Mavzu- mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi


Download 23.34 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi23.34 Kb.
#1153385
Bog'liq
fuqarolar maruza


BNG’-80 guruh talabasi Rashidov G’ayratbek Akmal o’g’li
Mavzu- Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi

mavzu bo’yicha nazorat savollari:




  1. Mamlakatimizda yer maydonlaridan samarali foydalanishdagi qator

muammolar haqida to’xtaling.
2.Kichik tadbirkorlik subyektlari turlarini ayting.
3.Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona
reestri haqida ma’lumot bering.
4.Yakka tartibdagi tadbirkorlikning boshqa tadbirkorlik faoliyati
subyektlaridan farqi jihatlarini sanang.
5.«Bir darcha» prinsipini ta’riflang.
6.Litsenziyalanishi talab etiladigan tadbirkorlik faoliyatlariga misollar
keltiring.
7.Mehnat taqsimoti bo’yicha hunarmandchilikning turlari.
8.Kooperatsiya turlarini sanang.
9.Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan kooperativlarni
guruhlang.
10.Kooperativning faoliyatini to‘xtatish va uni qaytadan tashkil etish asoslari.

1-savol
266 ming gektar sug‘oriladigan ekin yerlari tuproqlarining -12,3 ming ga qismi ball-boniteti 30 balldan pastni, 99,6 ming ga qisminiki 31-40 ball, 96,7 ming ga qisminiki esa 41-50 ball, 31,1 ming ga qisminiki 51-60 ball, 4,9 ming ga qisminiki 61-70 ball bo‘lib, ushbu yer maydonlaridan foydalanish va unumdorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmagan; iqlimning global o‘zgarishi natijasida, ayniqsa 2000-2001, 2008 yillarda bir qator hududlarda jiddiy suv tanqisligi kuzatilib, ekin maydonlari ekilmasdan qarovsiz qolgan va yovvoyi daraxtzorga va butazorga aylangan; jami 150,5 ming gektardan ortiq yer maydonlari gips qatlamli va o‘ta notekis yerlar bo‘lib, ularni chuqur yumshatish, kapital tekislash hamda sho‘r yuvish ishlari olib borilmaganligi natijasida qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishga yaroqsiz holatga kelgan; foydalanilmayotgan sug‘oriladigan maydonlardagi 7106 km kollektor-drenaj va 5483 km sug‘orish tarmoqlari, 254 ta nasos stansiyalari va 262 ta sug‘orish quduqlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda ta'mirlash-tiklash ishlarini bajarish talab etilmoqda.


2-savol
5-modda. Kichik tadbirkorlik subyektlari
Kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagilardir:
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar;
2) ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlardagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan mikrofirmalar;
3) quyidagi tarmoqlardagi:
qonunchilikda nazarda tutilgan yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ikki yuz kishi;
metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yuz kishi;
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ellik kishi;
fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa sohalardagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma besh kishi bo‘lgan kichik korxonalar.
Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining o‘rtacha yillik soni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. Bunda o‘rindoshlik, pudrat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xarakterdagi boshqa shartnomalar bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarning, shuningdek unitar korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda ishlayotganlarning soni ham hisobga olinadi.
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko‘p tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik aylanma hajmida ulushi eng ko‘p bo‘lgan faoliyat turi mezonlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalar, kafolatlar va huquqlar ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan vakolatli organlarga va tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlariga, davlat statistika organlariga, banklarga va boshqalarga) yozma ravishdagi murojaatlarsiz qo‘llaniladi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrida e’lon qilinadi hamda doimiy ravishda yangilab boriladi.
O‘zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda doimiy ravishda yangilab borish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan o‘rtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, xodimlar sonini oshirib yuborishga yo‘l qo‘yilgan davr uchun ular qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi. Ushbu qoida quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:
mikrofirma va kichik korxona O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining, akademik litseylarining hamda oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzgan taqdirda, band bo‘lgan xodimlarning belgilangan o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 50 foiz oshadigan bo‘lsa. Xodimlar sonining oshirilishiga O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining, akademik litseylarining va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari o‘qishni tugallagan kunidan boshlab ko‘pi bilan uch yil o‘tgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi;
kichik korxona uyda ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) bilan mehnat shartnomalari tuzgan taqdirda, band bo‘lgan xodimlarning belgilangan o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 30 foiz oshadigan bo‘lsa.

2020- yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining YaIMdagi ulushi 53,9 % ni tashkil etdi. 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ulushi, % da Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 15,6 birlikni tashkil qildi. 2020- yilning yanvar-dekabrida 93,2 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,4 foizga ko‘p demakdir


Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kichik korxona va mikrofirmalar savdoda 35213 ta, sanoatda 18596 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 14969 ta, qurilishda 6009 ta, yashash va ovqatlanishda 5637 ta, tashish va saqlashda 2397 ta tashkil etilgan.
Faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 411 203
Yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 93 214
4-savol
Fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga haqlidir. Yakka tartibdagi
tadbirkorlar kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadilar.
Yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) – kichik tadbirkorlik subyekti hisoblanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyati bila yuridik shaxs tashkil etmagan holda shug'ullanadi. Ya'ni, yakka tartibdagi tadbirkorning alohida tashkiloti mavjud bo’lmaydi.
YaTT oʻz faoliyatini amalga oshirishda shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr,
shtamplardan foydalanishga haqli. (Majbur emas) Ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi haqida dalolat berishi lozim.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil, mulk huquqi asosida o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo'l qo'yadigan o'zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.
Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash ishlar bajarish, xizmatlar ko'rsatish) uchun ko'pi bilan besh nafar shogirdni ularga tegishlicha haq to'lagan holda jalb etishga haqlidir.
Yakka tartibdagi tadbirkor o'z nomidan tadbirkorlik shug'ullanadi,huquq va majburiyatlarni oladi hamda amalga oshiradi. Jismoniy shaxs o'z tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bitimlar tuzayotganida, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida harakat qilayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish vaziyatining o'zidan aniq anglashilmasa, ko'rsatishi kerak. Bunday eslatmaning mavjud emasligi yakka tartibdagi tadbirkorni o'z majburiyatlari bo'yicha zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunda, nikoh shartnomasida yoxud er-xotin o'rtasidagi o'zga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi.

5-savol
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI


LITSENZIYALASH, RUXSAT BERISH VA XABARDOR QILISH TARTIB-TAOMILLARI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 5-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 23-aprelda ma’qullangan qonuning 3-moddasida keltirilgan
1-bob. Umumiy qoidalar
“bir darcha” prinsipi — xizmatlar ko‘rsatish tartibi bo‘lib, bunda talabgorga tegishincha litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun vakolatli organga boshqa davlat organlari yoki tashkilotlar tomonidan beriladigan turli boshqa hujjatlarni olish talab qilinadigan hollarda mazkur vakolatli organ ko‘rsatilgan hujjatlarni talabgorning ishtirokisiz mustaqil ravishda so‘raydi va oladi.
6-savo l
Bank
Sug’urta
Auditorlik
Lizinglik
Fond birjasi
Xizmat ko’rsatish
Mahsulot ishlab chiqarish
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish
Va h.k.z
7-savol
HUNARMANDCHILIK, hunarmandlik — milliy-anʼanaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qoʻl mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Yirik sanoat i. ch. i vujudga kelishiga qadar keng tarqalgan, ayrim sohalari keyin ham saklangan. Kam rivojlangan mamlakatlarning xalq xoʻjaligida hozir ham muhim oʻrin egallaydi.
Hunarmandchilikning 3 turi shakllangan:

1) uy hunarmandchiligi;



2) buyurtma bilan mahsulot tayyorlaydigan Hunarmandchilik ;
3) bozor uchun mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik
8-savol
1-modda. Kooperatsiya va uning turlari
1. O‘zbekiston Respublikasida kooperatsiya jismoniy va yuridik shaxslarning iqtisodiy hamda ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida umumiy maqsadlarga erishish uchun tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan, mulkning shirkat (jamoa) shakliga asoslangan ixtiyoriy birlashmalaridan (kooperativlaridan) iboratdir.
2. O‘zbekiston Respublikasida aholining mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun, shuningdek foyda (daromad) olish maqsadida tuziladigan matlubot, ishlab chiqarish va aralash ishlab chiqarish-matlubot kooperativlari amal qiladi.
Kooperatsiya, shuningdek o‘z a’zolarining uy-joy-maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan kooperativlarni,(uy-joy-qurish uy joy kooperativlarini, garaj qurish, chorbog‘ qurish va shu kabi kooperativlarni) ham o‘z ichiga oladi.
9-savol
15-modda. Kooperativlarning o‘z a’zolarining uy-joy-maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish sohasidagi faoliyati
Fuqarolar o‘z ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun ixtiyoriylik asosida uy-joy qurish, uy-joy kooperativlari, garaj qurish kooperativlari va boshqa kooperativlar tuzishlari mumkin.
Bunday kooperativlar faoliyatining asosiy yo‘nalishi kooperativ mulki obyektlarini (uy-joylar, garajlar va shu kabilar), ustavda nazarda tutilgan hollarda esa — kooperativ a’zolarining mulki bo‘lgan obyektlarni ham qurish va keyinchalik ulardan foydalanishda pul mablag‘lari yoki shaxsiy mehnat bilan ishtirok etishdan, shuningdek kooperativ a’zolariga kooperativni tuzishdan ko‘zlangan maqsadlarga mos xizmatlarni ko‘rsatishdan iboratdir.
10-savol
10-modda. Kooperativning faoliyatini to‘xtatish va uni qaytadan tashkil etish
1. Kooperativni tugatish yoki qaytadan tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratish, o‘zgartirish) kooperativ mol-mulki egasining yoki u vakolat bergan organning, kooperativ qaysi korxona, muassasa, tashkilot (xo‘jalik uyushmasi) huzurida tashkil etilgan bo‘lsa, shu korxona, muassasa, tashkilot (xo‘jalik uyushmasi)ning qaroriga yoki sudning hal qiluv qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Kooperativning faoliyati quyidagi hollarda ham to‘xtatilishi mumkin:
agar kooperativ ro‘yxatga olingan paytdan boshlab bir yil davomida ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatiga kirishmagan bo‘lsa yoki amalda to‘xtatib qo‘yilgan faoliyatini daromadlar to‘g‘risidagi oxirgi deklaratsiyani topshirganidan keyin bir yil o‘tgach qaytadan boshlamasa;
kooperativ uzoq vaqt mobaynida (olti oydan ko‘proq) to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lsa;
kooperativ o‘z ustavini va amaldagi qonunchilik normalarini buzsa;
kooperativning tuzilgan muddati tugasa;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan boshqa hollarda.
3. Kooperativ davlatning ro‘yxatga olish reyestridan chiqarilgan paytdan e’tiboran (ushbu kooperativga xizmat ko‘rsatayotgan bankning yozma ma’lumoti mavjud bo‘lgan taqdirda) qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan deb hisoblanadi.
4. Kooperativ tugatilayotganda kooperativ jismoniy shaxsning sog‘lig‘iga yoki hayotiga yetkazgan zarar uchun javobgar ekanligi munosabati bilan bu kooperativdan undirilishi lozim bo‘lgan to‘lovlarga avans beriladi.
5. Ishlab chiqarish kooperativi tugatilgan taqdirda qarz beruvchilar va mehnat jamoasi a’zolarining da’volari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulk kooperativ a’zolari o‘rtasida uning ustavida ko‘zda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Matlubot jamiyatlari ittifoqlari ularning oliy organlari (syezd, konferensiya, vakillar yig‘ilishi) qaroriga muvofiq tugatiladi. Ish haqi to‘lash, banklar va boshqa qarz beruvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish yuzasidan hisob-kitob qilib bo‘linganidan keyin ularning qolgan mol-mulki mazkur matlubot jamiyatini o‘z tarkibiga olgan kooperativ ittifoqiga (uyushmasiga) beriladi.
Download 23.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling