Ijtimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri- XVII-XIX asrlar- ijtimoiy-pedagogika eng ilg’or g’oyalar va ilmiy konsepslar bilan boyitilgan davr bo’ldi desak, xato bo’lmaydi.
XVIII-XIX asrlar (burjua-demokratik inqiloblar davri) olimlarining (pedagog, faylasuf, sotsiolog, psixologlar) davlat va jamoat institutlari bilan biri ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal qilish g’oyalarining paydo bo’lishi davridir. Tarbiya masalalari jamiyat islohotlari, inson huquqlari tengligi bilan bog’lana boshlandi. Aynan shu davrda ijtimoiy-pedagogikaning asosiy yo’nalishlarining aniq faoliyatda amalga oshishi sodir bo’ladi.
Ijtimoiy pedagogik g’oyalarning rivojlanishiga fransuz faylasufi, yozuvchi, ma’rifatparvar J.J.Russo (1712-1778 y) ulkan hissa qo’shgan. U tabiiy huquq, din va tabiiy rivojlanish asosiga qurilgan tabiatan shakllangan tarbiya g’oyalarini ilgari suradi. Rus qomusiy olimi va pedagog M.V.Lomonosov (1711-1765 y) o’z “reglamentlari”da tarbiyaning xalqparvar g’oyalarini, insonga faol shaxsga bo’lganidek yondashuvni, bolani axloqiy sifatlarini shakllantirish muhimligini bayon etgan.
YAngi ijtimoiy pedagogik g’oyalar fransuz faylasufi va ma’rifatparvari Klod Adriana Gelvetsiy (1715-1771 y) ishlarida ham tilga olingan. Ular tarbiya omillari- muhit va pedagogik ta’sir, shaxsiy va jamiyat manfaatlarining birligi masalalaridir.
SHvetsariyalik buyuk pedagog Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827 y) o’z faoliyatida ijtimoiy pedagogik nazariyani va amaliyotni birlashtirgan va o’z mablag’lari evaziga yetimlar uchun uylar ochgan.
XIX asr shunisi bilan xarakterliki, bu davr mobaynida ijtimoiy pedagogikaning pedagogikadan ajralishi jarayoni sodir bo’lgan. Ikkinchi tomondan uning boshqa fanlar psixologiya, ijtimoiyogiya, tibbiyot, falsafa kabi fanlar yaqinlashuvi bilan ham ro’y bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |