Mavzu : Marketing tushunchasi va uning mohiyati. Reja: Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari; Marketing tushunchasi; Marketingni ijtimoiy ahamiyati; Marketing


Download 261.57 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi261.57 Kb.
#214305
Bog'liq
1- mavzu matn


Ma’ruza matni

Mavzu : Marketing tushunchasi va uning mohiyati.

Reja:

- Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari;

- Marketing tushunchasi;

- Marketingni ijtimoiy ahamiyati;





Marketing (inglizcha: market — bozor, bozordagi harakat, faoliyat) — korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. Marketing atamasi isteʼmolga 19-asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida Amerika Qoʻshma Shtatlarida ilk bor qoʻllanildi. Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obʼyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi. 1908-yilda AQShda marketing muammolarini oʻrganadigan birinchi ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911-yilda esa oʻsha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki boʻlimlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni oʻrganish, reklama, haridorlarga xizmat koʻrsatish va boshqarishning boshqa vazifalari bilan shugʻullanadigan marketing boʻlimlari taʼsis etila boshlandi. 1931-yilda Amerika Marketing jamiyati, 1937-yilda esa Amerika Marketing milliy uyushmasi tuzildi. 20-asrning 50—60-yillarida xalqaro Marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikri hamda marketing boʻyicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi.

Bozorni bilish (isteʼmolchilarni har tomonlama oʻrganish, ularning did va istaklarini bilish), bozorga moslashish, bozorga taʼsir oʻtkazish marketingning asosiy tamoyillaridir. Shuningdek, marketingni qoʻllash bilan bogʻliq masalalarni kompleks ravishda oʻrganish; mahsulot assortimentini rejalashtirish; talabni va savdoga ragʻbat beradigan tadbirlarni shakllantirish; savdo va taqsimot; boshqarish va nazorat qilish marketing faoliyatining mazmunini belgilaydi.

Mutaxassislar marketingning 9 ta asosiy vazifasini koʻrsatib oʻtadilar:


  • rejalashtirish va mahsulotni yaratish;

  • mahsulotning navi va standartlarini belgilash;

  • mahsulot xaridi va uni guruhlashtirish;

  • sotish;

  • omborga joylash;

  • transport xizmati;

  • marketing faoliyatini moliyalash;

  • xatarlar va bozorga oid axborotlar toʻplash.

Oʻzbekistonda 1980-yillardan boshlab iqtisodiyot oʻquv yurtlarida marketing kurslari oʻqitila boshlandi. Shu yillari marketing masalalari bilan S.Salimov, S. Fylomov, A. Bekmurodov, J. Jalolov, M. Qosimova, D. Muhitdinov, M. Nasreddinova, X. Raimov kabi olimlar ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. 1986 yilda „SovplastItal“ qoʻshma korxonasida birinchi boʻlib marketing boʻlimi tuzildi. Keyingi yillarda „Toshkent toʻqimachilik mashinasozlik zavodi“ aksiyadorlik jamiyati, „V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi“ davlat-aksiyadorlik birlashmasi, „Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi“ aksiyadorlik jamiyati kabi korxonalarda ham marketing boʻlimlari ochildi. Hozir mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banklari, yirik ishlab chiqarish korxonalarining aksariyatida marketing boʻlimlari ish olib boradi

1965-yilda ingliz Marketing instituti tomonidan marketingga quyidagi tarif berildi. Marketing – amaliy faoliyat bo‘lib, boshqaruv funksiyalari tizimi hisoblanadi, uning yordamida iste’molchilarning xarid (sotib olish) qobiliyati o‘rganilishi natijasida tovar va xizmatlarga bo‘lgan real talabni shakllantirish orqali foyda olish jarayonidir. Bu tarif ko‘pgina nazariyotchilar tomonidan tan olindi va amaliy jarayonda unga asoslanib biznes va ishlab chiqarishni boshqarish olib borildi. 1966-yildan to hozirga qadar marketingning juda ko‘p tariflari yaratildi. Amerika Marketing Assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra 2000 dan ortiq tariflar marketingning ko‘p qirrali faoliyatini to‘la – to‘kis ochib bergan.

“Marketing – tovarlar yaratish, taklif qilish va ayirboshlash vositasida shaxslarning ham, guruhlarning ham ehtiyoj va talablarini qondirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy va boshqaruv jarayonidir”. Marketing bo‘yicha taniqli mutaxassis F. Kotler marketing faoliyatini ayirboshlash orqali insonlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat, deb tushuntiradi. Ingliz mutaxassisi Dj. Steyner fikricha, marketing strategik rejalashtirish va boshqaruv jarayonidagi asosiy vazifa bo‘lib, uning maqsadi - iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish va korxonalar daromadini ta’minlash hisoblanadi. Korxona faoliyatining barcha yo‘nalishlari, ya’ni ishlab chiqarish, moliyaviy va sotuv sohasida integratsiyani yo‘lga qo‘yish.2

1960-yilda Amerika Marketing Assotsiatsiyasi tomonidan quyidagi tarif ma’qullandi. Marketing-ishlab chiqaruvchidan to iste’molchigacha yetib borgunga qadar tovar va xizmatlar oqimini yo‘lga qo‘yish, tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatidir. 1985-yilga kelib esa bu tarif yanada to‘liqroq qilib tavsiflandi, ya’ni “Marketing-narx shakllantirish, g‘oyalarni siljitish va amalga oshirish, tovar va xizmatlarni ayirboshlash orqali sotish natijasida alohida shaxslar va tashkilotlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan jarayon”.

AQShda 1966-yilga kelib marketing masalalari bo‘yicha shug‘ullanuvchi 350 ga yaqin firmalar faoliyat ko‘rsata boshladi. Bu firmalar yirik kompaniyalar uchun pullik shartnoma asosida tadqiqotlar o‘tkazib 300 mln. dollarga yaqin daromad ko‘ra boshladilar. Keyinchalik marketing faoliyati bilan yirik universitetlarning tadqiqot guruhlari, markazlari, savdo – sanoat assotsiatsiyalari, davlat tashkilotlari shug‘ullana boshladilar. 1967-yildan boshlab Angliyaning 500 dan ortiq firmalari bozorda raqobatbardosh bo‘lish uchun bozor tadqiqotlari olib borishni yo‘lga qo‘yishdi. Bu tadqiqotlarga 5000 dan ortiq talabalarni jalb qilishdi.

SAVOLLAR:



  1. Marketing nima?

  2. Marketing tushunchasi kim tomonidan kiritilgan?

  3. Marketing ijtimoiy ahamiyati ?




Download 261.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling