Mavzu : koreys tilida so’z turkumlarining tasnifi mundarija kirish I bob
Download 73.63 Kb.
|
87 QAYTA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning o’rganilganlik darajasi.
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda davlat rahbarimiz biz yoshlarni zamonaviy ta’lim olishimiz, XXI asr talablariga to’laqonli javob beradigan kadrlarni yetishtirib chiqarish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. I.A. Karimov barkamol yoshlarni tarbiyalash va oliy ma`lumotli bo`lishi to`g`risida bir qancha qaror farmonlar qabul qildi. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o’qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg’un kamol topgan, o’qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo’naltirilgan tizim yaratildi.1
“Gohida bir tilda so’zlashayotgan insonlar ham bir-birini tushuna olmaydi, bunga sabab ularning madaniyatlari turlichaligidadir,” – deb aytgan Sherba. Bu ikki madaniyat namoyondalari suhbat qurganda madaniyatlarning to’qnashuvi ro’y beradi deganidir. Bu suhbatdoshlarning salomlashishlaridanoq boshlanadi. Til o’rganish jarayonida esa, madaniyatlar to’qnashuvi katta muammo sifatida ko’tariladi. Bunga sabab til egasining “o’zimniki” va “begonaniki” degan diskriminatsiya hosil bo’lishida. Til o’rganish jarayonida biz lingvomadaniyat, realiyalar, leksikalarning ekvivalentsizlik holatlarini chetlab o’ta olmas ekanmiz, tilning bu jihatlarini ham chuqurroq o’rganishga majbur bo’lamiz. Bu holatga biz madaniyati boy koreys xalqining tilini o’rganish jarayonida ham duch kelamiz. Chunki, koreys xalqi o’ziga xos madaniyat: an’ana, urf-odat va turmush tarziga egadir. Bular albatta, koreys tilida o’z aksini topgan. Koreys tilidagi ot so’z turkumi leksikasiga shu tilning xazinasi sifatida qaralishining sababi unda boshqa tillarga tarjima qilish mumkin bo’lmagan so’zlarning ko‘pligidadir. Mazkur ishda biz otlarning to’liq leksik – semantik klassifikatsiyasini amalga oshirib, koreys tilining o’ziga xos milliy madaniyatiga mos so’zlarini tahlilga tortamiz. Bu bitiruv malakaviy ish koreys tili va madaniyatini uyg’unligiga dalildir. Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Koreys tilidagi ot so’z turkumi serqirra hodisa hisoblanadi. Bu masala xususida koreys va jahon tilshunoslari ko‘plab izlanishlar olib borishgan. Mashhur koreysshunoslar ot so’z turkumining turli xil jihatlarini o’rganib chiqishgan. Koreys tilidagi ot so’z turkumining morfologik jihatlari Y.N.Mazurning 2001–yilda qayta nashr etilgan «Грамматика корейского языка (Морфология. Словообразование)» (“Koreys tili grammatikasi (Morfologiya. So’z yasalishi)”), sintaktik jihatlari A.A.Xolodovichning 2006–yilda qayta nashr etilgan «Очерк грамматики корейского языка» (“Koreys tili grammatikasi tavsifi”)lardan, umumiy xossalari esa, Li Ik Sopning 2006-yil Seul universiteti nashriyotida qayta nashr etilgan “한국어 문법” (“Koreys tili grammatikasi”)sida chuqur o’rganilgan. Download 73.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling