, 2021 yilning 12 oyi davomida Prezident virtual qabulxonasi va xalq qabulxonalariga 1 mln. 600 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lsa, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili ofisiga 2021 yilda 18,7 mingdan ko‘proq murojaatlar kelib tushgan. Tabiiyki ushbu murojaatlar orasida biz muhokama qilayotgan muammoli masalalar ham ko‘pchilikni tashkil etadi64. Insonning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatga kirishishida qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishining Konstitusiya darajasida belgilanishi eng avvalo inson qadrini ulug‘lash bo‘yicha ulug‘vor g‘oyaning amalga tatbiq etilishiga, hujjatlarda noaniqlik va qarama-qarshilik paydo bo‘lganda davlat manfaatlari emas, inson manfaatlari ustunligini ta’minlanishiga olib keladi. Inson foydasiga talqin qilish deganda, davlatning o‘zaro tushunmovchiliklar va qarama qarshiliklar vujudga kelganda inson foydasiga “da’vodan” voz kechish tushuniladi65. Ushbu prinsipning konstitusiya darajasida mustahkamlanishi, inson qadrini ulug‘lashga, uning huquq va erkinliklarini davlat tomonidan kafolatlashga xizmat qiladi. Mazkur normaga o‘xshash normalar hozirgi kunga qadar bir qancha sohaviy qonun hujjatlarida, jumladan: Jinoyat-prosessual kodeksi (23-moddasi, 3-qism), “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni (7-modda), Bojxona kodeksi (4-moddasi), “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni (11-moddasi), Soliq kodeksi (13-modda) “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonuni (11-modda) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan66. 1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Huquq 2 https://uz.wikipedia.org/wiki/Huquq 3 https://uz.wikipedia.org/wiki/Huquq 4 https://cyberleninka.ru/article/n/yashash-erkinlik-va-shaxsiy-daxlsizlik-huquqini-ta-minlashning-milliy-va-xalqaro-huquqiy-asoslari 5 https://cyberleninka.ru/article/n/yashash-erkinlik-va-shaxsiy-daxlsizlik-huquqini-ta-minlashning-milliy-va-xalqaro-huquqiy-asoslari 6 I.Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. O’zbekiston nashriyoti – 1997. 80-bet. 7 “Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori. https://lex.uz/docs/-4831107 8 https://cyberleninka.ru/article/n/yashash-erkinlik-va-shaxsiy-daxlsizlik-huquqini-ta-minlashning-milliy-va-xalqaro-huquqiy-asoslari 9 https://cyberleninka.ru/article/n/yashash-erkinlik-va-shaxsiy-daxlsizlik-huquqini-ta-minlashning-milliy-va-xalqaro-huquqiy-asoslari 10 I.Karimov. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. Toshkent .O’zbekiston nashriyoti 2002. 167-bet 11 https://cyberleninka.ru/article/n/yashash-erkinlik-va-shaxsiy-daxlsizlik-huquqini-ta-minlashning-milliy-va-xalqaro-huquqiy-asoslari 12 https://cyberleninka.ru/article/n/yashash-erkinlik-va-shaxsiy-daxlsizlik-huquqini-ta-minlashning-milliy-va-xalqaro-huquqiy-asoslari 13 Misol uchun, sobiq SSSR mazkur masalada maqbul bo’lmagan pozitsiyani egallagan edi, bu esa 1948-yili BMT BAA da Inson huqulari umumjahon deklaratsiyasini qabul qilishda betaraf bo’lishiga asosiy sabablardan biri edi. 14 https://cyberleninka.ru/article/n/yashash-erkinlik-va-shaxsiy-daxlsizlik-huquqini-ta-minlashning-milliy-va-xalqaro-huquqiy-asoslari 15 Jayawic Kagata. N.Hong Kong and the internatihnal prhtectihn hf human Rights//Human Rights in Hong Kong, 1992.P.160. 16 https://cyberleninka.ru/article/n/yashash-erkinlik-va-shaxsiy-daxlsizlik-huquqini-ta-minlashning-milliy-va-xalqaro-huquqiy-asoslari 17 https://cyberleninka.ru/article/n/yashash-erkinlik-va-shaxsiy-daxlsizlik-huquqini-ta-minlashning-milliy-va-xalqaro-huquqiy-asoslari 18 https://cyberleninka.ru/article/n/yashash-erkinlik-va-shaxsiy-daxlsizlik-huquqini-ta-minlashning-milliy-va-xalqaro-huquqiy-asoslari 19 https://cyberleninka.ru/article/n/yashash-erkinlik-va-shaxsiy-daxlsizlik-huquqini-ta-minlashning-milliy-va-xalqaro-huquqiy-asoslari 20 Salbin D.А. Prava Cheloveka: Uchebnoe posobie.- Orenburg:ОGU, 2004. – s. 152-154. 21 https://cyberleninka.ru/article/n/yashash-erkinlik-va-shaxsiy-daxlsizlik-huquqini-ta-minlashning-milliy-va-xalqaro-huquqiy-asoslari 22 Husanov О.Т. Konstitutsiyaviy huquq: darslik. To‘ldirilgan va qayta ishlangan to'rtinchi nashr. - Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2022. - 146 bet. 23 https://staff.tiiame.uz/storage/users/421/books/Ik1dt7fPX57tfCzgyHhOjjj6BYDaBcq6OvmwWavT 24 Karimov I.A. 0‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat. - T.: «0‘zbekiston» 1992. 39-bet. 25 Husanov О.Т. Konstitutsiyaviy huquq: darslik. To‘ldirilgan va qayta ishlangan to'rtinchi nashr. - Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2022. - 112bet. 26 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 2001-yil, 9-10-son, 165-modda. 27 Husanov О.Т. Konstitutsiyaviy huquq: darslik. To‘ldirilgan va qayta ishlangan to'rtinchi nashr. - Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2022. - 113 bet. 28 Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. - T.: «0‘zbekiston», 2005. 48-bet. 29 Husanov О.Т. Konstitutsiyaviy huquq: darslik. To‘ldirilgan va qayta ishlangan to'rtinchi nashr. - Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2022. - 114 bet. 30 Husanov О.Т. Konstitutsiyaviy huquq: darslik. To‘ldirilgan va qayta ishlangan to'rtinchi nashr. - Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2022. - 115 bet. 31 0‘sha asar, 47-bet. 32 0‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2005-y., 32-33-son, 242-modda. 33 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. - T.: «0‘zbekiston», 2010. 22-bet. 34 Husanov О.Т. Konstitutsiyaviy huquq: darslik. To‘ldirilgan va qayta ishlangan to'rtinchi nashr. - Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2022. - 121 bet. 35 https://pravacheloveka.uz/oz/news/inson-qadri-ulug-huquq-va-erkinliklari-muqaddasdir 36 https://pravacheloveka.uz/oz/news/inson-qadri-ulug-huquq-va-erkinliklari-muqaddasdir 37 https://yuz.uz/uz/news/inson-qadri-uchun-tamoyilining-huquqiy-asosi-?view=ozbekiston--tashqi-siyosatda-dostona-va-tinchliksevar-davlat 38 https://pravacheloveka.uz/oz/news/inson-qadri-ulug-huquq-va-erkinliklari-muqaddasdir 39 https://yuz.uz/uz/news/inson-qadri-uchun-tamoyilining-huquqiy-asosi-?view=ozbekiston--tashqi-siyosatda-dostona-va-tinchliksevar-davlat 40 https://pravacheloveka.uz/oz/news/inson-qadri-ulug-huquq-va-erkinliklari-muqaddasdir 41 https://yuz.uz/uz/news/inson-qadri-uchun-tamoyilining-huquqiy-asosi-?view=ozbekiston--tashqi-siyosatda-dostona-va-tinchliksevar-davlat 42 https://pravacheloveka.uz/oz/news/inson-qadri-ulug-huquq-va-erkinliklari-muqaddasdir 43 https://yuz.uz/uz/news/inson-qadri-uchun-tamoyilining-huquqiy-asosi-?view=ozbekiston--tashqi-siyosatda-dostona-va-tinchliksevar-davlat 44 https://yuz.uz/uz/news/inson-qadri-uchun-tamoyilining-huquqiy-asosi-?view=ozbekiston--tashqi-siyosatda-dostona-va-tinchliksevar-davlat 45 https://pravacheloveka.uz/oz/news/inson-qadri-ulug-huquq-va-erkinliklari-muqaddasdir 46https://yuz.uz/uz/news/inson-qadri-uchun-tamoyilining-huquqiy-asosi-?view=ozbekiston--tashqi-siyosatda-dostona-va-tinchliksevar-davlat 47 https://pravacheloveka.uz/oz/news/inson-qadri-ulug-huquq-va-erkinliklari-muqaddasdir 48 https://yuz.uz/uz/news/inson-qadri-uchun-tamoyilining-huquqiy-asosi-?view=ozbekiston--tashqi-siyosatda-dostona-va-tinchliksevar-davlat 49 https://pravacheloveka.uz/oz/news/inson-qadri-ulug-huquq-va-erkinliklari-muqaddasdir 50 https://yuz.uz/uz/news/inson-qadri-uchun-tamoyilining-huquqiy-asosi-?view=ozbekiston--tashqi-siyosatda-dostona-va-tinchliksevar-davlat 51 https://moturidiy.uz/oz/news/1389 52 https://aniq.uz/uz/yangiliklar/uzbekiston-respublikasi-konstitusiyasi-inson-qadri-uchun-goyasi-kiritilmoqda 53 https://moturidiy.uz/oz/news/1389 54 https://aniq.uz/uz/yangiliklar/uzbekiston-respublikasi-konstitusiyasi-inson-qadri-uchun-goyasi-kiritilmoqda 55 https://moturidiy.uz/oz/news/1389 56 https://aniq.uz/uz/yangiliklar/uzbekiston-respublikasi-konstitusiyasi-inson-qadri-uchun-goyasi-kiritilmoqda 57 https://moturidiy.uz/oz/news/1389 58 https://aniq.uz/uz/yangiliklar/uzbekiston-respublikasi-konstitusiyasi-inson-qadri-uchun-goyasi-kiritilmoqda 59 https://aniq.uz/uz/yangiliklar/uzbekiston-respublikasi-konstitusiyasi-inson-qadri-uchun-goyasi-kiritilmoqda 60 https://moturidiy.uz/oz/news/1389 61 https://aniq.uz/uz/yangiliklar/uzbekiston-respublikasi-konstitusiyasi-inson-qadri-uchun-goyasi-kiritilmoqda 62 https://moturidiy.uz/oz/news/1389 63 https://aniq.uz/uz/yangiliklar/uzbekiston-respublikasi-konstitusiyasi-inson-qadri-uchun-goyasi-kiritilmoqda 64 https://aniq.uz/uz/yangiliklar/uzbekiston-respublikasi-konstitusiyasi-inson-qadri-uchun-goyasi-kiritilmoqda 65 https://moturidiy.uz/oz/news/1389 66 https://aniq.uz/uz/yangiliklar/uzbekiston-respublikasi-konstitusiyasi-inson-qadri-uchun-goyasi-kiritilmoqda Download 45.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling