Mavzu :“ Kuntug`mish “ – ishqiy-sarguzasht doston Maqsadi : Ta’limiy


Yangi mavzu : “ Kuntug`mish “- ishqiy-sarguzasht doston


Download 27.87 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi27.87 Kb.
#1543034
1   2   3
Bog'liq
Kuntug`mish 2

Yangi mavzu : “ Kuntug`mish “- ishqiy-sarguzasht doston
Mavzuni boshlab “ Kuntug`mish “ dostoni bo`yicha tayyorlangan videodarsni namoyish etaman.
“Kuntug`mish” dostoni o`zbek xalq dostonlari orasida g`oyaviy­badiiy jihatdan yetuk asarlardan biridir. Uning xilma­xil ko`rinishidagi variantlari ko`pligining boisi shundaki , ilgari baxshilarningiste`dodiga , ushbu dostonni qanday aytishiga qarab baho berilgan, natijada barcha baxshilarimiz“Kuntug`mish”dostonini to`la o`zlashtirishga intilganlar. Dostonning Ergash Jumanbulbul o`g`li, Bekmurod Jo`raboy o`g`li, Nurmon Abduvoy o`g`li,Egamberdi Ollamuroddan Yozib olingan variantlari mavjud .8­sinf darsligida esa Ergash Jumanbulbul o`g`lidan yozib olingan varianti keltirilgan.
“Kuntug`mish”dostoni badiiy jihatdan nihoyatda yetuk asar.U yaxlit kompozitsiyaga ega. Asardakishini asosiy voqealardan chalg`itadigan o`rinlarni uchramaydi, aksincha, har bir voqea , har birepizod dostonni to`ldiradi.
“Kuntug`mish ” dostoni qahramonlari:
Avliyoyi Qoraxon­No`gay podshosi lqablari:Qilichxon, Avliyoyi
Qoraxon
Buvraxon – Shahri Zangar yurtining shohi
Shoir vazir ­Buvraxonning vaziri Xolbekaning otasi
Tohir vazir ­Buvraxonning vaziri Xolmo`minning otasi
Xolbeka –Shoir vazirning qizi
Xolmo`min –Tohir vazirning o`g`li
Nard o`yinini Xolbeka kelgan sovchilarga shart qilib qo`yadi.
Bahragul –Xolbekaning kanizi
Sandiq Xolbeka ko`rgan tushidan keyin o`z rasmini chizdirib, sandiqqa solib,daryoga oqizib yuboradi.Sandiq Kuntug`mish ov qilib yurgan daryo qirg`og`iga oqib boradi.Kuntug`mish qirq yigitni olib , xachirlarga mol –dunyo ortib Zangar yurtiga keladi.Bir bazzozqiyofasiga kirib, ko`shk yonida mato sotib o`tirganida Xolbeka o`z kanizlariga bu yigitni saroyga olibkirishlarini buyurdi. Kuntugmish saroyga kirgach, shartga binoan nard o`ynatadi va Xolbeka yengiladi.
Ikkalasi bazm­u suhbat bilan ovora bo`lib,Xolbeka ko`shkiga chiqmay qo`yganini ko`rgan Zangarpodshosi Buvraxon undan xabar olgani o`z jallodlari­yu mirg`azablarini jo`natadi. Kuntug`mish vaXolbeka qochib yashirinishadi.Biroq ayg`oqchilar ular yashiringan joyni aytib berishgach , harikkalasini ham ushlab,Buvraxon huzuriga bandi qilib olib borishadi. Buvraxon o`z saroy a`yonlarigabu ikkisi qanday jazoga loyiqligi borasida maslahat soladi.Buvraxon saroy amaldorlarining fikriga ko`ra ikki “gunohkorni” bir biyani so`yib,uning terisini tulub qilib , ichiga ularni solib asov baytalning dumiga bog’lab sahroga
haydab yubordi. Olti kun deganda tulub , uzilib bir yerga tushib qoldi. Oftobda teri tortishib ,chunonamqisqardiki, ichidagilar o`lguday ahvolga kelishdi.Xudoning amri bilan bir quzg’un kelib terini cho`qidiva bular ochiq havoga chiqdilar.ou kuni yetib Xolbeka egizak­ikki o`g’il farzand ko`rdi. Er­xotin yurib­yurib ,Mug`ol tog’iga yetdilar
Bir kuni Kuntug`mish uzoqdan kelayotgan bir karvonni ko`rib qoldi.Karvonboshi Azbarxo`ja bilantanishib , boshidan kechirganlarini aytib berdi. U kuntug`mishga bir kosa suv va bir non evaziga buloqni egallab yotgan ajdarhoni o`ldirish shartini qo`yadi?U Qur’oni karimni o`rtagaqo’yib,Kuntug’mish bilan do’st tutinadi. Xolbekaning kimligini anglagach u do`stiga xiyonat qilib,Xolbekani Buvraxonga topshirib ,evaziga ko`p muofot olmoqchi bo`ladi. Kuntug`mishni mast qilib, oyoq –qo`lini bog`lab tosh ostiga bostirib ketadi.Ikki go`dakni ham sahroga qoldirib ketadi.Qosim ismli yigit Kuntug`mish o`ziga kelsa, deb har bir kunlik yo`lda suv non qoldirib ketadi.
Xolbekani ko`rgan Buvraxon uning ahvoliga achinadi. Ikkala go`dagining sahroda qolganini eshitgach ularni qidirishga odam jo`natadi. Xolbekani Xolmo`minning ixtiyoriga beradi.Azbarxo`jani esa
zindonband qiladi. Kuntug`mish ikki go`dagini olb Xolbekani izlab yo`lga chiqdi Taqdir taqozosi bilan har ikkala go`dagidan ham ajrab , es­hushini yo`qotib , qalandar darvesh bo`lib har joyda dardini aytib yuraverdi.
“Kuntug`mish”dostonidagi joy nomlari
1.Zangar yurti 4.No’g’ay yurti
2.Mug’ol tog`i 5.Zarchman cho`li
3.Olatog` 6.Tajan daryosi

Download 27.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling