Mavzu : Hozirgi zamon suyakli baliqlarning kelib chiqishi va sistematikasi


Download 37.5 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi37.5 Kb.
#1600293
Bog'liq
mullayeva


Mavzu : Hozirgi zamon suyakli baliqlarning kelib chiqishi va sistematikasi.

Suyakli baliqlar (Osteichthyes) — umurtqali hayvonlar sinfi. Quyi devon davridan maʼlum. Uz. 0,7—1,1 sm dan 5—7 m gacha, baʼzan undan koʻproq; vazni 1,5 t gacha. Ichki skeleti birmuncha suyaklangan, baʼzi turlarida togʻaydan iborat. Tangachalari ganoid, kosmoid yoki suyakdan tuzilgan. Dum boʻlaklarini togʻay yoki suyak nurlar ushlab turadi. Jabralari toʻsiq bilan boʻlinmagan, jabra teshiklari jabra qopqoqlari bilan yopilgan. Ayrim turlarining suzgich pufagi ikkilamchi tarzda yoʻqolib ketgan. Urugʻlanishi, odatda, tashqi; ayrim turlari tirik tugʻadi. Osmoregulyasiya jabralar va teri orqali ortiqcha suvning chiqarilishi orqali amalga oshadi. Dengiz Suyakli baliqlarda bu jarayon buyrak va jabralar orqali amalga oshadi. Osmoregulyasiya jarayonining keng diapozonga ega boʻlishi tufayli Suyakli baliqlar har xil shoʻrlangan suvlarda yashay oladi. Oʻtkinchi baliqlar dengizdan chuchuk suvga, chuchuk suvdan dengizga oʻtishi mumkin.


Suyakli baliqlar parrak suzgichli va nur suzgichli kenja sinflarga boʻlinadigan 33 turkum 420 oila va 20000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston suv havzalarida Suyakli baliqlar ning 8 turkum, 14 oilaga mansub 48 turi tarqalgan. Suyakli baliqlar ning 18 turi, jumladan 3 ta Oʻrta Osiyo endemik turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Tog'ay-suyakli baliqlar (Chondrostei) kenja sinfi o'z ichiga faqat Osyotrsimonlar (Acipenseriformes) turkumini oladi. Tashqi k o ’rinishiga ko'ra osyotrsimon baliqlar akulalarga ancha o'xshab ketadi. Boshining uchida qazg'ichi (rostrumi) bor, uning tagida og'iz teshigi ko'n dalang bo'lib joylashadi. Dum suzgich qanoti geteroserkal tipda. Juft suzgich qanotlari tanaga nisbatan gorizontal joylashadi. Tangachalari o'ziga xos bo'lib, katta —katta suyak bo'rtmalaridan iborat. Bu bo'rtmalar gavdasi bo'ylab 5 qator bo'lib joylashadi. O 'q skeletining asosini biriktiruvchi to'qima pardasi bilan o'ralgan xorda hamda ustki va ostki umurtqa yoylari tashkil qiladi. Miya qutisi asosan tog'aydan tashkil topgan, lekin uning qopqog'i, bosh skeletining yoy tomonlari va tagi qoplovchi suyaklardan iborat. Ichagida spiral klapani, yuragida arterial konusi bor.
Osyotrsimonlaming turlari uncha ko'p emas, ularning hammasi shimoliy yarim sharda yashaydi. Bu turkum ikkita oilani o'z ichiga oladi.Osyotrlar oilasiga Qora, Kaspiy dengizlarida yashaydigan msosyotri va sevryuga, Pechora, Kalim daryolaridan to Shimoliy Muz okeani qirg'oqlarigacha uchraydigan Sibir osyotri, Amur daryosida yashovchi Amur osyotri, Uzoq Sharq belugasi va boshqalar kiradi. O 'rta Osiyo daryolarida yashaydigan g'alati filbo'yinlar ham shu oilaga mansub. Kurak burunlar oilasi uzun va uchi keng rostmmi, yalang'och terisi bilan ajralib turadi. Bular Shimoliy Amrikada va Janubi — Sharqiy Osiyoda tarqalgan Osyotrsimon baliqlar muhim ahamiyatga ega bo'lib, ulardan juda qimmatbaho go'sht va qora ikra olinadi.
Suyakli ganoidlar (Holosei) katta turkumidan hozirgi vaqtda faqat ikkita vakili—kaymon baliq yoki panserli cho'rtan baliq va loyqa baliq (Amiya) saqlanib qolgan. Bu baliqlar ichaklarida ham osyotrsimon baliqlardagi singari spiral klapani, yuraklarida arterial konus saqlangan, ustk i ensa suyagi yo'q. Kaymon balig 'i va loyqa baliq Shimoliy Amerika suvlarida yashaydi. Seldsimonlar (Ciupeiformes) turkumiga eng primitiv suyakdor baliqla r kirad i. Bularning bosh skeletoning anchagina qismi tog'aydan tuzilgan. Suzgich qanotlarining shu'lalari yumshoq va bo'g'imli bo'lishi xarakterli. Bu turkumga seld va losos oilalari kiradi. Seldlar oilaisiga 150 tacha tur baliqlari kiradi.
Karpsimon baliqlar (Cyrriniformes) turkumining aksariyat ko'pchiligi chuchuk suvlarda yashaydi. Bu turkum gakarplar va laqqa baliqlar oilasi kiradi.Karplaming og'zida tishlari bo'lmaydi, lekin orqa jabra yoylariga o'mashgan halqum tishlari bor. Bu oilaga ko ‘1 va daryolarda yashaydigan plotva, Kaspiy—Volga havzasida yashaydigan vobla, leshch, zog'ora baliq lar kiradi. Orol dengizi, Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryo havzalarining daryo va ko'llarida uchraydigan mo'ylov baliq, qora baliq, moybaliq, oqcha baliq ham karpsimonlar turkum iga kiradi. Laqqalar oilasining haqiqiy tangachalari yo'q, jag'larida tishlari bor. Cho'rtansimonlar (Esociformes) turkumi vakillari kam sonli, jag'larida o'tkir tishlari bo'lgan yirtqich baliqlar hisoblanadi
. Suzgich pufagi ichagi bilan tutashgan. Oddiy cho'rtan daryo va ko'llarda, Janubiy dengizlarning sohillari yaqinida, suv o'tlari orasida yashaydi. Ular b o shqa baliqlar, qushlarning jo 'jasi va b aq alar bilan oziqlanadi. Baliqchilikka birm uncha ziyon yetkazadi. O g'irligi 35 kg ga, uzunligi esa 1,5 m ga yetadi.Olabug'asimonlar, y a ’ni tikan nurlilar (A can th op terygii) turkumiga kiruvchi baliqlar suzgich nurlarining bir qismi o'zaro ajralmagan tikanchalami hosil qiladi. Qorin suzgichlari ko'krak suzgichlari ostida yoki ulardan oldinroqda joylashgan. Olabug'asimonlar turkumiga 6500 dan ortiq tu r kiradi.
Download 37.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling