Mavzu : Marketingning xorijiy tajribalari va undan O‟zbekistonda ijodiy foydalanish imkoniyatlari Malayziya misolida 924-20 guruh talabasi: Xuddiyev e qabul qildi: Muxtorov B


Download 301.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana30.04.2023
Hajmi301.74 Kb.
#1402246
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MENEJMENT VA MARKETING NAZORAT ISHI Erkin



O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‟LIM FAN VA 
INNOVATSIYA VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG‟BEK NOMIDAGI O‟ZBEKISTON 
MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI 
PSIXOLOGIYA FAKULTETI 
SIRTQI BO‟LIMI 
MENEJENT VA MARKETING 
FANIDAN 
NAZORAT ISHI 
Mavzu
:
Marketingning xorijiy tajribalari va undan O‟zbekistonda ijodiy 
foydalanish imkoniyatlari - Malayziya misolida 
924-20 guruh talabasi:  Xuddiyev E 
Qabul qildi: Muxtorov B 
 
 
 
Jizzax-2023 


REJA 
KRISH: 
 
1. Malayziya OTMlari haqida. 
2. Malayziya. Xalqaro bozorlarga kirib borish usullari 
3. Globallashuv sharoitida respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi 
4. Xalqaro marketing tushunchasi va mohiyati 
5. Axborot to‟plash usullari 
Xulosa 
Foydalangan adabiyotlar. 


KIRISH 
Mamlakatimizda bugungi kunda sanoat, qishloq xo„jaligi, xizmat ko„rsatish 
sohasi va eksportni kengaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida 
e‟tibor qaratilmoqda. Korxonalar eksport salohiyatini oshirish, tashqi bozorlarga 
tayyor raqobatbardosh mahsulotlar bilan chiqish, eksportda qo„shimcha qiymatga 
ega bo„lgan tovarlar ulushini ko„paytirish hamad jahon bozorida mustahkam o„rin 
egallash bo„yicha iqtisodiy islohotlar jadal olib borilmoqda. 
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 
2017-2021 yillarda, O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo„nalishi bo„yicha, Harakatlar strategiyasining uchinchi yo„nalishida eksportni 
oshirish bo„yicha, “..eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport 
tarkibi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va 
hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish”1 bo„yicha ulkan 
vazifalar belgilangan.
Bundan ko„rinib turibdiki, bugungi kunda davlatimiz rahbari respublikamiz 
bo„yicha qaysi hududga bormasin, o„sha hududda eksportga yo„naltirilgan 
mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish zarurligini2 ta‟kidlab 
o„tdi. Aynan, innovatsion iqtisodiyot sharoitida korxonalarning tashqi bozorga 
chiqishda xalqaro marketingdan samarali foydalanish bugungi kunda muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. 
Korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishida faol marketing, „sish,differensiatsiya, 
fokuslashgan, xalqaro segmentlash va raqobatchilik strategiyalaridan samarali 
foydalanish talab etiladi. Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar nafaqat 
ichki bozorni, balki tashqi bozorni egallashga, unda tayyor raqobatbardosh 
maqsulotlar eksportini oshirishga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan tovarlar 
assortimentini kengaytirish, ularning noyobligini oshirish, raqobatbardoshligi va 
sifatini oshirish, tashqi bozorlarga chiqishda faol marketing tadqiqotlaridan 
foydalanish, yangi texnologiyalar asosida va yangi i shlanmalar asosida yangi 
tovarlar, ishlanmalar 17 yaratish, bozorlarning internatsionallashuvi, xalqaro 
bozordagi to„siqlarni engib o„tish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi davrda dunyo 
mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o‟zining ma‟no-mazmuni jihatidan 
oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy 
iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib 
borishidir.
Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham 
keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‟z 
mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta‟sir 
ko‟rsatadi. Biroq, o‟z o‟rnida ta‟kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotiga 
integratsiyalashuv va globallashuvning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ma‟lum 


ziddiyatli jihatlari ham mavjud. Jumladan, turli mamlakatlardagi iqtisodiy 
rivojlanishning bir tekisda bormasligi, dunyo mamlakatlari o‟rtasida ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish jihatidan tafovutning, ekologik tahdidlarning kuchayib 
borishi, turli mamlakatlarda aholi soni o‟zgarishining keskin farqlanishi kabi 
holatlar jahon xo‟jaligining yaxlit tizim sifatida barqaror rivojlanishiga to‟sqinlik 
qiladi. 
Shuningdek, mazkur jarayonlarining yana bir xususiyatli jihati – jahonning 
bir mamlakatida ro‟y berayotgan ijtimoiy- iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda 
boshqa mamlakatlarga ham o‟z ta‟sirini o‟tkazishi hisoblanadi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Mahalliy 
eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo„llab – quvvatlash va tashqi iqtisodiy 
faoliyatni 
takomillashtirish chora – tadbirlari to„g„risida”gi 2017 yil 21 iyunda qabul qilingan 
qarorida “...tashqi bozorlarga mahalliy mahsulotlarni olib chiqishda zamonaviy 
marketing usullaridan faol foydalanish...”1 alohida ko„rsatib o„tilgan. 
O„zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlarida marketingni 
ijtimoiy – iqtisodiy roli yanada oshdi. Bu esa, barchadan xalqaro marketing 
tizimini har tomonlama, chuqur o„rganishni taqozo etmoqda. 18 Ushbu vazifalarni 
amalga oshirishi xo‟jaliklardan ichki va tashqi itqtisodiy faoliyatlarida xaqiqiy 
mustaqil bo‟lishlarini talab etadi. Aynan shu paytda xo‟jalik faoliyatining 
unumdorligini oshirish maqsadida marketingdan foydalanish nafaqat maqsadga 
muvofiq, balki ob‟ektiv jixatdan zarurdir. Shu munosabat bilan xalqaro marketing 
faoliyatini tashkil etish va boshqarish bo‟yicha bilim va ko‟nikmalarga ega bo‟lgan 
mutaxassisilarni tayyorlash zarurati yuzaga keladi. Tavsiya etilayotgan 
«Xalqaro marketing» fani bo‟yicha darslik iqtisodiyotning turli sohalarida, yniqsa, 
xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida zamonaviy kadrlarni shakllantirish uchun 
zarur hisoblanadi.



Download 301.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling