Mavzu : Fuqarolik jamiyati fani maqsad,vazifasi, ob`ekti, predmeti, asosiy vazifalari Reja : Fuqarolik jamiyat fanining tarixi ?
Download 0.49 Mb.
|
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Fuqaolik fanining ob`ekti va vazifalari
Qoraqalpoq davlat universiteti Tarix fakulteti 2B – guruh talabasi Aminov Rahmatjonning Fuqarolik jamiyati fanidan tayyorlagan taqdimotiMavzu : Fuqarolik jamiyati fani maqsad ,vazifasi, ob`ekti, predmeti, asosiy vazifalariReja :1. Fuqarolik jamiyat fanining tarixi ?2. Fuqaolik fanining ob`ekti va vazifalari3. Fuqarolik jamiyati fanining tarbiyaviy ahamiyatiFuqarolik jamiyati haqida ilk tasavvurlar Aristotelning "Siyosat" asarida bayon etilgan. Unga koʻra, insonning erkin yashash huquqi kishilik jamiyatining adolat va qonun ustuvorligi asosida tashkil etilishi orqali taʼminlanishi lozim. Jamiyatni boshqarishda qonunlarning toʻgʻri va adolatli boʻlishiga alohida eʼtibor beriladi. Bu gʻoyalar XVII asrga kelib keng rivojlandi. Jumladan, T.Gobbs asarlarida takomillashtiriddi. XVIII asr Buyuk fransuz inqilobi davrida Inson va fuqaro huquklari deklaratsiyasi eʼlon qilinishi bilan esa Fuqarolik jamiyati tushunchasi keng tarqala boshladi. Chunki jamiyatning teng huqukli aʼzolari — "fuqarolar" tushunchasi paydo boʻldi, ular jamiyat va davlat manfaatlari bilan bogʻlangan shaxsiy manfaatlarini anglay boshladilar. Kant, Russo, Gegel, Popper ilgari surgan fikrlar Fuqarolik jamiyati ning yangidan-yangi qirralarini, umuminsoniy qadriyat sifatidagi mohiyatini ochib berdi. Sharqda Fuqarolik jamiyatining oʻziga xos talqini mavjud. Bu, bevosita, axloq, madaniyat va maʼnaviyatning huquq bilan uygʻunlashgan, feʼlatvor, xattiharakatlar va qoidameʼyorlarning uzviy uygʻunlashgan shakli bilan bogʻliq. Jumladan, eng qad. madaniy tarixiyhuquqiy yodgorlik — Avestoda kishilarning uyushib yashashi, oʻzaro munosabatlar va aloqalarning axloq va meʼyorlarga tayanishi kabi gʻoyalar ilgari surilgan. Bunda oʻzoʻzidan jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish, jamiyatni shaxs tomonidan emas, qonun boshqarishi kabi Fuqarolik jamiyatining ilk belgilari namoyon boʻlgan. Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asarida mamlakatni boshqarishda adolatli qonun zarurligi, faol Fuqarolik jamiyatini shakllantirish mohiyati chuqur tahlil etilgan. Qonunlari mukammal boʻlgan mamlakatda adolat, inson huquqlari ustuvor boʻlishi muqarrar ekanligi bayon qilib berilgan. Forobiyga kura, "Shahar (mamlakat) aholisi xushxulqqa ega boʻlmagan taqdirda hokimiyatga ehtiyoj tugʻiladi", jinoyatchilik, bezorilik, qonunbuzarlik qonunlar zaif, aholi axloqiymaʼnaviy jihatdan barkamol boʻlmagan sharoitda avj oladi. Bunday xalqni tartibga chaqirish uchun kuchli taʼsir oʻtkazuvchi hokimiyat kerak boʻladi. Bu kabi gʻoyalar Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa tomonidan ham ilgari surilgan va amaliyotda keng qoʻllanilgan. Uzoq tarixiy rivojlanish natijasida Fuqarolik jamiyatini hozirgi zamonaviy tushunish shakllandi. Unga koʻra, F.jla mulkchilik shakllarining xilma-xil va teng boʻlishi, mehnat va tadbirkorlikning erkinligiga yoʻl qoʻyilishi, mafkuraviy xilma-xillik va axborot erkinligi, inson huquq va erkinliklarining daxlsizligi, rivojlangan oʻzini oʻzi boshqarish, madaniylashgan huquqiy hokimiyat boʻlishi hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligi taʼminlanishi muhim hisoblanadi. Oʻzbekistonda Fuqarolik jamiyatini kurish tarixiy anʼana boʻlsada, u butunlay yangi tarixiy sharoitlarda jahon davlatchiligi ilgor tajribalari va koʻp ming yillik milliy anʼanalarning sintezi sifatida dunyoga kelmokda. Yaʼni erkinlik va axloq, ozodlik va tarbiya, qonunga itoatkorlik va siyosiy hukuqiy faollik, hurriyat va qatiy tartibintizom uygʻunligida Fuqarolik jamiyati shakllantirilmoqda.
-talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir nazariyalarni o‘rganishda har tomonlama ko‘maklashish, ularning jamiyatga doir qarashlarini boyitish; -fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida talabalarda shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish; -talabalar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jarayonida paydo bo‘ladigan muammolar va ularning echimlariga doir bilimlarni singdirish; - talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishlarida ularga har tomonlama ko‘mklashish; - taraqqiyotning “o‘zbek modeli” va fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy -metodologik asoslariga doir bilimlarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish; - talabalarga huquqiy davlat vafuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va o‘zaro ta’sir etish mexanizmlariga doirtushunchalarga doir bilimlar berish; - fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy asoslarini ochib berish; - “Adolat – qonun ustuvorligida” tamoyiliningmohiyati va ahamiyatiga doir bilimlar berish; - saylov huquqi erkinligi - fuqarolik jamiyatining muhim mezoni ekanligini asoslash; - fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishida jahon tajribasining o‘rnini ochib berish; - ijtimoiy innovatsiyalarning fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishiga ta’siri to‘g‘risida bilimlar berish; - siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarni erkinlashtirish islohotlarini fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berish; - jamiyatda fuqarolar manfaatlari muvozanatini ta’minlash masalasi haqida tushunchalar berish; - fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda siyosiy partiyalarning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish; - nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi o‘rnini ochib berish; - ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirishga doir bilimlar berish; - fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yoritib berish; - jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlanish masalalarini yoritish; Fuqarolik jamiyati to‘g‘risida nazariy bilimlar va ularning O‘zbekiston va jaxon tajribasida namoyon bo‘lishining o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida; talabalarda fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi nazariy bilimlar va ko‘nikmalar; jahonda fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish tajribalari; fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risida; o‘tmish, bugun va kelajak voqealarini baholashda bilishning turli uslublaridan foydalanish; fuqarolik jamiyatida davlat boshqaruv organlarini demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari; davlat hokimiyati organlari tizimi va fuqarolik jamiyatida davlat boshqaruvi tuzilmasini bilish; fuqarolik jamiyati qurishning mazmunmohiyati haqida muayyan bilimlarga ega bo‘lishi; fuqarolik jamiyat qurishning milliy va umuminsoniy demokratik tamoyillarini; xorijiy mamlakatlarning fuqarolik jamiyat qurish bo‘yicha ilg‘or tajriba va usullarini; rivojlangan mamlakatlarda mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalashning asosiy tamoyillari hamda ularning “O‘zbek modeli” tamoyillari bilan qiyosiy tahlilini; demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishning huquqiy asoslarini; taraqqiyotning “O‘zbek modeli” tamoyillari mohiyatini bilishi va ulardan foydalana olishi; - markazlashgan rejali iqtisodiyot va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining farqli tomonlarini aniqlash; mamlakatni demokratlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o‘tishining inqilobiy va tadrijiy (evolyusion) yo‘llarining yutuq va kamchiliklarini baholash; mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishning mohiyati va bosqichlari; mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, ijtimoiy hayotni yangilash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini anglagan holda ulardan o‘z kasbida foydalanish; “O‘zbek modeli” erishayotgan natijalaridan o‘z ishlarida foydalanish; mamlakatni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini qurish bo‘yicha o‘z xulosalarini bera olish; mamlakatimizning jahon bo‘yicha erishayotgan yutuqlarini tahlil qilish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” deb nomlangan ma’ruzasida odamlarning yon atrofda bo‘layotgan barcha voqea hodisalarga daxldorlik tuyg‘usi – odamlarning o‘zgarayotganligi, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini, ongu tafakkurini va ertangi kunga ishonchini oshirib borishning sharti ekanligi aytildi . [1] Millat Buyuk islohot ko‘lamini, salmog‘ini ko‘rdi. 1991 2020yillarda turmushimiz, mamlakatimiz qanday o‘zgarib borgani, qanday natijalarga erishganimizni, ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida qanday sur’atlar bilan rivojlanayotganimizni bildi. Jahonda O‘zbekiston degan davlatning tobora oshayotgan hurmatiga o‘zining «Bu – mening Vatanim», degan daxldorligini his qildi. Fuqarolik jamiyati qadriyatlariga qiziqishi, ishtiyoqi oshdi. Insoniyatning buyuk farzandlari fuqarolik jamiyati xususida nodir fikrlar bitishgan. Hozir ularni bir eslash foydali bo‘lar: Pifagorning shogirdi Ksenofildan bir kishi «Nima qilsam o‘g‘limni yaxshi tarbiyalagan bo‘laman? - deb so‘raganida u: «Bolangni qonun ustuvor mamlakatda dunyoga keltir» - degan ekan. “Qonun chekingan joyda amaldor ko‘payadi, degan edi donishmand Solomon; “… Axloqni isloh qilishni qonunlarni isloh qilishdan boshlash kerak (Gelvetsiy). Bu fikrni Gegel o‘zining «Huquq falsafasi» asarida rivojlantirgan. «Axloqli bo‘lmoq bu – qonun ustuvor davlatning fuqarosi bo‘lmoqdir» degan faylasuf Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling