Mavzu : kod relyatsion algebrasi. Relyatsion hisoblash


Download 144.75 Kb.
bet1/3
Sana18.12.2022
Hajmi144.75 Kb.
#1027358
  1   2   3
Bog'liq
Avezov Jaloladdin pdf

MAVZU : KOD RELYATSION ALGEBRASI. RELYATSION HISOBLASH.

Reja:

Ⅰ. Kirish.

Ma’lumotlarning relyatsion modeli.

Ⅱ. Asosiy qism.

Koddaning relyatsion algebrasi.

Maxsus relyatsion operatorlar.

Relyatsion algebrada so’rovlar.

Relyatsion hisoblash.

Kodda qoidasi. 1985 yil oktabrda E.F.Kodd “Computerworld” gazetasida ikkita maqolani e’lon qildi. Birinchi maqola 12 ta me’zonni o’z ichiga olgan bo’lib, “butunlay relyatsion” bazaga bag’ishlangan. Ikkinchi maqola esa ushbu 12 ta qoidani dasturiy mahsulotlarni meynfreymga mosligi nuqta’i nazaridan tekshirishdan iborat. Maqola shuni ta’kidlaydiki, agar MBBT nazariy jihatdan pishiq bo’lsa, u amaliy jihatdan effiktiv ishlaydi. Koddaning 1-qoidasi. Axborot qoidasi. Relyatsion MB uchun birinchi qoida ma’lumotlarni saqlash hamda ma’lumotlar orasidagi o’zaro munosabat uchun foydalaniladigan informatsion tuzilmani ifodalaydi: “Relyatsion ma’lumotlar bazasidagi barcha axborotlar mantiqiy darajada butunlay faqat bitta usulda ifodalanadi: jadvallardagi qiymatlar”. Ushbu kriteriya shu shartni qo’yadiki, har qanday munosabat (ikki o’lchovli jadval) relyatsion MB da foydalaniladigan yagona informatsion strukturaga ega bo’ladi. O’z navbatida, qattiq dasturlashni talab etadigan mahsulotlarda jadvallar aro aloqa relyatsion hisoblanmaydi. Koddaning 2-qoidasi. Kirishni kafolatlash qoidasi. Agar MB ga axborot joylashtirish sababi paydo bo’lsa, u holda ohirgi tanlov amalga oshiriladi. Ya’ni bu holda foydalanuvchi ma’lumotlarning yagona qismini ko’rish imkonining mavjudligiga ishonch hosil qilishi kerak. “

Koddaning 3-qoidasi. Null-qiymat qoidasi.Null-qiymat – bu maxsus qiymat bo’lib, MB da qo’llaniladi; u “aniqlanmagan” ma’nosini beradi. Bu qiymat axborotlarni o’qish vaqtida yuzaga keladigan xatoliklarning o’zgacha ko’rinishida kiritiladi. Misol sifatida jadvalga hodimlar orasidagi munosabatni kiritishni olaylik. Jadvalning ustuniga ularning ish xaqi kiritiladi. Taklif qilinadiki, bir qancha hodimlarning ish xaqi satri null-qiymatli bo’lsin. Agar, tasodifan jadvalga murojaat etilsa va barcha islovchi hodimlar to’g’risida ma’lumot so’ralsa ish xaqi 60000 dan ziyodi ishlab chiqiladimi? Satr null-qiymatli bo’lsa satr hisobga olinadimi yoki o’tkazib yuboriladimi? Qachon MBBT null-qiymatni mantiqiy me’zonga (60000dan katta ish xaqiga) mos ravishda baholaydi? Agar satr ushbu me’zonga javob bersa, null-qiymat qabul qilishi aniq bo’lmaydi. Balki, bo’ladi yoki bo’lmaydi. Aynan ushbu holatda relyatsion MB da uch qiymatli mantiqdan foydalaniladi. Mantiqiy ifodaning natijasi “to’g’ri”, yoki “noto’g’ri”, yoki “bo’lishi mumkin” ko’rinishida bo’ladi. “


Download 144.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling