Mavzu : Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sensor tarbiyaning ahamiyati


Download 99.33 Kb.
bet11/21
Sana20.12.2022
Hajmi99.33 Kb.
#1040016
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Mak.ped

Davlat talablarining tamoyillari:

  • bolaning noyobligi;

  • "Men" konsepsiyasi va shaxsiy ta'limini yaratishda bola- ning faol roli;

  • bolaning huquqlarini himoya qilish va ta'minlashning muhimligi;

  • bola ta'limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;

  • bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo'lib, individual varia- tivlik asosida yondashuv.

Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalar:

  • Maktabgacha ta’lim - maktabgacha yoshdagi bolalar qizi- qishlari.

  • Individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, ma’naviy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma'naviy me'yorlarning shakllanishi, hayotiy ijtimoiy tajriba egalla- nishini ko'zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratil- gan yaxlit jarayon:

  • rivojlanish inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida bio- logik jarayonlar hamda atrof-muhit ta'sirida ro'y beradigan o'zgarishlar:

  • rivojlanish sohasi - bola rivojlanishidagi ahiq bir yo'nalishlar: kichik soha - sohaning kichik guruhlari. Asosiy so- halarni kichik sohasi rivojlanishning ma'lum bir tomonlarini o'z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo'nalishini ko'rsatib beradi;

  • kutilayotgan natija bolalardagi bilim, ko'nikma va malakalar ko'rsatkichi;

            1. bola kompetensisi - ma'lum bir yosh davriga xos bolgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo'lgan bolaning bi- limi, ko'nikmasi va malakalari hamda qadriyatlari

                  1. 26

Mavzu : Aqliy tarbiya.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida aqliy tarbiya berishning ahamiyati.
Aql - keng ma'noda sezish va idrok etishdan boshlanib tafakkur va hayotni o'z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig'indisidir.
Aqliy tarbiya - bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga : muntazam va maqsadga muvofiq pedagogik ta'sir ko'rsatish. U yosh avlodning insoniyat to'plagan bilimlar, malaka va ko'nikmalarda, qoidalarda o'z ifodasini topgan ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning rejali jarayoni sifatida ro'y beradi. Bu ta’sir kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil vositalar, metodlar, sha- roitlar yaratishni o'z ichiga oladi. Odamning aqli, uning aqliy rivojlanishi bilimlar hajmi, xususiyati va mazmunida namoyon bo'ladi. Ular aqliy faoliyatning jo'shqinligida, mustaqil ijodiy bilishga intilishda o'z ifodasini topadi,
Aqliy faoliyat diqqatning har doim ma'lum maqsadga qara- tilgan bo'lishini talab etadi. Kishining aqli uning asosiy faoli- yatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi.
Aqliy tarbiyasi yetuk, o'tkir zehnli, zukko va zakovatli in- sonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donish- mandlik- bu donolik. Donolik insonningeng buyuk va olijanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne'matdirki, u har kim- ga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo'lsa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo'lmas», deyiladi.
Insoniyat paydo bo'lgandan beri odamlar orasida yetishib chiqqan barcha olim-u fozillar, shoir-u yozuvchilarning bar- chasi mukammal ilm egallash orqali o'z davrining e'tiborli kishilari darajasiga ko'tarilganlar.
Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg'ariy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqa- lar, g'arb olimlaridan Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, J.J.Russo va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar yaratganlar.
Tarixan ta'lim-tarbiya maxsus inson faoliyati sifatida shakl- lanib borish 27
barobarida, ta'lim-tarbiya yakunida tarbiyalanuv- chining sifatlari, yani ta'limiy maqsadlar ham aniqlanib bordi.
Xitoyning Samarqanddagi elchisi Vey Sizinning hisobotlari- da: «Samarqand aholisi mohir savdogarlardir. O'g'il bola besh yoshga to’lar ekan, unga savod o'rgata boshlaydilar», - deb qayd qilingan.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham ta’lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgan. Unda «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo'lib hisob- lanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo, yaxshi o'qishni keyin esa yozishni o'rganishi bilan eng yuksak pog’onaga ko'tarilsin» deyilgan.
Farobiy ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida inson takomilida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e'tibor berish zarurligi, ta'lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritadi, «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to'g'risida», «Aql ma'nolari to'g'risida», «Ilmlarning kelib chi- kishi» kabi maorifiy asarlarida olimning ijtimoiy tarbiyaviy qa- rashlari o'z ifodasini topgan.
Farobiy ta'limning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk in- sonni yetishtirishdan iborat deb biladi.
Beruniyning bilimlarni egallash yo'llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O'quvchilarga bilim be- rishda ularni zeriktirmaslik; uzviylik, izchillik, yangi mavzu- larni qiziqarli, asosan ko'rgazmali bayon etish va hokazolar- ga e'tibor berish kerakligini uqtiradi. Olim bilim oluvchilarga qalbni yomon o‘zi sezishi mumkin bo'lmagan holatlardan, be- huda raqobatdan, shon-shuhratdan saqlanish zarurligini ayta- di. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu irsiyat, muhit, tarbiyadir.
Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezo- ni sanalgan bilim egallashga da'vat etadi. BU imsiz kishilar jo- hil bo'ladi, ular haqiqatni bfla olmaydilar, ularyetuk bo'lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o'qitish zarur deb biladi. 28

Download 99.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling