Mavzu : Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sensor tarbiyaning ahamiyati


Mavzu : Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiyaning mazmuni, mohiyati va ahamiyati


Download 99.33 Kb.
bet2/21
Sana20.12.2022
Hajmi99.33 Kb.
#1040016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Mak.ped

Mavzu : Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiyaning mazmuni, mohiyati va ahamiyati. Bugungi kunda ijtimoiy adolatni o'rnatish, inson huquq va erkinliklarini ta'minlash davlatimizning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Har bir davlat o'z fuqarosining har tomonlama o'qimishli, ongli, tarbiyali bo'lishini istaydi. Bunda yosh avlodda huquqiy tarbiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyatni shakllantirimasalalariga katta e'tibor qaratadi. Huquqiy tarbiya - umum tarbiyaning ajralmas qismi bo'lib, barcha fuqarolarda huquqiy bilimlar asosida, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish borasida tashkil etiladigan tarbiyaviy jarayondir. Shu zaylda qonunchilikni mustahkamlash, huquqiy me'yorlarni hurmat qilishga erishiladi. Huquqiy tarbiya - muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko'zlagan va shaxs (guruhjda huquqiy ong, huquqiy bilim va qoidalarga rioya etish jihatlarini namoyon etishga undaydigan pedagogik yo'ldir. Huquqiy tarbiya haqida fikr yuritilar ekan, avvalambor, huquq so'zining ma’nosi nima va u nimani anglatishini bilishimiz lozim. Huquq - jamiyat a'zolari rivojlanishini, jamiyatda tartib o'rnatishni tashkil etish, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasidir. Huquq - ijtimoiy va yuridik mazmunga ega shaxsning xulq-atvori, axloq, urf-odatlar, an'analar nuqtayi nazaridan asoslangan hollarda umum ijtimoiy ma'nodagi huquq tushuniladi. Bunga millatlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi ham kiradi. Huquq to'g'risida yuridik hodisa sifatida fikr yuritilganda davlat hokimiy atining qonunlari, hujjatlari, shaxsning erkinligi, xulq-atvor majburiyatlari majmuasini nazarda tutamiz. Huquqning vujudga kelishi to'g'risida turli xil nazariy va qarashlar mavjud. Insoniyat vujudga kelishi bilan jamiyatda o'zini tutish qoidalari vujudga kela boshlagan. Davlatgacha bo'lgan davrda bu urf-odat, diniy me’yorlar shaklida 3
bo'lib, jamiyat a'zolari bularga rioya qilgan. Jamiyatdagi o'zaro munosabatlarning shakllanishini amalga oshirish yo'lini ko'rsatib beruvchi qoidalar, me’yorlar - huquq deb atala boshlandi. Huquqiy tarbiya - tarbiyalanuvchilarning xulq-atvoriga ta’sir ko'rsatuvchi, ularga ma'lum qoidalar doirasida ish tutish uchun asos bo'ladigan bilim berishdir. Pedagog-tarbiyachi huquqiy bilimlar beribgina qolmasdan, tarbiyalanuvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko'rsata olishi lozim. Demak, huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, huquqiy me’yorlarga nisbatan hurmat, ularga ongli va mustaqil ravishda rioya qilishni tarbiyalashdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning huquqiy tarbiyasini o'stirish maqsadida biz bu tarbiyaning ta'limiy va tarbiyaviy jihatlarini ko'rib chiqamiz. Huquqiy ta’lim berish vazifalari: 1.Maktabgacha yoshdagi bolalarga O'zbekiston Respubli- kasi Konstitutsiyasini o'rgatish jarayonida ularda huquqiy ongni shakllantirish; 2.Huquq me’yorlarga hurmat ruhida tarbiyalash orqali bolalarda mustaqil, erkin fikrlash, ijodiy ishlarga intilish his- tuyg'usini uyg'otish; 3.Tevarak-atrofda bo'ladigan ijobiy va salbiy holatlarga nisbatan huquq normalari asosida o'z fikr-mulohazalarini bildirishga o'rgatish. Huquqiy tarbiya berish vazifalari: 1.Ona Vatanni sevish, uni e'zozlash tuyg'usini singdirish; 2.Konstitutsiya va qonunlarga yuksak hurmat darajasini o'stirish. 3.Huquqiy me’yorlarga rioya qilishga odatlantirish. 4.Davlat, ota-onalar oldidagi burch va majburiyatlarini bajarish yo'llarini ko'rsatish. Huquqiy tarbiyaning metodologik asosini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya, O'zbekiston davlati va Prezidenti tomonidan yaratilgan asarlar, qabul qilingan va ilgari surilgan, ilmiy jihatdan asoslangan g'oyalar egallaydi. 4

Download 99.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling