Mavzu : Jahon Iqtisodiyotining shakillanishi va rivojlanishi mundarija kirish I bob jahon Iqtisodiyotining shakillanishi Va rivojlanishi


-bob. MAMLAKATLARNING TASNIFLANISHI VA ULARNING JAHON XO‘JALIGIDAGI ISHTIROKI


Download 44.21 Kb.
bet5/8
Sana07.03.2023
Hajmi44.21 Kb.
#1244741
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jahon Iqtisodiyotining shakillanishi Va rivojlanishi

2-bob. MAMLAKATLARNING TASNIFLANISHI VA ULARNING JAHON XO‘JALIGIDAGI ISHTIROKI
2.1. Jahon iqtisodiyotida davlatlarning iqtisodiy biriashmalari, asosiy tiplari Ma’lumki, milliy iqtisodiyotning hech biri jahon xo'jaligi va jahon iqtisodiyotidan ayrim holda boshqa bir milliy iqtisodiyotlar bilan o'zaro munosabatlarga kirishmay turib to'laqonli ravishda rivojlana olmaydi. Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotning to'la avtonomligi to'g'risida gapirganda, ya’ni yopiq iqtisodiyotli mamlakatlarga (Shimoliy Koreya va Kuba) misol keltirish juda mushkul. Masalan, 1990-yilning oxirlarida Shimoliy Koreyada ocharchilik yuz bergan bir paytda bu mamlakatga Janubiy Koreya va XXR tomonidan beg'araz insonparvarlik yordami ko'rsatilgan edi. Kuba ning jahon mamlakatlari bilan bo'ladigan tashqi iqtisodiy bitimlar soni juda kam bo'lishiga qaramay, ushbu mamlakat sayyohlarni qabul qilish va mashhur Gavana sigaralarini xorijga yetkazib berishga ixtisoslashgan edi. Dunyodagi barcha mamlakatlaming jahon xo'jalik aloqalarida tutgan o'rni, eng awalo, ularning makroiqtisodiy ko'rsatkichlari orqali baholanadi.
Bu ko'rsatkichlar qatoriga mamlakatlaming yalpi ichki mahsuloti (YalM) yoki yalpi milliy mahsulot (YaMM) hajmini, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YalM yoki YaMMni, o'rtacha ish haqi miqdorini, tashqi savdo operatsiyalari hajmini, kapital harakatidagi ko'rsatkichlami, mamlakatlaming tashqi qarzlari miqdorlari va h.k.larni kiritish mumkin. Bundan tashqari, makroiqtisodiy ko'rsatkichlami baholashda inflatsiya va ishsizlikning o'sish sur’ati, foiz stavkasi darajasi, soliq stavkalari, milliy valuta kursining yetakchi mamlakatlar valutalariga nisbatan o'zgarish dinamikasi va boshqa nisbiy ko'rsatkichlardan ham foydalaniladi. Shuni ta’kidlab o'tish joizki, jahon mamlakatlarini o'zaro solishtirishda aholining savodxonlik darajasi, ijtimoiy rag'batlantirish va nafaqa miqdori, o'rtacha umr ko'rish davri kabi ko'rsatkichlari ham inobatga olinadi. 15 Jahon mamlakatlarini guruhlarga ajratishda turli mezonlardan ham keng foydalaniladi. Ana shunday mezonlardan biri hududiy yondashuvdir. Mamlakatlar qit’alar bo'yicha guruhlanadi.
Misol uchun Yevropa qit’asini G'arbiy, Markaziy va Sharqiy Yevropaga ajratib, iqtisodiy jihatdan o'rganish, tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. M a’lumki, jahon iqtisodiyotida aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YalM miqdoriga ko'ra, jahon mamlakatlarini eng kam rivojlangan, rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar guruhiga bo'lib o'rganiladi. Xullas, BMTning iqtisodiy tahlillari bo'yicha jahon mamlakatlarini hozirgi kunda quyidagi guruhlarga: rivojlangan mamlakatlar (bozor iqtisodiyotli davlatlar), o'tish davri iqtisodiyotli mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlar guruhiga bo'lib o'rganilmoqda. Bu guruhlarga kiruvchi mamlakatlarni ham turli iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy tamoyillarga ko'ra, yana bir necha kichik guruhlarga bo'lib o'rganish mumkin. Masalan, rivojlangan mamlakatlaming ichida eng taraqqiy etgan «yettilik» mamlakatlar — AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Kanadani yoki Yel mamlakatlarini (Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Portugaliya, Shvetsiya, Finlandiya, Fransiya va boshq.) alohida ajratib olib o'rganish mumkin. Rivojlangan mamlakatlardan Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Shveysariya kabi davlatlar Yevropa Erkin Savdo Assotsiatsiyasiga birlashgan bo'lsa, Shimoliy Amerikadagi AQSH, Meksika va Kanada esa mintaqaviy NAFTA tashkilotiga birlashgan. O'tish davri iqtisodiyotli mamlakatlar guruhiga sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan respublikalarni kiritish mumkin. Jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlarni hududiy joylashuvi, iqtisodiyotining rivojlanishi va tashqi qarzi miqdorlari darajasi jihatidan ham bir necha guruhlarga ajratib o'rganish mumkin. Masalan, sof kreditor, sof qarzdor mamlakatlar yoki energiya resurslarini eksport qiluvchi yoki bu resurslarni import qiluvchi mamlakatlar va h.k.lar. Xullas, yuqorida bildirilgan fikrlami umumlashtirgan holda jahon m am lakatlarini quyidagi elem entar tipologiyasini keltirishimiz mumkin: 1. Rivojlangan «katta yettilik» davlatlar guruhi. 2. Rivojlangan boshqa mamlakatlar guruhi. 3. Rivojlanayotgan «yangi industrial mamlakatlar» guruhi. 16 |4. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari guruhi. 5. Iqtisodiy o'tish davridagi MDH davlatlari guruhi. 6. Xitoy Xalq Respublikasi. 7. Hindiston va Pokiston. 8. Nisbatan tezroq rivojlanib borayotgan mamlakatlar guruhi. 9. Klassik rivojlanayotgan davlatlar guruhi. 10. Eng kam rivojlangan mamlakatlar guruhi. Jahon mamlakatlarini daromad darajasiga ko‘ra, kam daromadli (ularning soni 60 ta), o'rtadan past daromadli (59 ta), o‘rtadan yuqori daromadli (37 ta) va yuqori daromadli (53 ta) mamlakatlar guruhiga ham ajratib o‘rganish mumkin.


Download 44.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling