Mavzu : Grafik axborotlarni tasvirlash asoslari Kompyuter grafikasining turlari Turkumlari va har XIL ko’rinishlari


Download 30.44 Kb.
bet4/5
Sana23.06.2023
Hajmi30.44 Kb.
#1650868
1   2   3   4   5
Bog'liq
rast grafikasi

Ko’rgazmaviy grafika - namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo’lib, shu ikkala grafika imkoniyatlarini yig’indisi integratciyasini tashkil etadi. Bu grafika ayrim grafikalarini slaydlar ketma-ketligidan iborat slaydfilm qilib yaratib, so’ngra uni ma`lum vaqt ichida ekranda ketma-ket ko’rgazma shaklida namoyish etadi. Har bir slaydning ekrandagi tasviri ovoz va vizual effektlar bilan qo’shib olib borilishi mumkin. Undan tashqari, tayyor grafikni tahrir qilish imkoniyat ham mavjud.
Animatcion grafika - rang bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlarni injenerlik grafikasidagi uch o’chovli ob`ektlarni modellashtirishdagi yutuqlar bilan (masalan reklama e`lonlari va teleko’rsatuvdagi bir tasvirni ichiga ikkinchisini kiritish) qo’shib uyg’unlashtirilgan.
Mashina grafikasi - bu kompyuter yordamida ob`ekt shakllari, uning modelini yaratish va saqlash uchun xizmat qiluvchi kompyuter grafiksining bir bo’limi. Kompyuterda turli grafik tasvirlarni hosil qilish mumkin, biroq ular bir – biridan farqlanadi, chunki hozirgi zamon kompyuterlari o’tgan asrning 90-yillardagi tizimlarga nisbatan shakllarni aniq tasvirlash imkoniyatiga ega bo’lgan va maxsus dastur bilan kengaytirilagan tizimlar yaratildi.
Interfaol grafika – bu mashina grafakasi sanaladi.
Interfaol grafika - kompyuter grafikasining eng asosiy bo’limlari -dan biri bo’lib, unda foydalanuvchi tasvirni dinamik boshqarish imkoniga ega bo’ladi, ya`ni tasvirning shakli, o’lchamlari va monitor yuzasidagi ranglarni o’zaro ta`sir qiluvchi moslama (klaviatura yoki sichqon) yordamida boshqaradi.
Kompyuter grafikasida aniq va mavhum ob`ektlar tasvirini yaratish mumkin va bu tasvirlarni ikki ko’rinishda kuzutish mumkin:
 Kuzatuvchi qo’zg’almas bo’lib oldidagi ob`ektni xohlaganicha aylantirib kuzatishi mumkin - bu panorama effekti;
 Ob`ekt qo’zg’almas bo’lib kuzatuvchi uning atrofida aylanib tomosha qilishi mumkin - bu kamera effekti.
Interaktiv grafika yaratilgandan keyin, televidenie va fotografiyada tasvirni yaratish va tayyorlashdagi eng asosiy texnik moslamalardan biri bo’lib qoldi. Uning yutuqlaridan biri sintezlangan abstrakt ob`ektlarini, tasvirlarni EHM yordamida hosil qilishdir. Inson mashina grafikasidan foydalanish vaqtida juda ko’p zerikarli va har xil mayda ishlardan (juda ko’p mikdorda tekstli varaqalar va sonli materiallarini ko’rib chiqishdan) qutildi. Statik tasvirlar infomatciyalarni etkazib berishda yaxshi bo’lishiga qaramay ko’p holatlarda dinamik o’zgaruvchi tasvirlar ulardan ustun turadi. Hayotda asosan jarayon vaqtida o’zgarib turuvchi ta svirlar - dinamik o’zgaruvchan tasvirlar (tovushdan tezlikdan tez uchar samolyot qanotining egilishi yoki inson yuzini uning hayoti mobaynida o’zgarib turishi). Dinamik harakatlar qo’zg’almay turgan tomoshabinga ob `ektlarning sirpanishi va harakatlanishini ko’rishga yordam beradi. Bunda ob `ekt qismlarni boshqa ob`ektga yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish va ob`ekt detallarini kattalashtirib yoki kichraytirib ko’rish mumkin.



Download 30.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling