Mavzu : Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xalqoar moliya institutlari kapitallarini jalb qilish masalalari. Reja : Kirish
Download 98.18 Kb.
|
Sheraliyev Sanjar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bob. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ahamiyati va me’yoriy-huquqiy asoslari .
- Bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni takomillashtirish masalalari .
- XULASA VA TAKLIFLAR
Mavzu : Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xalqoar moliya institutlari kapitallarini jalb qilish masalalari . Reja : Kirish...................................................................................................... 3 Bob. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ahamiyati va me’yoriy-huquqiy asoslari .Milliy iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishning zarurligi, ularning turlari hamda mamlakat iqtisodiy o‘sishidagi ahamiyati.......................................Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning iqtisodiy mazmuni, tarkibiy tuzilishi, shakllari va usullari.................................................................................Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning me‘yoriy-huquqiy asoslari.....................................................Bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni takomillashtirish masalalari . Milliy iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari .. O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning iqtisodiy-moliyaviy shart-sharoitlar tahlili........... XULASA VA TAKLIFLAR .......................................................................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXAT…………………………………. Kirish Mavzuning dolzarbligi : Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirishda zamonaviy ilg’or texnika va texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni tashkil qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu vazifani samarali hal etish uchun esa iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish talab qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ushbu vazifalarning mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti uchun nechog’lik muhim ahamiyat kasb etishini quyidagicha ta‘kidlagandilar: ―Bir oddiy haqiqatni yaxshi tushinib olish kerakki, O‘zbekistonga kiritilayotgan investitsiyalar, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib kelayotgan sarmoyalar oqimi har bir kishi, umuman, jamiyat hayoti uchun suv va havodek zarur‖ 1 . 2016-yilda O’zbekistonda YaIM 2015-yilga nisbatan 7,8 foizga o’sdi. Sanoat mahsuloti hajmlari — 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari — 12,5 foizga, chakana savdo aylanmasi — 14,4 foizga, xizmatlar — 12,5 foizga o’sdi. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi ta‘minlandi. Inflyatsiya darajasi prognoz parametrlaridan oshmadi va 5,7 foizni tashkil etdi. Milliy iqtisodiyotga 2016-yil 16,6 milliard AQSh dollari miqdorida yoki 2015 yilga nisbatan 9,6 foizga ko‗p investitsiyalar yo’naltirildi. O’zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 11,3 foizga o’sdi va 3,7 milliard dollardan oshib ketdi. Umumiy qiymati 5,2 milliard dollar bo’lgan 164 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish yakunlandi . Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda investitsiya siyosatining ahamiyati juda muhim hisoblanadi. Bu gapimizni dalili sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirsak, maqsadga muvofiq bo‘lardi: ―Mamlakatimizda investitsiya siyosatini kuchaytirish masalasiga biz alohida ustuvor ahamiyat qaratamiz. Xorijiy sarmoyalarni va ilg‗or texnologiyalarni iqtisodiyotga jalb etish uchun chet ellardagi diplomatik vakolatxonalarimiz jiddiy ish olib borishi lozim. Buning uchun Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini kuchaytirish, chet mamlakatlardagi elchilarimiz nafaqat siyosiy, ayni vaqtda yurtimizga investitsiyalarni jalb qilish masalalari bilan ham faol shug‗ullanishlari darkor. Ularning bu boradagi faoliyatini nazorat qilish uchun Oliy Majlis Senatining Tashqi siyosat masalalari qo’mitasining faoliyat sohasi va vakolatlarini kengaytirish zarur, deb hisoblayman‖’’. Ma‘lumki, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar boshqa turdagi mablag‗larga nisbatan ancha barqaror investitsiya manbai hisoblanib, ular qisqa muddatli spekulyativ harakterga ega bo’lgan kapital oqimlaridan farqli o’laroq uzoq muddatli kapital qo’yilmalarga bo’lgan talabni qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, xorijiy investitsiyalar milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik darajasini oshiradi va mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida o’z o’rnini topishida, uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvida hamda tashqi savdo aylanmasining yuksalishida va eksport salohiyati yanada rivojlanishida ijobiy omil bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, to’g’[ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi va ular ishtirokidag’i korxonalarning faol ish olib borishi ―nou-xau‖, yangi texnologiyalar, yangi ish o’rinlarining yaratilishi, mahalliy sanoat va xom ashyo mahsulotlariga bo‗lgan talabning ortishi, shuningdek, mazkur korxonalarda mehnat qilayotgan ishchilar turmush darajasining yaxshilanishi bilan bog’liq qator ijobiy o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Download 98.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling