Mavzu : Marketingning xorijiy tajribalari va undan O‟zbekistonda ijodiy foydalanish imkoniyatlari Malayziya misolida 924-20 guruh talabasi: Xuddiyev e qabul qildi: Muxtorov B


Globallashuv sharoitida respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatning


Download 301.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana30.04.2023
Hajmi301.74 Kb.
#1402246
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MENEJMENT VA MARKETING NAZORAT ISHI Erkin

3.Globallashuv sharoitida respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatning 
rivojlanishi 
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi globallashuv jarayonlarining jadal 
rivojlanishi orqali tavsiflanadi. Globallashuvni iqtisodiy jihatdan qaraydigan 
bo‟lsak, u jahon xo‟jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy 
munosabatlar 
tizimining 
tashkil 
topishi 
va 
rivojlanishini 
anglatadi. 
Globallashuv jarayonlarining kengayishi jahon mamlakatlari o‟rtasidagi 
iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib keladi. Jumladan, 
globallashuv natijasida transmilliy korporatsiyalar, ularning turli ko‟rinishdagi 
xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kengayishi, xalqaro ishlab 
chiqarish kooperatsiyasi va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o‟tishi, 
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro‟y beradi. 
Umuman olganda, globallashuv jarayonlari jahon xo‟jaligining yaxlit iqtisodiy 
tizim sifatida rivojlanishida sifat bosqichi hisoblanib, yangi imkoniyatlarni ochib 
beradi.Biroq, globallashuv jarayonini mutlaqlashtirish va unga bir tomonlama 
qarash to‟g‟ri bo‟lmaydi. Chunki, mazkur jarayon o‟zining ijobiy jihatlari bilan bir 
qatorda ziddiyatli tomonlariga ham ega. Jahonning bir mamlakatida ro‟y 
berayotgan 
ijtimoiy- 
iqtisodiy 
larzalarning 
muqarrar 
ravishda 
boshqa 
mamlakatlarga ham o‟z ta‟sirini o‟tkazishi shulardan biri hisoblanib, bugungi 
kunda ro‟y berayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma‟noda globallashuv 
jarayonlarining oqibati hisoblanadi. Dunyo yanada integratsiyalashgan tizimga 
aylanib, turli xil davlat strukturalarining siyosiy integrasiyasi intensivlik bo‟yicha 
iqtisodiy integratsiyadan ortda bormoqda. Hozirgi kunda jahon hamjamiyati uchun 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xalqaro mehnat taqsimoti asosida rivojlanish 
jarayoni juda xos bo‟lib, ayrim mamlakatlar yoki mamlakatlar guruhlari o‟rtasida 
ob‟yektiv, barqaror tijorat munosabatlarini aks ettiradi. Rivojlanib borayotgan 
jahon hamjamiyati iqtisodiy jarayonlarni baynalminallashtirish tendensiyasini 
kuchaytiradi, ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperasiyasiga 
ko‟maklashadi, savdo va ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik ishlari bilan almashinishga 
xizmat qiladi. Bu jarayon sotuv bozorini kengaytirishning barcha omillarini 
hisobga olish, xalqaro tijorat-xo‟jalik aloqalarining barcha zamonaviy shakllarini 
rivojlantirishni talab qiladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning kengayishi eksport va 
importda, xalqaro auksion va savdolarda, chet el korxonalariga kiritiluvchi 
investitsiyalarda va nihoyat tovar va xizmatlar jahon bozorida namoyon bo‟lib, 
ko‟plab mamlakatlarda faoliyat ko‟rsatuvchi hamda chet eldagi ishlab chiqarish va 
sotuv bo‟linmalaridan foydalanuvchi transmilliy korporatsiyalar amalda butun 
jahon uchun ishlaydi. Bularning barchasi tovar va xizmatlarni mamlakat hududidan 
tashqarida sotish bo‟yicha maxsus tadbirlar majmuasi - xalqaro marketing 


zaruratini yuzaga keltiradi. Bu yerda gap xalqaro firmalar haqida boradi. Bu 
firmalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyati xorijiy mamlakatlarda ham 
tarqaladi hamda ular sho‟‟ba korxonalarning mavjudligi, texnologik kooperatsiya 
va ixtisoslashuv, resurslar bazasining umumiyligi, boshqaruv va nazoratning 
markazlashuvi 
bilan 
tavsiflanadi. 
Ushbu vazifani muvaffaqiyatli hal qilish uchun xalqaro marketing usullaridan – 
ishlab chiqarishni tashkil etish va tovar mahsulotlarini sotish kompleks tizimi, 
xalqaro 
bozor 
tadqiqotlari 
va 
prognozlash 
asosida 
muayyan 
xorijiy 
iste‟molchilarning talab va ehtiyojlari, hohish-istaklari va odatlarini qondirish 
uchun xizmat ko‟rsatishdan unumli foydalanish zarur. O‟zbekistonda bozor 
munosabatlarining rivojlanishi va u bilan bog‟liq bo‟lgan ko‟plab korxonalar 
iqtisodiy faoliyatidagi o‟zgarishlar tobora o‟z mahsulotlarini eksport qilishga 
yo‟naltiradi, 
shuningdek, 
boshqa 
mamlakatlardan 
tovarlarni 
import 
qilishga ixtisoslashgan savdo tashkilotlarining paydo bo‟lishi, mamlakatimizdagi 
xo‟jalik strukturalarining xalqaro mehnat taqsimotiga jalb etilishi – bularning 
barchasi, ayniqsa, korxona, tashkilot, bank va sug‟o‟rta kompaniyalarining ishlab 
chiqarish, sotuv va boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida xalqaro 
marketing funksiyalari va usullarini yaxshi bilishni talab qiladi. 
Xalqaro maydonda marketing juda murakkab hisoblanadi, chunki u korxonaning 
sotuv faoliyatidan tashqari ishlab chiqarish, ITTKI, ta‟minot, moliya kabi boshqa 
faoliyat turlarini ham qamrab oladi. Bundan tashqari, korxona faoliyati bog‟liq 
bo‟ladigan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va milliy-madaniy sharoitlarni chuqur 
tushunish talab qilinadi. Taqsimot kanallari, transport orqali tashish va saqlash, 
qonun hujjatlari va bojxona qoidalari turli mamlakatlarda bir-biridan sezilarli 
farqlanishi mumkin. Har bir mamlakatda reklama vositalari sohasida o‟ziga xos 
milliy xususiyatlar bo‟lib, ular madaniyat, din va an‟analar nuqtai nazaridan mos 
kelmasligi mumkin. Shuningdek, ilmiy-texnik xarakterdagi omillar ham muhim 
ahamiyat kasb etib, bu qatorga sanoat texnologiyalarining rivojlanish darajasi, 
tovar va xizmatlarni modifikatsiyalash, ishchi kuchining malakasini oshirish 
kabilarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlarning barchasi xalqaro bozorda 
tadbirkorlik faoliyatining umumiy tijorat tavakkalchiligini oshiradi. Masalan, 
valyuta tizimining barqaror emasligi kutilmagan natijalarga olib kelishi va bir 
necha kun ichida juda ham foydali bitimni zarar keltiruvchi bitimga aylantirishi 
mumkin. Turli xil mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xususiyatlari 
marketing vositalarini u yoki bu bozorning o‟ziga xos xususiyatlariga moslashtirib 
borishni talab qiladi. Bu erda gap har safar muayyan tashqi bozor uchun maxsus 
marketing modeli haqida boradi. Marketing faoliyatining turli elementlari 
samaradorligi turli mamakatlarda turlicha bo‟lishi mumkin. 

Download 301.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling