Mavzu :“ Kuntug`mish “ – ishqiy-sarguzasht doston Maqsadi : Ta’limiy


Download 27.87 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi27.87 Kb.
#1543034
  1   2   3
Bog'liq
Kuntug`mish 2


8- sinf adabiyot fanidan
“Kuntug`mish ishqiy-sarguzasht doston“ mavzusida
tayyorlagan


Dars ishlanma

Sana:
Fan nomi : adabiyot.


Sinf: 8-“D”
Mavzu :“ Kuntug`mish “ – ishqiy-sarguzasht doston
Maqsadi :
1.Ta’limiy : O'quvchilarga “ Kuntug`mish “ – ishqiy-sarguzasht doston ekanligi va uning badiiy qimmati haqida bilim berish;
2. Tarbiyaviy : O'quvchilarga axloqiy-estetik tarbiya berish , ularni Ona vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbuyalash .
3.Rivojlantiruvchi : O'quvchilarning mustaqil fikrlash, fikrlash , ifodali o’qish ko`nikmalarini rivojlantirish.
Dars turi : aralsh, yangi tushuncha , bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi : “ Zinama-zina” metodi , “ Oltinchisi ortiqcha “ tafakkur o`yini
Dars jihozi :“ Kuntug`mish “ dostoni , ko'rgazmalar, darslik, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, lug'at jadvali, slaydlar, tarqatma materiallar, televizor
DARS REJASI




Darsning tarkibiy qismlari
(bosqichlari)

Ajratilgan vaqt
(reglament)

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3 daqiqa

3

O'tgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

20 daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

6

O'quvchilarni baholash

3 daqiqa

7

Uyga vazifa

2 daqiqa


DARSNING BORISHI


  1. Tashkiliy qism .O'quvchilar bilan salomlashish, sinf xonasining darsga tayyorgarlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

  2. Ma’naviyat daqiqasi.O'quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy , ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o'quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

  3. O`tilgan mavzuni takrorlash :

O`tgan mavzu : Xalq dostonlari
O`quvchilar bilan o`tilgan mavzu yuzasidan “ Zinama zina “ metodidan foydalanib mustahkamlayman.

  1. Xalq dostonlari deganda qanday asarlarni tushunamiz?

Javob :Xalq dostonlari har bir millatning ma’naviy qiyofasi, uning tarixi, qadriyatlarini mukammal aks ettiruvchi bamisoli oynadir. Ularda har bir xalqning urf-odatlari, milliy o‘ziga xosligi yaqqol ko‘rinib turadi. Doston xalq og`zaki ijodi vamumtoz adabiyotida keng foydalanilib kelinayotgan epik shakllardan biridir. “Doston” so`zi xilma­xil ma`noni bildirib kelgan. Masalan, “doston” forschada epik asarnomini anglatadigan so`z bo`lib, u hatto qissa romandek katta nasriy asarlarga ham nisbat beriladi

  1. Xalq dostonlari mavzusiga ko`ra necha turga bo`linadi ?

Javob:Xalq dostonlari mavzusiga ko`ra besh turga bo`linadi:
1.Qahramonlik dostonlari
2. Jangnoma dostonlar
3.Romantik(ishqiy­qahramonlik) dostonlari
4.Tarixiy dostonlar
5.Kitobiy dostonlar
3. Ishqiy-qahramonlik dostonlarga qaysi dostonlarni misol keltirish mumkin?
Javob : Ishqiy –qahramonlik dostonlariga “Murodxon”, “Rustamxon”, “Kuntug`mish”, “Malika ayyor”,“Ravshan”, “ Go`ro`g`li ” turkum dostonlari kiradi.

Download 27.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling