Mavzu : Korparativ boshqaruv modellari tahlili. Reja. Kirish


Download 51.87 Kb.
bet1/9
Sana05.02.2023
Hajmi51.87 Kb.
#1167472
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shukrullayev sunnat


Mavzu : Korparativ boshqaruv modellari tahlili .

Reja .
Kirish .

  1. Korporativ boshqaruv modellari. Korporativ boshqaruv va korporativ nazorat.

  2. Korporativ boshqaruvning umumiy tamoyillari.Korporativ boshqaruvning asosiy modellari.

  3. Korporativ boshqaruvning Amerika modelini qo'llash shartlari

  4. Korporativ boshqaruvning nemis modeli .Nemis korporatsiyasining tipik boshqaruv tuzilmasi . .

Xulosa va takliflar .
Foydalanilgan adabiyot va saytlar .


Kirish .
Kurs ishi mavzusining uning dolzarbligi. Ma’lumki, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ tuzilmalarning o’rni benihoya yuqoriligi ko’pchilik iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar tajribasida allaqachon o’z tasdig’ini topgan. Xususan, O’zbekiston Respublikasida aksiyadorlik jamiyatlarida samarali boshqarish tizimini tashkil etishda korporativ moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish yo’llari va korporativ boshqaruv standartlarini kiritishda rag’batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korporativ tuzilmalarni yanada rivojlantirish dasturidagi vazifalaridan kelib chiqqan holda aksiyadorlik jamiyatlariga zamonaviy tehnologiyalarni keng joriy etish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion jarayonlarni rivojlantirish korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish zarurligini ko’rsatmoqda.Shu asnoda, bugungi kun yurtboshimiz bo’lgan Sh.Mirziyoyevning ’’O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida’’gi farmoniga asosan, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan 1 makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori o’sish sur’atlarini saqlab qolish,davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish, korporativ tuzilmalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini oshirish, chet el investitsiyalarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan tashqi aloqalarni kengaytirish, ayrim milliy korporativ tuzilmalarning aksiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi tadbirlarga firma, korporativ tuzilmalarni tayyorlash, moliyaviy faoliyat yo’nalishlarini barqarorlashtirish muhim ekanligini aytib o’tmog’imiz darkor.
Shu asnoda, rivojlanayotgan mamlakatlarda, xususan, respublikamizda ham korporativ tuzilmalarda moliyaviy boshqaruv tizimini samarali tashkil etish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki, mamlakatimizda hali to’la – to’kis tadqiq etilmagan mazkur sohani iqtisodiyotda keng targ’ib etish, mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda korporativ tuzilmalarning roli va ahamiyatini oshirish borasida hali ko’plab vazifalarni amalga oshirish lozim. Bu esa istiqbolda mazkur boshqaruv shaklidan samarali foydalanish maqsadida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida amal qilib kelayotgan korporativ boshqaruv usullarini teran tahlil etish lozimligini ko’rsatadi.

Download 51.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling