Mavzu : Jahon Iqtisodiyotining shakillanishi va rivojlanishi mundarija kirish I bob jahon Iqtisodiyotining shakillanishi Va rivojlanishi


Jahon iqtisodiyotida «ochiq iqtisodiyot» tushunchasi


Download 44.21 Kb.
bet4/8
Sana07.03.2023
Hajmi44.21 Kb.
#1244741
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jahon Iqtisodiyotining shakillanishi Va rivojlanishi

1.3. Jahon iqtisodiyotida «ochiq iqtisodiyot» tushunchasi
Jahon iqtisodiyotida «erkin savdo» va «ochiq iqtisodiyot» kabi tushunchalarni farqlash lozim. «Erkin savdo» haqidagi qarashlar konsepsiyasi aslida A. Smitning siyosiy iqtisodiyotidan (XVIII asr) boshlangan bo'lib, u zamonaviy amerika iqtisodchilarning kashfiyoti emasligini bilishimiz zarur. «Ochiq iqtisodiyot» tushunchasi ishlab chiqarish omillari, axborot, milliy valutalarning o'zaro almashuvi erkin harakatini o'z ichiga oigan tovarlar savdosi sifatidagi «erkin savdo» to'g'risidagi qarashlar konsepsiyasidan kengroq bo'lgan tushunchadir. Ochiq iqtisodiyotni avtarkiya*, o'z-o'zini ta’minlash iqtisodiyoti, haddan tashqari o'z kuchiga suyanishning antipodi** sifatida ham tushunish lozim. Ochiq iqtisodiyotning vujudga kelishi — bu jahon iqtisodiy rivojlanishining obyektiv an’anasidir.
Ochiq iqtisodiyot tamoyillariga mos ravishda harakat qilish — bu jahon bozori andozalarini tan olish, uning qonunlari asosida harakat qilishdir. Ochiq iqtisodiyot iqtisodiyotning yaxlitligini, jahon xo'jaligiga, jahon bozoriga integratsiyalashgan yagona iqtisodiy majmuani nazarda tutadi. Ochiq iqtisodiyot bu turli hamkorlikdagi tadbirkorlik shakllaridan faol foydalanish, erkin tadbirkorlik hududlarini tashkil qilish, tashqi savdoda davlat yakkahokimligini yo'qotish (ko'p sohalar bo'yicha), xalqaro mehnat taqsimotida mamlakatning nisbiy ustunliklaridan samarali foydalanishdir. Ochiq iqtisodiyotning eng muhim o'lchovlaridan biri ma’lum iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va xalqaro raqobatbardoshlilik doirasida (soha va makroiqtisodiy darajada) kapital qo'yilmalar, texnologiyalar, axborot oqimini rag'batlantiruvchi qulay investitsion muhitdir. Ochiq iqtisodiyot ichki bozorning chet el kapitali, tovarlari, texnologiyalari, axborotlari, ishchi kuchi oqimining ochiqligini nazarda tutadi.
* Avtarkiya — yopiq iqtisodoyot. *
* Antipodi — butunhiy zid.
Ochiq iqtisodiyotning afzallik tomonlarini biz quyidagi hollarda ko'rishimiz mumkin: • ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashishi; • resurslarni m ulohaza bilan sam aradorlik darajasiga qarab taqsimlash; • xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimi orqali jahon tajribasining tarqalishi; • milliy ishlab chiqaruvchilar orasida jahon bozori tomonidan rag‘batlantirilgan raqobatning kuchayishi. M a’lumki, jahon iqtisodiyotida shakllanib bo‘lgan ochiq iqtisodiyot va ochiq iqtisodiyotga o'tish bir xil narsa emas.
Ochiq iqtisodiyot davlatning tashqi iqtisodiy aloqalarida nazoratsizlik va hamma narsa mumkin, chegaralar ochiq degani emas. Ochiq iqtisodiyot uning aqlga sig‘adigan darajada amalga oshirish mexanizmini shakllantirishda davlatning sezilarli aralashuvini talab qiladi. Hech bir mamlakatda iqtisodiyotning mutlaq ochiqligi yo'q. Stixiyali ochiqlik iqtisodiy rivojlanishga yordam bermaydi, balki iqtisodiy xavfsizlikka xavf tug'diradi. Samaradorlik, raqobatbardoshlik, milliy xavfsizlik tamoyillari asosida qurilgan ochiqlikni eksport tarkibi va kapital harakati, shuningdek, ularning tashqi dunyo bilan o‘zaro ta’sirining faqat shakliga emas, balki valuta, soliq, kredit va investitsiya siyosatiga bog‘liqligini hisobga olmasdan turib tushunib bo'lmaydi. Ochiqlik darajasining birinchi darajali ko'rsatkichlari qatoriga eksport va importning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini kiritish mumkin. Ularning kombinatsiyasi alohida milliy iqtisodiyotning jahon bozori bilan aloqalari miqyosi haqida tushuncha beradi. Shunday qilib, eksportning yalpi ichki mahsulotga (YalM ) munosabati eksport kvotasi sifatida aniqlanadi: E=(E/YaIM) • 100 %, bu yerda, Ek — eksport kvotasi; E — eksport hajmi. Agar Ek 10 % bo'lsa, iqtisodiyotning ochiqligi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Iqtisodiyot ochiqligining boshqa ko'rsatkichi import bilan YalM munosabatidan kelib chiquvchi import kvotasi ko‘rsatkichidir: fmk= (Im/YaIM) • 100 %, bu yerda, lmk — import kvotasi; Im — import hajmi. Ochiqlikning kompleks ko‘rsatkichlaridan biri deb, odatda, tashqi savdo kvotasi ko'rsatiladi: 12 TSk =( TS/YaIM ) 100 %, bu yerda, TSk — tashqi savdo kvotasi; TS — tashqi savdo oborotining hajmi. Bu ko‘rsatkichning kamchiligi unda kapital eksporti kattaligi hisobga olinmaganligidir. Quyida «katta yettilik» davlatlari uchun tashqi savdo kvotasi ko'rsatkichlari keltirilgan: Angliya — 41,8 %; Germaniya — 50,8 %; AQSH - 17,0 %; Yaponiya — 17,8 %. Mamlakat ichki bozorining hajmi, uning iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga, mamlakatning xalqaro ishlab chiqarishda qatnashuviga, iqtisodiyotning ochiqligi darajasi va xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanganlik darajasiga ta’sir qiluvchi omillarga bog'liqdir. Ba’zi bir iqtisodchi olimlar iqtisodiyot strukturasidagi asosiy sohalarning (energetika, metallurgiya, tog‘-kon va boshq.) ulushi qancha ko‘p bo'lsa, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida ishtiroki, iqtisodiyotning ochiqligi shuncha kam bo'ladi, fikrini bildirishadi.
Amerikalik iqtisodchilar J. Saks va E. Uornerlar esa milliy iqtisodiyotning ochiqlik darajasi mamlakatda «haddan tashqari katta» eksport va import bojlarining yo'qligi, milliy valutaning «yetarli darajada» konvertatsiyasi mavjudligi bilan aniqlanadi, deyishib, «davlat sotsialistik bo'lmasligi kerak», fikrini bildirishadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ko'rsatib berilgan koeffitsient va ko'rsatkichlar har doim ham iqtisodiyot ochiqligi holatini to'liq ko'rsata olmaydi. Masalan, tashqi savdo kvotasi ma’lum ma’noda iqtisodiyot ochiqligini namoyish qilsa ham, uning sintetik ko'rsatkichi bo'la olmaydi.
Tashqi savdo kvotasi, asosan, davlatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokini ko'rsatadi. Bu esa ochiq iqtisodiyot tushunchasining bir qismi xolos. Iqtisodiyotning ochiqligi ko'rsatkichi esa murakkab, kompleks ko'rsatkichdir. 1995-yilda Rossiyada tashqi savdo kvotasi 35 % ga yaqin bo'lib, YalM ning taxminan 25 % eksportga to'g'ri kelgan. Xo'sh, bu Rossiya iqtisodiyoti yuqori darajada ochiq m a’nosini beradimi? Xullas, bojlarning na o'rtacha darajasi bo'yicha, na eksport tarkibi bo'yicha, na investitsion iqlim parametrlari bo'yicha, na boshqa bir qator ko'rsatkichlari bo'yicha bu savolga qoniqarli javob berish mumkin emas. Chunki, Rossiyaning stixiyali tarzda shakllanayotgan ochiq iqtisodiyoti tartibsizlik va anarxiyaga yaqindir. Uni ko'proq 13 kvaziochiqlik* deb ta ’riflasa bo'ladi. Bunday «ochiqlik» yalpi dem okratiyalashda tashqi savdoni tartibsiz erkinlashtirish bo‘lganligi uchun ham iqtisodiyotni samaradorligini va uning raqobatbardoshligini oshirishda yordam bermasdan, aksincha, unga sezilarli zarar ham yetkazib, davlatning iqtisodiy xavfsizligiga tahdid solayapti. Germaniyalik iqtisodchi X. Shreder, «MDH mamlakatlarining jahon bozoriga kirib borishi, savdo imtiyozlari, proteksionistik choralar va keng miqyosdagi texnik-texnologik yordamsiz mumkin emas», deb ta’kidlaydi. 0 ‘z navbatida M.Pebro, «savdoning erkinligi «ehtiyotkorliksiz» bo'lishi kerak emas, chunki bu qoidalardan ko'rko'rona foydalanish tezda kuchsizlaming kuchlilarga bo'ysunishiga, iqtisodiy kolonializmni kelib chiqishiga olib kelishi mumkin», deb eslatib o'tadi.



Download 44.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling