Mavzu : Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sensor tarbiyaning ahamiyati


Mavzu : Huquqiy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari va o‘rni


Download 99.33 Kb.
bet3/21
Sana20.12.2022
Hajmi99.33 Kb.
#1040016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Mak.ped

Mavzu : Huquqiy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari va o‘rni.
Jamiyatda insonlarning huquqiy bilimi, huquqiy ongi, madaniyati qanchalikyuqori shakllanganligi uiarning huquqiy munosabatlarida namoyon bo'ladi.
Huquqiy madaniyat - daviat tomonidan belgilangan qonun-qoidalarga rioya etishdagi shaxsning xulqi, munosabati tushuniladi. Bir so'z bilan aytganda huquqiy madaniyat ongli ravishda huquqiy me'yorlarga rioya qilish va bo'ysunishdir. Huquqiy ong - huquqiy madaniyatning ajralmas qismi bo'lib hisoblanadi. Наг bir shaxsning huquqiy ongi uning qonun me’yorlariga munosabatidan, uiarni qabul qilish xususiyatlaridan, o'rnatilgan qonunni qo'llash, unga rioya qilish tushunchalaridan kelib chiqadi. Jamiyat hayotini huquqiy tartib asosida tuzish to'g'risidagi tushunchalar tizimi, ijtimoiy ong shakli - huquqiy ong deyiladi. Ijtimoiy ong o'z navbatida quyidagi guruhlarga bo'linadi: Siyosiy; Axloqiy; Diniy; Huquqiy. Huquqiy ong - O'zbekiston davlati va uning organlari tomonida qabul qilingan qonun hujjatlarini anglash, ularga rioya etish, ulardan ongli ravishda foydalana olish qobiliyatidir. Respublikamiz Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan va qarori bilan tasdiqlangan: "Ta'lim to'g'risidagi qonun”, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi", O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasining qarori qonunlar hisoblanadi. Xo'sh qonunning o'zi nima? Qonun deganda davlat hokimiyatining oliy organi tomonidan qabul qiiingan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi oliy yuridik kuchga ega. 5

  1. normativ huquqiy akt tushuniladi. Qonunning asosiy jihatlari quyidagilar: 1.Qonun davlat hokimiyati yuqori vakillik organi tomonidan chiqariladi; 2.Qonun yuqori yuridik kuchga ega; 3.Me'yoriy-huquqiy xarakterga ega; 4.Unda turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi. ; 5.Qonunlar davr talablarining bajarilishiga qaratiladi; 6.Qonun xalqning irodasini mujassamla-shtiradi; 7.Jamiyat va davlatning yetakchi kuchi uning qonunlaridir; O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qo­nunning 4-moddasi fuqarolarning bilim olish huquqiga bag'ishlanib, unda jinsi, tili, yoshi, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chikishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar joyi, O'zbekiston hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari O'zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega, ular bilim olishda O'zbekiston fuqarolari bilan teng huquqlarga ega deyiladi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ham fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijobiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi, kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqini ta’minlash, uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirish nazarda tutiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish nafaqat oila va Maktabgacha ta’lim muassasalarida beribgina qolmasdan, balki bunda mahalla, ko'cha-ko'y, qo'ni-qo'shnilar, kattalar, qolaversa, butun jamiyat a’zolari qatnashishi lozimdir. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, huquqiy tarbiya berish shakilarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1.Huquqiy bilim;

2.Huquqiy ma'naviyat;
6
3.Jamoatchilikbilan olib boriladigan ishlar;
4.Huquqni himoya qiladigan davlat organlari bilan tanishtirish.
Mavzu : Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida huquqiy tarbiyaning mazmuni. Bolalar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Konventsiya.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni O'zbekiston Res­publikasi Konstitutsiyasi bilan yaqindan tanishtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Dastlab, Konstitutsiya o'zi nima, nima uchun u Respublikamizning bosh qomusi hisoblanadi, uning mazmuni, mohiyati, inson va fuqarolarning asosiy holati to'g'risida tushuncha berilishi lozim.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yuqorida ko'rsatib o'tilgan masalalar o'z ifodasini topgan. Hamma huquqiy me'yorlar undan kelib chiqadi va unga bo'ysunadi.
"Konstitutsiya" so'zi lotin tilida "Constitutio" - so'zidan kelib chiqib, "tuzish", "o'rnatish", "belgilash” degan ma’nolarni anglatadi. Dastlab, qadimgi Rimda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar qonun asosida belgilangan bo'lib, u o'zining uzoq tarixiga ega. Jahonda birinchi Konstitutsiya 1787-yilda AQShda, 1831-yilda Belgiyada, 1874-yilda Shvetsariyada qabul qilingan.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishganligining dastlabki уillarida o'zining Konstitutsiyasi qabul qilinishi o'zbek davlatchiligining rivojlanishiga asos bo'ldi. Mustaqillikdan avval O'zbekiston garchand suveren davlat deb atalgani bilan barcha masalalarni mustaqil hal eta olmagan. Konstitutsiyaning yaratilishi 1990-yilning iyun oyidan boshlangan bo'lib, bunda Respublikamiz olimlari, oliy kengash deputatlari, butun o'zbek xalqi ishtirok etdi va xalq muhokamasidan o'tib 1992-yil 8-dekabrda qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun umumxalq bayrami deb e'lon qilindi. Qabul qilingan Konstitutsiya mustaqil respublikamizning birinchi Asosiy Qonuni hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - xalqning maqsadini, istagini, 7 davlat suverenitetini, ijtimoiy va davlat tuziiishini, xalqaro munosabatlarni, inson va fuqarolarning huquqiy holatini, davlat organlarining vakolatlarini, saylov tizimi va boshqa muhim masalalarni o'z ichiga olgan.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirishdan maqsad - o'zi istiqomat qilayotgan davlati, xalq irodasi va uning manfaatlari, milliy davlat, uning ma’muriy-hududiy tuzilishi, milliy davlat ramzlari, fuqarolarning burch va majburiyatlari, unda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analarini hurmat qilish, xalqimizning tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab-asrash, onalik va bolalikni davlat tomonidan muhofaza qilinishi, har kimning bilim olish va huquqlardan foydalanishi, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari saylov, referendum, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, inson erkinligi, sha'ni, qadr-qimmativaboshqadaxlsiz huquqlarito'g'risida tushuncha berish orqali bolalarga huquqiy ta'lim va tarbiya berishdan iborat.
Ma'lumki, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ta'lim-tarbiya berish "Ilk qadam" dasturi asosida olib boriladi.
Bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayoni asosan o'rta guruhdan (3-4 yosh) boshlanib, unda bolalarga Konstitutsiya saboqlari asosida ilk huquqiy tushuncha berish, bolalarda ularning umumiy Vatani - O'zbekiston haqida tasavvur uyg'otish, o'zi tug'ilib o'sgan joyiga muhabbat tuyg'usini uyg'otish, o'z shahar, qishloq, mahalla va ko'chasi haqidagi bilimlarini kengaytirish, o'zi yashash joyidagi me'morchilik yodgorliklari, chiroyh qurilishlarga qiziqish uyg'otish, ularning nomlarini to'liq aytishga o'rgatish vazifalari qo'yiladi.
Katta guruhda (4-5 yosh) - bolalarda mustaqil O'zbekiston davlati haqidagi tushunchalarini kengaytirish, Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlari, "Buyuk Ipak yo'li” haqida qisqacha ma'lumot berish, O'zbekistonning mustaqilligi, gerbi, bayrog'i, madhiyasi haqidagi bilimlari shakllantiriladi. O'zbekiston madhiyasini ijro eta olishga o'rgatiladi. O'zbe­kiston Respublikasi Prezident tomonidan boshqarilishi haqida tushuncha beriladi. 8
Mavzu : MTTda huquqiy tarbiya. Bolalar huquqlarini himoya qilish Konventsiyasining mazmuni va vazifalari.
Bizning davlatimiz o'z farzandlarini mas'uliyatni his etadigan munosib fuqarolar bo'lib o'sishlari va ularni jamiyat taraqqiyotiga o'z ulushlarini qo'shishlariga katta umid bog'lagan. O'zini shaxs sifatida to'liq anglash, odob- axloq me'yorlariga rioya qilish, o'z haq-huquqlarini bilish va xatti-harakatlarini to'g'ri baholay olish, o'zini va kattalar, tengdoshlarini hurmat qilish, o'z qadr-qimmatini bilish, o'z madaniy an'analari va milliy qadriyatlariga nisbatan g'urur, hurmat, qiziqish tuyg'ularini tarbiyalash vazifalari aynan maktabgacha yoshdan boshlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayonidaO'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidabelgilab berilgan qonun ustuvorligini ta'minlash, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining ustuvorligini, huquqiy demokratik davlat barpo etishda yoshlarni qonunga bo'ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy bilimi, madaniyati va ongi shakllantirib boriladi. Ma'lumki, yer yuzidagi barcha rivojlangan davlatlar yoshlarni jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishini istaydi. Bolalar ulg'ayib borish jarayonida jamiyat hayotida faol ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarning hammasiga ega bo'lib borishlari, hamda hayotning muhim yechimlari mas’uliyatini his qilgan holda ularni o'z zimmalariga olishga tayyor bo'lishlari lozim. "Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya"ni o'rganish - aynan mana shu masalani hal etishdagi eng muhim va to'g'ri qadam hisoblanadi. "Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya” - bu butun jahon bolalariga xos bo'lgan bolalar huquqi haqidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining bitimidir. Konvensiya - bolalar rivojlanishining turli davrlarida bolalar farovonligining mavjud mezonlarini aniqlaydi. Konvensiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi: l.Yashay olish huquqi - bunda bola talablarini qondirish va hayotiy 9
huquqlarini o'zida mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy xizmatdan foydalanish, ovqatlanish, boshpanaga ega bo'lish kabi adolatli hayotiy me'yorlardir. 2.Rivojianish huquqi - bolalarning o'z qobiliyatlarini kengroq rivoflantirishga erishishlari uchun zarur. Ya'ni bilim olish, o'yin, hordiq chiqarish, madaniy faoiiyatlar, axborot olish va viidon erkinligi qonunlaridir. 3.Bolalar zo'ravoniik va ekspluatatsiya qilishdan himoyaiaugan bo'iishlari shart. Bu borada qochoq bolalar masalasidagi muammolarga; adliya tizimidagi zo'ravonliklar va qiynoqlarga; bolalarni qurolli nizolarga jalb etish; bolalar mehnati; balog'atyoshiga yetmaganlarni seksual ekspluatatsiya qiiish; o'smirlarning giyohvand moddaiarini iste’mol qilishi rmnmmoiariga alohida e’tibor qaratish. 4.Ishtirok etish huquqi: Bolani mamlakat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga da;vat etadi. Bunda bolalarning hayotiga taalluqli muammolar bo'yicha iahonshumul anju- manlarda va tadbirlarda ishtirok etish huquqi va o'z fikr- mulohazalarini ifoda etishdagi huquqlarini ta'minlaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiiotining Bosh Assambleyasi 1948-yiida "inson huquqlari haqidagi umummilliy deklaratsiya” ni qabul qildi. Bunda bolalar huquqlari ham o'z aksini topadi va ko'p c'tmay bu huquqlar xalqaro shartnomada qayd etilishi lozimligi belgilanadi. 1959-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan "Bola huquqlari Deklaratsiyasi" qabul qilinadi. Bu huijatning yuzaga kelish tarixi uzoq yillarni o'z ichiga oladi. Bob huquqlari Deklaratsiyasi’’ bo'yicha asosiy sanalar: 1923-yil - Birinchi “Bola huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilindi. 1924 vil - "Bola huquqlari Jeneva Deklaratsiyasi" Millatlar ittifoqi tomonidan qabul qilindi. 1948-yil - Birlashgan Millatlar Tashkiiotining Bosh Assambleyasi "Inson huquqlari haqidagi umummilliy deklaratsiya”ni qabul qildi. 1959-yil - Birlashgan Millatlar Tashkiloti ikkinchi "Bola huquqlari Deklaratsiya" sini qabul qildi.
10 Mavzu : Iqtisodiy tarbiya. Iqtisodiy tarbiyaning mazmuni, mohiyati va ahamiyati. Iqtisodiy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari va o‘rni.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi natijasida mamlakat iqtisodiyotida tub o'zgarishlar ro'y berdi. Milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va rivojlantirish yo'lida o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1992-yil 21-yan- vardagi "Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 1994-yil 15-mart- dagi O'zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirish- ning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida, "Kichik va xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirish" to'g'risidagi, shuningdek, 2001-yil 22-avgust, 2007-yil 27-aprelda qabul qilingan qarorlar bunga yaqqol misoldir.
Mamlakatda ro'y berayotgan iqtisodiy o'zgarishlarni anglash, ularni tushunib yetish, yoshlarimiz ongida iqtisodiy ong, iqtisodiy bilim, iqtisodiy madaniyat tushunchalarini shakllantirishda maktabgacha ta'Iim tizimi pedagog-tarbiya- chilar oldiga ulkan vazifalar qo'yiladi. Bulardan eng muhimi bu maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berishdir.
Xo'sh, iqtisodiyot iborasi nimani anglatadi buning muhim belgilari qanday degan savolning ma'nosini tushunib yetish lozim.
Iqtisodiyot bu - kishilarning o'z hayotiy ehtiyojlarini qondi- rishga qaratilgan faoliyatdir.
Iqtisodiyot - boshqa siyosiy ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy faoliyat turlarinlng rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoit yaratib bera olishi bilan asosiy faoliyat hisoblanadi.
Iqtisodiyot - kishilarning yashashi uchun zarur bo'lgan moddiy ashyolarni yaratish va iste'molchiga yetkazib, hayot kechirishni kafolatlaydi. Demak, iqtisodiyotyashash ehtiyojini qondiruvchi vosita. Shu o'rinda ehtiyojning o'zi nima ekanligini anglab olish zarur. Ehtiyojlar - insonlarning hayot kechirishi va kamol topishi hamda jamiyatda 11

  • ma'lum mavqega ega bo'lish uchun zarur bo'lgan turli-tuman noz-ne'matlar, ya'ni barcha mahsulot va xizmatlarning majmuasidir. Ehtiyojlar tarkiban ikki yirikguruhga ajratiladi: 1.Moddiy-mahsulotlarga bo'lgan ehtiyojlar bunga oziq- ovqat, kiyim-kechak, turar joy uy asbob-anjomlari, transport, aloqa, kommunikatsiya va boshqalar. 2.Turli xizmatlarga bo'lgan ehtiyoj. Ya'ni, ta'lim, tibbiy xizmat, jismoniy tarbiya va sport, dam olish va sayohat, madaniy-ma'rifiy xizmatlarni o'z ichiga qamrab olgan ijtimoiy ehtiyojdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ebtiyojlari ularning talab va istaklari asosida namoyon bo'ladi. Bola ehtiyoji: - to'laqonli xohishi bo'yicha ovqatlanishga bo'lgan ehtiyoj

- ota-onalar tomonidan berilgan pullarni o'z xohishi bilan sarflash
- dam olish, sayohatga chiqish
- shaxsiy o'yinchoqlar, kompyuter
- shaxsiy o'rin-joy Bunda talab va istak iboralarini bir-biridan farqlay olishga o'rgatiladi. Bolalarga har qanday talab - bu huquqiy mas'uliyat deb qaralishini tushuntirish zarur. Bu yoshdagi bolalarga inson yashar ekan uning ehtiyoji to'xtovsiz o'sib borishi haqida ma'lumot beriladi. Masalan, ta'lim xizmatlariga bo'lgan ehtiyoj turli yo'nalishdagi o'quv markazlari, chet tillarni o'rganishga bo'lgan ehtiyojini, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalar ehtiyojlariningo'rin almashinuvi, muloqotyangi ehtiyojlarning paydo bo'lishi, ehtiyojlarning miqdoran ko'payishi kuzatiladi. Iqtisodiyot hech narsa yo'q yerda bo'lishi mumkin emas Iqtisodiy resurslar: 1.Moddiy resurslar 3.Informatsion axborot resurslar
2.Mehnat resurslari
12

Download 99.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling