Mavzu : Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sensor tarbiyaning ahamiyati
Mavzu : Mustaqil faoliyat – maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning asosiy shakli
Download 99.33 Kb.
|
Mak.ped
Mavzu : Mustaqil faoliyat – maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning asosiy shakli.
Bolalar jamoasini shakllantirish uchun ma’lum shart-sha? roitlar zarur. MTM xodimlarining ahil jamoasi mavjud bo'lishi; Bolalar hayotini to'g'ri tashkil etish; O'yinchoqlarning bolalar yoshiga, qiziqishiga mos kelishi; Bolalarda o'zaro ahillik, g'amxo'rlik, jamoatchilik, insoni- ylikni tarbiyalashga yordam beruvchi mashg'ulotlar; Har xil qiziqarli faoliyatlarni tashkil etib borish; Oila bilan mustahkam aloqa o'rnatish; Bolalarni axloq normalari va qoidalarga o'rgatib borish; Bolalar muassasalarida ijobiy xayrixohlik muhitini yara- tish. Har bir yosh guruh bolalarining jamoatchilik munosabatlar- iga rahbarlik qilish «МТМ ta’lim tarbiya dasturi» da belgilab berilgan. Dasturda har bir yosh guruhi uchun jamoadagi axloq normalari va qoidalari belgilangan. Bolalar jamoasini shakllantirishda an'analar muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoa an'analari - bu barqarorlashgan odat bo'lib, ularni jamoa a’zolari birdek qo'llab-quvvatlaydilar. Jamoa a'zolari mazmunida munosabatlar xususiyati hamda ja-moaning ijtimoiy fikri ifodalanadi. Jamoa an'analari shartli ravishda ikkiga bo'linadi. Bular, a) kundalik faoliyat an'analari, b) bayram an'analari. Kundalik faoliyat an’analari bolalarning faoliyatlari (mashg'ulotlar, sayr, mehnat, o’yinjni o'z ichiga oladi. Bayram an'analariga turli voqea-hodisalar bilan bog'liq sanalarni nishonlash: «Navro'z» bayrami, «Mustaqillik bayrami», «Hosil» bayrami va boshqalar kiradi. An'anaviy bayramlar MTMlarda turlicha o'tkaziladi. Bolalar an'analar mohiyatini anglasalar, uning ta'sir kuchi yuqori bo'ladi. Yuqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin: - jamoa kishilarning shunday muayyan guruhi bo'lib, u ijtimoiy ahamiyatga 47 ega bo’lgan, umumiy maqsadni amalga oshi- rishga yo'naltirilgan faoliyatni tashkil etadi; - jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo'ysunadigan uzoq muddatli, murakkab jarayondir; - jamoani shakllantirish o'ziga xos metodika asosida amalga oshiriladi. Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan ta- lablarning qo‘y ilishi jamoa faolini tarbiyalash masalasi alohida ahamiyatga egadir. Jamoaning mustahkam bo'lishi a'zolari o'rtasida o'zaro hamkorlikning qaror topishida jamoa an’analari muhim aha- miyat kasb etadi. Jonajon tabiat estetik tarbiyaning qudratli vositasi bo'lib xiz- mat qiladi. Tevarak-atrofdagi tabiat go'zalligi hatto eng kichik bolani ham quvontiradi. Uning tuyg'ular va xayollarda saqlan- gan go'zalligi bolalikda ayniqsa, yorqin va chuqur idrok qilina- di, inson bularni butun hayoti davomida esidan chiqarmaydi. Sayr, ekskursiya vaqtida tarbiyachi bolalarning diqqatini tabiatning rang-barangligiga, uning o'zgarishi va uyg'unligiga qaratadi, tabiat hodisalariga qiziqish uyg'otadi, unga muhab- bat va ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalaydi, asrab-avay- lashga o'rgatadi. Bularning hammasi bolalarning estetik didla- rini tarbiyalaydi, ular kishilarning mehnat natijalarini yaqqol ko'rib, atrofdagi go'zallik inson mehnati tufayli yuzaga kelishi- ga ishonch hosil qiladilar. Tarbiyachi bolalarga tabiat olamini kashf etadi, bolalarning g'unchadagi bir tomchi shabnamda ham, o'tlarning biri ikkin- chisi bilan qo'shilib ketishida ham, oqshom bo'yoqlarida ham tabiat go'zalligini ko'ra bilishlariga yordam beradi. Badiiy asar kishining his-tuyg'ulariga ta’sir etsa, hissiy ke- chinmalar kishida fikrlashni uyg'otadi. Badiiy asardan ha- yajonlanish fikrlashni faollashtiradi. Qiziqarli ertak yoki rasm bolada fikrlar o'yinini uyg'otadi. Bu to’g'rida S.Ya.Marshak shunday degan edi: «Qizil shapkacha» ertagini bolalar qatora- siga 20 marta eshitishga tayyorlar. Bunga sabab ertak o‘z tuzi- lishi bo'yicha aniq, uning mantiqi va motivi izchil, har qanday bola o'zini ertakdagi qahramon o'rniga qo'ya oladi va «Qizil shapkacha»ni o'ynay oladi. 48 1 19 2 Download 99.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling