Mavzu : Kirish, Qurilish mashinalari klasifikatsiyasi. Reja
Download 4.35 Mb.
|
Mavzu kanispekt (автовосстановление)
21-Mavzu: Silliqlash, bo`yash mashinalarining jihozlari forsunkalar, ularning vazifalari, turlari.purkash sxemasi. tekislash plita va mozaika ishlari uchun mexanizmdan, asboblar,
Reja : 1. Umumiy ma`lumot 2. Silliqlash mashinalari Pigmentlar – quruq holatdagi rang beruvchi mineral va organik modda bo`lib, ular tabiiy va sun`iy bo`lishi mumkin. Suvda erimalarda eriydigan bog`lovchilarga suyak yelimi, kazein, kraxmal, ohak, sement, suyuq shisha, suvsiz tarkiblarga natural olifa, oqsol olifi, sintetik bog`lovchilar va emulsiyalarkiradi. Bog`lovchilarning vazifalari pigment zarrachalarini o`zaro biriktirish va bo`yaladigan yuzaga mustahkam yopishib qoladigan yupqa rangli parda (plyonka) hosil qilish. Olifa keng qo`llaniladigan modda bo`lib, u o`simlik moulari (yog`lari)ni maxsus qayta ishlash oksidlantirish yoki yuqori haroratda muddatli qaynatish asosida olinadi. Olifa bog`lovchi sifatida buyoqlar, shpatlyovkalar, surkamalar tayyorlash uchun zarur modda hisoblanadi, buyoq qilishdan oldin yog`och buyumlar olifagato`yintiriladi. Aralashtirgichlar va erituvchilar buyoqli tarkiblarni uchun zarur bo`lgan qovushqoqlikni ta`minlaydi va quyuqlashgan hamda qattiq donador cho`kmalarga ega bo`lgan buyoqlarni suyuqlashtirish uchun xizmat qiladi. To`ldiruvchilar buyoqlarning asos bilan jipslashishini yaxshilash, bo`yoq qatlamlarining mustahkamligi va olovbardoshligini oshirish uchun buyoqli tarkiblarga qo`shiladi. Bunday to`ldiruvchilar sifatida maydalangan talk, asbest, slyuda, trepel, kaolin turli yiriklikdagi qumlardan foydalaniladi. Yordamchi tarkiblarga gruntovkalar, shpatlyovkalar, surkamalar, silliqlash materiallari kiradi. Gruntovka o`z tarkibiga pigment va bog`lovchini kiritgan buyoqli tarkibdir, bo`yaladigan yuzalarning g`ovakligini kamaytirish va ularning adgezion hususiyatlarini yaxshilash uchun xizmat qiladi. Shpatlyovkalar va ostki surkash pastalari ham xuddi buyoqli tarkiblarni tayyorlashda qullaniladigan tarkiblar asosida olinadi, faqat bunda to`ldiruvchilar ko`proq miqdorda qo`shiladi, natijada ular pastsimon konsistentsiyaga ega bo`ladi. Shpatlyovkalarning vazifasi-grunitovka qilingan yuzalarni tekislashdan iboratdir, ostki surkash pastalari esa yuzalardagi katta bo`lmagan olahida notekisliklarni yoriqlarni va shikastlangan joylarni yamash, to`ldirish, to`g`irlash va tekislash kabi vazifalarni bajarishga mo`ljallanadi. Yuzalarni bo`yash ketma-ket bajariladigan qator operatsiyalardan iborat bo`lib,ularni bo`yash uchun yuzalarni tayyorlash va bevosita buyoq qilish operatsiyalariga ajratish mumkin. Bo`yash uchun asosni tayyorlash operatsiyalari asos yuzalarini grunitovkalash, shpatlyovkalash, silliqlash va ikkinchi grunitovkani berish kabi ishlarni o`z ichiga oladi. Bo`yaladigan yuza quruq holatda bo`lishi, chang va dog`lardan, qorishma sachratmalaridan, yog`li (moyli) dog`lardan, zanglardan tozalangan va tekislangan bo`lishi kerak. Suvalgan yuzalardagi bukirliklar tekislanadi, mayda yoriqlar har xil chiqindilardan tozalanadi va ularga 2 mm dan kam bo`lmagan chuqurliklar qorishma to`ldiriladi va yamalgan joylar silliqlanadi. Suvalgan yoki betonli yuzalarning namligi 8% dan, yog`ochli yuzalarniki esa 12% dan oshmagan holatda ularni bo`yash mumkin, ancha yuqori fayzli namlikdanyuzalarni faqat og`akli, sementli va silikatli buyoqlar bilan bo`yash mumkin.Oldin bo`yoq qilingan yuzalardagi eski bo`yoqlar va shpatlyovkalar shikastlangan joylar puxta tozalanib, ularga qayta pardozlash ishlari berilgandan keyin ularni bo`yashga ruxsat beriladi.Bunda bo`yoq qilindan oldin qayta ishlov berilgan joylar grunitovkalanadi, shpatlyovkadan chiqariladi va silliqlanadi. Bo`yalgan yuzalar,tayyorlash sifatiga bog`liq ravishda turt guruhga bo`linadi: 1) shpatlyovkalashni talab etmaydigan betonli va gipsbetonli yuzalar; 2) yoriqlarga ishlov beriladigan va shpatlyovka qilinadigan joylar bo`yaladigan yuzalarning 15% oshmagan yuzalar; 3) yoriqlarga ishlov berish va shpatlyovka qilingandan joylar taxminan 35% dan oshmagan yuzalar; 4) butun yuzasi bo`yicha yoriqlar qayta ishlanadigan va to`liq shpatlyovka qilinadigan yuzalarlar. Yuzalarni changdan tozalash siqilgan havo yoki shyotka yordamida bajariladi. Ifloslangan joylar, moyli va smolali dog`lar latta, po`lat shpatellar bilan bartaraf etiladi, bunda turli eritiuvchi moddalar ham qo`llanilishi mumkin. Metall yuzalar zangdan shpatellar, po`lat simli shyotkakalarda, elektrsilliqlovchi mashinalarda tozalanadi. Katta yuzaga ega bo`lgan metall yuzalarni zangdan tozalashda qum sepadigan apparatlardan foydalaniladi. Gruntovkalanadigan yuzalar oldindan suyuq bo`yoqli tarkiblar bilan bo`yaladi, bunda yuzalar ushbu tarkiblarga to`yintirilishi tufayli keyingi surkaladigan bo`yoq qatlamlarining yuza bilan mustahkam jipslashishi ta`minlanadi va bir jinsli (bir xil rangli) yuza hosil qilinadi. Yelimli bo`yoqlar surkalishidan oldingi gruntovkalash mis kukuni (10 l suvga 0,3 kg mis kukukni (kuporusi) 0,25 kg plitkali yelim va 0,3 kg xo`jalik sovuni qo`shilgan suyuq aralashma) bilan bajariladi. Suvli tarkiblar bilan bo`yashdan oldin yuzalarni tayyorlashda gruntovkalash ishlari bir necha marta takrorlanadi- alohida joylarga qisman ishlov berishdan oldin, har bir shpatlyovka qatlamini surkashdan oldin va buyoq qilishdan oldin; buday yul tutish asosni tekis holatga keltiradi va uning mustahkamligini oshiradi. Yuzalarni shpatlyovkalash, gruntovka qilingan yuzaga 1...3 mm qalinlikda bir tekis qatlamda shpatlyovka tarkibini berishdir. Shpatlyovka pastasini yuzalarga qo`ld surkash (berish) usulida, yoki mexanizatsiyalashgan usulda sachratib sepuvchi asboblar bilan bosim ostida beriladi. 22-Mavzu: Bo`yoq siquvchi idishlar, ularning texnikaviy tavsilotlari. idishlarning tuzilishi, ishlash printsipi.dastaki pnevmatik bo`yoq purkagichlar, ularning turlari.ko`chma kompressorlar, ularning vazifasi va ishlash printsiplari.mexanizmlar bilan ishlashda xavfsizlik texnikasinurlarini me`yorlash. Download 4.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling