Mavzu : Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sensor tarbiyaning ahamiyati


Mavzu : Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning o‘ziga xosligi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning bola rivojlanishidagi roli


Download 99.33 Kb.
bet13/21
Sana20.12.2022
Hajmi99.33 Kb.
#1040016
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
Mak.ped

Mavzu : Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning o‘ziga xosligi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning bola rivojlanishidagi roli.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va vasiylik kengashi a'zolari ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari davlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavida belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi vasiylik kengashining faoliyati O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi.
Bolalarni qabul qilishda davlat maktabgacha ta’lim muas- sasasi ota-onalarni o'z ustavi, kun tartibi, ta'lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi bilan ota-onalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning davlat maktabgacha ta’lim muassasasidabo'lishivaqtini, ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o'z ichiga oladi.
Ota-onalar:
o'z bolalari uchun ta’lim-tarbiya shakllarini, davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim berish tilini tanlash;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga ta'lim- tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiiishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lishni talab qilish;
muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o'ziga qulay bo'lgan vaqtda bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasasidan olib ketish huquqiga ega.
31
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'Iishlari mumkin.
Ota-onalar quyidagilarga majbur:
belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo'lgan davri uchun badal to'lovini o'z vaqtida to'lash;
bolalarning to'laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiyena ko'nikmalari shakllantirilishini qat’iy kuzatib borish, bolani davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga ozoda kiyingan holda olib kelish.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga xodimlarni ishga qabul qilish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Tegishli pedagogik ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo'lgan shaxslar davlat maktabgacha ta'lim muassasasida pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega.
Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishi taqiqlangan shaxslarning ushbu faoliyat bilan shug'ullanishiga yo‘1 qo'yilmaydi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari qonun hujjatlarida, davlat maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.
Xodimlarning vazifalari lavozim yo'riqnomasi va tarmoq tarif-malaka ma'lumotnomasida belgilab qo'yiladi.
32

Download 99.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling