Mavzu : Jahon Iqtisodiyotining shakillanishi va rivojlanishi mundarija kirish I bob jahon Iqtisodiyotining shakillanishi Va rivojlanishi


Jahon xo'jaligida mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanganlik darajasi va ishtiroki


Download 44.21 Kb.
bet6/8
Sana07.03.2023
Hajmi44.21 Kb.
#1244741
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jahon Iqtisodiyotining shakillanishi Va rivojlanishi

2.2. Jahon xo'jaligida mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanganlik darajasi va ishtiroki
Ma’lumki, jahon iqtisodiyotida ishlab chiqarish omillarning va |mamlakatlarning rivojlanish shart-sharoitlarini turli-tumanligi iqtisodiy rivojlanish darajasini bir tomonlama baholash imkonini bermaydi. Buning uchun jahon iqtisodiyotida bir qator asosiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Jumladan: 1. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YalM yoki YaMM miqdori. 2. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad.
3. Milliy iqtisodiyotning tarmoq tarkibi. 4. Aholi jon boshiga to ‘g‘ri keladigan asosiy mahsulot turlarining ishlab chiqarilishi (alohida tarm oqlarning rivojlanish darajasi). 5. Aholining turmush darajasi va sifati. 6. Iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari va boshqalar. Qayd etib o ‘tish joizki, jahon iqtisodiyotida mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi — bu tarixiy tushunchadir. Milliy iqtisodiyotning yoki jahon hamjamiyatining har bir rivojlanish bosqichi uning asosiy ko‘rsatkichlariga u yoki bu darajadagi o'zgarishlami kiritib turadi. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YalM yoki YaMM miqdori iqtisodiy rivojlanish darajasini aniqlashdagi eng muhim ko'rsatkichdir. Jahon mamlakatlarini rivojlanayotgan yoki rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiritishda ana shu ko'rsatkichlar muhim rol o'ynaydi. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko'rsatkich 6000 AQSH dollaridan kam bo'lmasligi kerak. Ba’zi bir rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YalM ushbu ko'r2 - 353 satkichdan yuqoriroq (masalan, Sloveniya — 9Й40, Saudiya Arabistonida — 7150, Urugvay — 6130 va h.k.lar) bo'lsa-da, ularni boshqa iqtisodiy ko'rsatkichlari yig'indisi bo'yicha rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiritib bo'lmaydi. Jahon xo'jaligida iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi ham muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Uning tahlili YalM ko'rsatkichlari asosida olib boriladi, ya’ni tarmoqlaming YalM dagi ulushi hisoblanadi. Eng awalo, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining nisbati e’tiborga olinadi. Bu nisbat, birinchi navbatda, jahon mamlakatlari iqtisodiyotida qayta ishlash sanoatining solishtirma og'irligi bilan aniqlanadi. Jahon iqtisodiyotida aholi jon boshiga to'g'ri keladigan asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarilishi ham mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda, eng awalo, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan elektroenergiya mahsulotlarini ishlab chiqarish muhim hisoblanadi.
Chunki elektroenergiya boshqa barcha ishlab chiqarish korxonalarining rivojlanishi asosidir. Bu ko'rsatkich bo'yicha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o'rtasidagi nisbat 500:1, ba’zan bundan ham yuqori bo'lishi ham mumkin. Jahon iqtisodiyotida elektroenergiyadan tashqari sanoat mahsulotlari ichida muhim ahamiyat kasb etuvchi turlari ichida aholi jon boshiga to'g'ri keladigan po'lat eritish, metall kesuvchi dastgohlar, avtomobillar, tabiiy o'g'itlar, kimyoviy tolalar, qog'oz va h.k.lami ham alohida ajratib ko'rsatish mumkin. Bundan tashqari, don, sut, go'sht, shakar, kartoshka kabi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi ham muhim ko'rsatkich sanaladi. Turmush faravonligini aniqlashda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan nooziq-ovqat tovarlar (matolar, kiyimlar, poyabzal, to'qimachilik mahsulotlari) ham zarur ko'rsatkichdir. Mamlakat aholisini turmush faravonligini aniqlashda YalMning foydalanish bo'yicha tarkibi, ayniqsa, shaxsiy iste’mol xarajatlari muhimdir. Uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar qancha ko'p iste’mol qilinsa yoki xizmatlardan keng foydalanilsa, ushbu mamlakat shuncha rivojlangan hisoblanadi. Aholining turmush tarzi darajasi bir-biri bilan chambarchas bog'liq ko'rsatkichlar (iste’mol savati va yashash minimumi tahlili) bilan ham bog'liqdir. Bundan tashqari, jahon iqtisodiyotida aholi turmush tarzini aniqlashda mehnat resurslari holat va xizmatlar sohasining rivojlanishi ko'rsatkichlaridan ham keng foydalaniladi. 18 2.3. Jahon xo'jaligida mamlakatlaming raqobatbardoshligini aniqlash Jahon xo'jaligida mamlakatning raqobatbardoshligi nimalarga bog'liq? Uning negizida qanday omillar yotadi? Nima uchun ba’zi mamlakatlar ulkan zafarlarga erishyapti-yu, boshqalari esa yo'q? Nima sababdan jahon bozorlarida faqatgina ba’zi bir mamlakatlarga tegishli bo'lgan kompaniyalar yetakchilik qilmoqda? Bunday savollar jahon iqtisodiyotida juda ko'plab uchrab turadi. Biron bir kompaniyaning raqobatbardoshligini aniqlash iqtisodiyotda unchalik qiyin emas. Xo'sh, mamlakatning raqobatbardoshligini qanday aniqlash mumkin? Buning uchun qanday ko'rsatkichlami ko'rib chiqish zarur? Ko'plab iqtisodchilarni ana shunday masalalar azaldan qiziqtirib kelmoqda. Ma’lumki, jahon iqtisodiyotida Yaponiya va Yel mamlakatlari milliy valutalari kursini AQSH dollariga nisbatan pasaytirish hisobiga ustunlikka ega bo'lishm oqda. AQSH iqtisodiyoti esa to'lov balansining kamomadiga qaramasdan, o'z salohiyati bo'yicha jahonda tengsizdir. Savol tug'iladi: xo ‘sh, raqobat ustunliklari nima o'zi? Ular qanday yuzaga keladi? Shunday qilib, yuqoridagi barcha savollarga amerikalik iqtisodchi Maykl Porter nazariyasi yordamida javob topishimiz mumkin. Ya’ni, u mamlakat raqobatbardoshligini uning jahon bozorlarida ishtirok etuvchi kompaniyalari raqobatbardoshligi orqali aniqlashni taklif etadi. Maykl Porter mamlakat farovonligi darajasini dastlab mikro darajada qarab chiqish kerak, zero YalM va milliy daromad alohida olingan kompaniyalar — ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratiladi. Porter fikricha, hattoki eng rivojlangan mamlakatlarda ham sanoatning barcha tarmoqlari va barcha kompaniyalari bir paytda gullab-yashnay olmaydi. Milliy iqtisodiyot rivojining muvaffaqiyati xalqaro miqyosda faoliyat olib boruvchi kompaniyalar bilan bog'liqdir. Ma’lumki, xalqaro savdo orqali turli mamlakatlaming eng raqobatbardosh sohalarida yaratilgan mahsulotlar qayta taqsimlanadi. Hech bir mamlakat barcha jabhalarda ustunlikka ega bo'la olmaydi, chunki resurslar cheklanganligi bunga xalaqit beradi. Asosiy va eng muhim vazifa mavjud resurslardan oqilona foydalanishdir. Shuni ta’kidlab o'tish joizki, eng rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqaruvchilarida ham raqobatbardosh bo'lmagan sohalar mavjud. Binobarin, mamlakat iqtisodiyotning eng samarador va raqo19 batbardosh segmentlarida ixtisoslashishi kerak.
Raqobatbardosh bo'lmagan tarmoq sohalar yo xorijga ko'chirilishi yoki ulardan umuman voz kechilishi mumkin. Jahon iqtisodiyotida milliy sanoat va xizmatlar sohasining, qishloq xo'jaligining raqobatbardoshligi erkin bozor sharoitidagina to'laqonli bo'ladi. Har qanday proteksionizm, mahalliy kompaniyalarga subsidiyalar berilishiga, ichki bozorga xorijiy raqobatchilar kirishining cheklanishi milliy ishlab chiqaruvchilaming raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Mamlakatning raqobatbardoshligiga to'rt xususiyat (omillar sharti, ichki talab sharti, turdosh va xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlaming mavjudligi, firmalar tuzilmasi strategiyasi va tarmoq ichidagi raqobat) to'g'ridan-to'g'ri ta’sir o'tkazadi. Ushbu to'rt xususiyat mahalliy kompaniyalarda raqobat qiladigan muhitni shakllantiradi. Bu muhit iqtisodiyotda raqobat ustunliklarini yaratilishiga yordam berishi yoki, aksincha, ulaming yuzaga chiqishiga to'sqinlik qilishi ham mumkin. Jahon iqtisodiyotida omillar sharti ishlab chiqarish omillarini ifodalaydi. Bu shartlarga inson resurslari, tabiiy resurslar, ilmiyaxborot salohiyat, kapital, infratuzilma kiradi. Mamlakat raqobatbardoshligi uchun kerak bo'lgan asosiy omillar (tabiiy va iqlimiy resurslar, mamlakatning jo'g'rofiy joylashuvi, malakaga ega bo'lmagan aholi) tabiat in ’omidir. Rivojlantiriladigan omillarga (zamonaviy infratuzilma, yuqori malakali kadrlar, ilmiy-texnikaviy axborot vositalari va h.k.lar) esa mehnat qilish, ter to'kish natijasida erishiladi. Aynan ana shu rivojlantiriladigan omillar jahon iqtisodiyotida raqobat ustunliklarini beradi. Yuqorida qayd qilingan omillami umumiy va ixtisoslashgan omillarga ham ajratish mumkin. Umumiy omillardan (avtomobil yo'llari, temir yo'llar, universitetlar, tijorat banklari va ommaviy kutubxonalar) faoliyatning barcha turlarida foydalanish mumkin. Ixtisoslashgan omillardan (yuqori tezlikka ega bo'lgan temir yo'l izlari, texnologik institutlar, ipoteka banklari va tibbiyot kutubxonalaridan) alohida faoliyat sohalarida foydalanish mumkin. Bu yerda ixtisoslashgan omillar jahon iqtisodiyotida raqobat ustunliklari uchun beqiyos va uzoq muddatliligi bilan ajralib turadi. Ichki talab sharti xususiyatida ichki talab hajmi emas, balki uning sifati muhim ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, ichki talab shartlari xususiyatida quyidagilar ko'proq ahamiyatga egadir: 20 — talab tarkibi (bozorni segmentlarga bo‘1 ish va xarrior ehtiyoji tabiati, bozor sig‘imi, to‘lov qobiliyatiga ega talabning mavjudligi, ehtiyojlar to'g'risidagi axborotlar, davlat xaridlari, milliy sifat standartlari, aholi konsentratsiyasi, xaridorlarning ma’lumoti darajasi va h.k.lar); — ichki talab o‘sishining hajmi va tabiati; — ichki bozordagi afzalliklar, tashqi bozorga olib o ‘tiladigan mexanizmlar. Bunda uchinchi shartning mohiyati shundan iboratki, alohida olingan bir tarmoqning rivojlanishi turdosh va xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlarining rivojlanishiga olib keladi. Masalan, Shvetsiyada metallni qayta ishlash sanoati bilan bog‘liq bo'lgan barcha faoliyat sohalari (yuqori sifatli po'lat, podshipniklar, turli instrumentlar elektr asbob-uskunalari, avtomobillar ishlab chiqarish) taraqqiy etgan. Jahon mamlakatlarida kompaniyalarni tashkil etish usullari, maqsadlari va strategiyalari bir-biridan farq qiladi. Firmani boshqarish usuli, rahbarlikni olib borish, raqobat turlari milliy xususiyatlarga bog'liqdir. Masalan, Germaniyada yirik kompaniyalar, Italiyada esa kichik va o‘rta biznes bilan shug'ullanuvchi, oilaviy korxonalar, asosan, raqobatbardosh sanaladi. Bunda, kompaniya o'z strategiyasiga ega bo'lmasa yoki uning strategiyasi noto'g'ri bo'lsa, bu kompaniya, o'z navbatida mamlakat rivojlanishda muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Shuni ta’kidlab o'tish joizki, agar mamlakatda bir xil tovar ishlab chiqaruvchi yoki bir xil xizmat ko'rsatuvchi bir necha milliy ishlab chiqaruvchilar bo'lsa, bu milliy iqtisodiyot rivoji uchun ulkan yutuq hisoblanadi. Tarmoq ichidagi raqobat iqtisodiy tizim rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi to'rt xususiyatdan tashqari raqobatbardoshlikka tasodifiy hodisalar ham va shuningdek, davlat siyosati ham ta’sir (ijobiy yoki salbiy ta’sir) ko'rsatishi mumkin. Tasodiflarga kompaniyalar ham, hukumat ham o'z ta’sirini o'tkaza olmaydi. Tasodifiy hodisalarga quyidagilar — kashfiyotlar, yirik texnologik siljishlar, resurslar narxining keskin o'zgarishi, jahon bozori yoki ichki bozorlarda talabning kutilmaganda oshishi, hukumat rahbarlarining siyosiy qarorlari, urushlar, tabiiy ofatlar va boshqalar misol bo'la oladi. Xullas, jahon iqtisodiyotida mamlakat raqobat ustunligiga erishish uchun yuqorida qayd etilgan barcha xususiyatlar bo'yicha ustunlikka ega bo'lish kerak. Biron-bir alohida ajratib olingan xususiyat bo'yicha ustunlik xorijiy raqobatchilar tom onidan osongina bartaraf etilishi mumkin.



Download 44.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling