Mavzu : koreys tilida so’z turkumlarining tasnifi mundarija kirish I bob
Download 73.63 Kb.
|
87 QAYTA
XULOSAKoreys tilida eng murakkab, sintaksis va morfologik jihatdan ko’p funksiya bajaruvchi so’z turkumi bu otdir. Koreys tilidagi ot so’z turkumi semantik jihatdan ham chuqur tahlil qilinadi. Madaniyatlararo muloqatda esa koreys milliy – madaniy so’zlarining o’rni beqiyosdir. Olib borilgan tadqiqot natijalariga quyidagi xulosalarga kelindi: Tevarak – atrofimizdagi barcha jism, predmet, hodisa, shaxslarni nomlab keluvchi so’z turkumi otdir. Koreys tilidagi ot so’z turkumida rod tushunchasi yo’qligi, egalik qo’shimchalari bilan turlanmasligi bilan boshqa tillardagi ot so’z turkumlaridan farq qiladi. Koreys tilidagi ot so’z turkumiga ko’plik qo’shimchasini qo’shmasdan ham ko’plik ma’noda qo’llash mumkin. Koreys tilidagi ot gapda barcha gap bo’laklari rolida keluvchi yagona so’z turkumidir. Koreys tilidagi ot so’z turkuminining semantik jihatlarini uning grammatik xususiyatlaridan ajratgan holda o’rganish mumkin emas. Koreys tilidagi ot so’z turkumini koreys tilshunoslari turlicha tasniflagan bo’lsalar – da, ularning umumiy jihatlari quyidagichadir. Koreys tilidagi ot so’z turkumi mustaqil va tobe, atoqli va turdosh, jonli va jonsiz, sanaladigan va sanalmaydigan, aniq va mavhum otlarga bo’linadi. Mustaqil, turdosh, jonli va jonsiz, aniq otlarni ham o’z navbatida sanaladigan va sanalmaydigan guruhlarga bo’lish mumkin. Jonli va jonsiz otlarga esa o’z navbatida, mustaqil, atoqli va turdosh, sanaladigan va sanalmaydigan, aniq va mavhum otlarni kiritishimiz mumkin. Koreys tilidagi ot so’z turkumini semantik tahlil qilish jarayonida uni mustaqil va tobe, sanaladigan va sanalmaydigan, jonli va jonsiz turlarga bo’ldik. Bu guruhlar ot so’z turkumining grammatik jihatlarini ham ochib beradi. Chunki ular qo’shimchalarning qo’shilishi yoki qo’shila olmasligi, gapda mustaqil qo’llanila olishi yoki olinmasligi bilan bir – biridan farq qiladi. Koreys tilidagi ot so’z turkumini biz lug’aviy – ma’noviy to’dalarga va ularning tarkibidagi lug’aviy-ma’nоviy guruhlarga bo’ldik. Atoqli otlar lug’aviy – ma’noviy guruhlarga bo’linishi jihatidan shaxs, joy, tarixiy voqea – hodisa, bayramlar, ovqat nomlari, samoviy jismlar, mahsulot nomlariga bo’linadi. Koreys milliy-madaniy so’zlarni taomlariga oid so’zlar, kiyimlariga oid so’zlar, hayot tarziga oid so’zlar, bayramlari va urf- odatlariga oid so’zlar guruhiga bo’lishimiz mumkin. Bunday so’zlar tarjima jarayonida o’z shakli, ma’nosi va xususiyatini o’zgartirib yuboradi. Chunki bular boshqa tillarda teng ekvivalenti yo’q so’zlar hisoblanadi. Download 73.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling