Mavzu : koreys tilida so’z turkumlarining tasnifi mundarija kirish I bob
-bob. Koreys tilida ot so‘z turkumining tutgan o‘rni
Download 73.63 Kb.
|
87 QAYTA
1-bob. Koreys tilida ot so‘z turkumining tutgan o‘rni1.1. Koreys tilidagi ot so‘z turkumining o‘ziga xosliklariKoreys tilida ot so’z turkumi (명사) – kim? nima? qayer? so’roqlariga javob berib, mavjudot, narsa, joy, voqea, jarayon va boshqa barcha narsalarni atab keluvchi leksik birlikdir. Оt so’z turkumi o’ziga хоs mоrfоlоgik (형태론) paradigmalarga, so’z yasalish tizimiga хоslangan sintaktik pоzitsiyalariga ega2. Ot – so’z turkumlari (품사) orasidagi eng murakkablaridan biri bo’lib, bajaradigan funksiya va vazifalari juda ham ko’p. Koreys tilidagi otni leksik (어휘적인의미), grammatik (문법적인 의미) va leksik-grammatik (어휘적-문법적 분류) jihatdan o’rganish va tasniflashimiz mumkin3. Koreys tilidagi ot so’z turkumi gap tarkibida eng ko’p funksiya bajaradi. Buning sababi, unga barcha kelishik qo’shimchalari (조사) qo’shilib, gapda hamma gap bo’laklari sifatida qo’llanilishi mumkinligidadir. Shuningdek, biz gapning strukturasi ayni egaga bog’liq ekanligiga ahamiyat beradigan bo’lsak, ega faqat ot so’z turkumidagi so’z bo’lishi kerakligini ham bir sabab sifatida ko’rishimiz mumkin. Leksik va grammatik ma’nolar bir-biridan farqlansa-da, uzviy aloqadordir. Ularning biri ikkinchisiz uchramaydi. Leksik jihatdan ularning ma’nosi bir-biridan farq qilishi mumkin, lekin grammatik jihatdan, hamma so’zga bir xil qo’shimcha qo’shilsa, ularning barchasi bir xil ma’noda qoladi, bir xil ma’noni va bir xil vazifani bajarib keladi. Koreys tilidagi otlarda rod tushunchasi va egalik qo’shimchalarini qo’shish degan tushuncha yo’q. Koreys tilidagi otlarni birlik shaklda ishlatilsa-da, u ko’p hollarda ko’plik ma’nosini ham beraveradi. Bu jihati ham aynan leksik va grammatik jihatlarning kesishgan nuqtasi hisoblanadi4.
Ot – so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalari bilan qo’shilib kelib, gapda asosan, ega (주어) va to’ldiruvchi (목적어, 객어) rolini o’ynaydigan, predmetlikning grammatik ma’no umumiyligini birlashtirib keluvchi so’zlar sinfi. Download 73.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling