Mavzu : Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xalqoar moliya institutlari kapitallarini jalb qilish masalalari. Reja : Kirish
Download 98.18 Kb.
|
Sheraliyev Sanjar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishning asosiy vazifalar i quyidagilardan iborat
Kurs ishining maqsadi : Kurs ishining maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: milliy iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishning zarurligi, ularning turlari hamda mamlakat iqtisodiy o‘sishidagi ahamiyatini yoritib berish; mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning iqtisodiy mazmuni, tarkibiy tuzilishi, shakllari va usullarini tadqiq etish; milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning me‘yoriyhuquqiy asoslarini o‘rganish; milliy iqtisodiyotga hamda mintaqalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning amaldagi holatini tahlil qilish; O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning iqtisodiy-moliyaviy shart-sharoitlarini tahlil qilish; milliy iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llarini tadqiq etish; Respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni samarali tashkil etish bo‗yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyotga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ulardan foydalanishning samaradorligini oshirishga qaratilgan hamda ilmiy jihatdan asoslangan nazariy qoidalar va amaliy tavsiyalar majmui ishlab chiqilgan bo’lib, ular quyidagilarda o’z ifodasini topadi: iqtisodiy adabiyotlarda xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ulardan foydalanishga doir mavjud nazariy qarashlar umumlashtirilgan; hozirgi iqtisodiy va tuzilmaviy o’zgarishlar jarayonida milliy iqtisodiyotga jalb etilgan xorijiy investitsiyalar majmuaviy tahlil qilingan; 6 to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishni rag’batlantiruvchi omillar o’rganilgan; investitsiyaviy muhit jozibadorligini yanada oshirish, investitsiyalar oqimini ko‘paytirish maqsadida yangi qabul qilingan qonunlar, qaror va farmonlar tahlil qilingan; hududlarning iqtisodiy-geografik holatidan kelib chiqqan holda, erkin iqtisodiy zonalarni eng sodda shakllarini tashkil etish taklif etilgan; hududlarning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, ularni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish hamda ularga xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirish maqsadida, ularning infratuzilmasini yaxshilash tavsiya qilingan; mahalliy boshqaruv organlariga xorijiy investitsiyalar jalb etish bo‘yicha iqtisodiy-huquqiy erkinlik berish taklif etilgan. Download 98.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling